Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet560/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   556   557   558   559   560   561   562   563   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Kalit so`zlar:
 Shaxs sotsializatsiyasi, layoqat, ijtimoiy munosabatlar, muloqot, jamiyat, xulq-
atvor. 
Аннотация:
В статье рассматриваются взаимоотношения между людьми и роль 
каждого человека в обществе, а также характер его различных социальных отношений, 
сфера общения, а также теоретические и методологические основы социализации 
личности. 
Ключевые слова:
Социализация личности, способностей, социальных отношений, 
общения, общества, поведения. 
Аbstract:
 This article discusses the relationship between people and the role of each person 
in society and the nature of his or her different social relationships, the field of communication, as 
well as the theoretical and methodological foundations of individual socialization. 
Key words:
Personal socialization, ability, social relations, communication, society, 
behavior. 
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana 
shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan 
murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar 
ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, 
layoqat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda 
har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlaritabiatini o’rganuvchi 
qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 
1) faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb 
etilgan bo`lib bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turiindividdan 
maxsus fazilatlarning, malaka va ko’nikmalarining, bilimlarning borligini talab etadiki, ularni 
koniktirish Yo’lidagi aktivligi unda o’ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini 
shakllantiradi; 
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yesh davrdagi va usmirlik davrlaridagi muloqot 
sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy 
mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o’rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o`z-o’zini anglash sohasi, ya’ni "MEN" obrazining yil sayin o’zgarib borishi jarayoni 
bo`lib, avval o’zini boshqalardan farkliligini, o’zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita 
olish qobiliyatini anglash, sungra o`z-o’zini baholash, anglash, na’zorat qilish xususiyatlari 
rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.263 Shaxs sotsializatsiyasi, 
yo’qorida ta’kidlab utganimizdek, bola tugilishi bilan boshlansa-da, sezilarli, samaradorlik nuktai 
nazaridan uning bosqichlari farklanadi. Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan 
bosqich bo`lib, unga bolaning maktabgacha yesh davri hamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi 
sotsializatsiyaning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashkiijtimoiy muxit, 
ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayorgarlik borasida muhim 
bosqichga utiladi. Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari 
bilan bog’liq bo`lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, 
shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Nixoyat, uchinchi bosqich - mehnat 
263 Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. T. “Fan va texnologiya” – 2010 


878 
faoliyatidan keyingi davr bo`lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan sung karilik gashtini 
so’rayotganlar kiradi.
Muloqot - odamlarning birga likda faoliyatlari extiejlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari 
mobaynida bir - birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning 
jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, ukish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va 
o’zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir birlari bilan til 
topishishi, bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashuvi kabi murakkab 
xamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun har bir shaxsning jamiyatga tutgan o’rni, ishlarining 
muvaffakiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashga osonga o’xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo`lib, 
unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi 
haqida B. F. Parigin shunday yozadi:"Muloqot shunchalik ko’p kirralik jarayonki, unga bir vaqtning 
o’zida quyidagilar kiradi: 
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlarning o’rtasidagi axborot almashinuvi 
jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir 
ko’rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; ye) shaxslarning bir-birlarini 
tushunishi jarayoni; Muloqotning turli shaklllari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich - 
odamlarning o`z-o’zi bilan muloqotidir. 264T. Shibutaki "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: "Agar 
odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o`z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi" - deb to’g’ri 
yozgan edi. Odamlarning o`z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining 
harakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo 
jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til 
topishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot - 
muloqotning ikkinchi bosqichidir.
Muloqot murakkab jarayon bo`lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz 
qilganimizda, unda juda xilma-xil ko’rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz 
mumkin, G. M. Andreeva muloqotning quyidagi tuzilishini taklif etadi: 
1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi 
ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga 
ta’sir jarayoni).
3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-
birlariniidrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq murakkab psixologik jarayon).
Demak, o’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir kursatadi. Bu 
ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanilmasligi mumkin. Ya’ni ba’zan biz nima uchun 
bir shaxsning bizga nakadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha xech qanday 
ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har 
bir pedagogning o`z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo`ladi. Ukituvchi shaxsining bolalarga ta’siri 
quyidagi eksperimental ishda yakqol kuzatilgan. Boshlangich sinf o`quvchilariga anchagina 
o’yinchoklar berib, ishlarning ichida faqat birtasiga, kizil, yog’och o’yinchokka tegmasligi aytilgan. 
Bolalar yelgiz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Juda ko’p bolalar ta’kiklangan 
o’yinchoklarga baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida endi barcha o’yinchokka 
tegishi mumkinu, faqat kizil kutichaning koptogini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu kuticha 
teppasiga esa shu bolalarning ukituvchisi so’rati qo’yilgan. Bu seriyada birinchisiga 
qaraganda"ta’kikni buzuvchilar"soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa ukituvchi shaxsining bola 
harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ro`yobga chiqarish 
sharoitida faolllik ko`rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik 
sifatlarda ko’ramiz. Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o’zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy 
264 AndreyevaG.M. “Sotsialnayapsixologiya”.SP. 2002. 


879 
psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon 
bo`ladigan hamda muloqotda ko’rinadigan sifatlar guruhida bo’linadi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   556   557   558   559   560   561   562   563   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish