144
tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini
ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka
rioya qilishga va nihoyat
narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatini
shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari
tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib
kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun
o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona
yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rishi lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga
jo’natmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga
aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat
faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi.
Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya
qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p
marta mashq qilishlar
natijasida tarkib topadi.
Yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsni axloqiy va intellektual shakllantirish butun
jamiyatning, xususan, ta’lim tizimining eng asosiy vazifalaridan biridir. P. Podlasiy ta’kidlaganidek,
“O‘qitishning barcha sabablarini tahlil qilish imkonini beruvchi ilmiy nazariya hozircha yo‘q, shu
bilan birga, didaktik jarayonlarning borishiga kompleks ta’sir qiluvchi barcha sabablarning bir-biriga
zid bo‘lmagan manzarasini yaratishga sekin-asta, qadam-baqadam yaqinlashishdan boshqa yo‘l ham
yo‘q” . Ma’lumki, o‘qitish metodlari pedagogik amaliyotda o‘qitishning konkret modellarini amalga
oshirish vositalari hamda texnologik va pedagogik jarayonning asosiy qurilmasi hisoblanadi. M. I.
Maxmutov o‘qitish metodlarining quyidagi vazifalarini ko‘rsatdi:o‘qitish metodlari barcha darajalarda
o‘zaro ta’sir tizimining yetakchi
bo‘g‘inlarini ajratib ko‘rsatadi (o‘quvchi — o‘quvchi, o‘qituvchi —
o‘quvchilar guruhi va shu kabilar); o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilish vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi; o‘qituvchi faoliyati uslublarining tizimini aniqlab beradi;
o‘quvchilarning o‘quv
faoliyati usullari tizimini shakllantiradi;
o‘quvchilar jamoasiga va alohida o‘quvchilarga
tarbiyaviy
ta’sir
vositasi hisoblanadi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish muammosi ko‘pgina olimlarning
tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga
tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat
qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik,
mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib
kelayotgan
avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir.
"Mehnat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha mo’ljallangan bo’lib, unda yangi pedagogik
texnologiya yutuqlari asosida, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun
talablarini bajarish maqsadida o’quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish
umumiy ta’lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalarini amalga oshirishdir.
Mehnat ta’limi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning yoshi, funktsional
imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiega muvofiq ravishda ko’p
tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U qo’ydagilarni taqozo etadi.
-
Mehnatsevarlikni tarbiyalash,
mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda
bo’lishni, o’z maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish;
-
Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan psixo-fizologik funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik
jihatidan muhim bo’lgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy
harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda shakllantirish;
-
Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga
ijtimoiy tajriba to’plash;
145
-
SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
-
Zamonaviy
iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni
shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;
-
Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga
hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.
Darslarda qo‘yiladigan maqsadlar ta’lim tarbiya ishlarini amalga oshirishda usullarni izlash va
darsning rang-barangligini ta’minlashga yordam beradi. O‘qituvchining o‘qitish jarayonida ushbu
vazifalarni amalga oshirishni bilishi ularning ijodkorlik va pedagogik mahorat bilan ishlashini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: