835
toifadagi sport ustasi, xalqaro unvonlarga ega bo’lgan trenerlar va hakamlarni jalb qilgan holda
«Shaxmat oyligini» tashkil etish;
2021 yildan boshlab har yili umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida shaxmat
bo’yicha jamoaviy «Shohruh» turnirini tashkil etsin umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari va
«Jismoniy tarbiya» fani o’qituvchilari o’rtasida har yili shaxmat bo’yicha respublika birinchiligini
o’tkazish
Shaxmat o’yini boshlang’ich sinf o’quvchilarning xotirasini kuchaytirishda, fikrlashdagi
parishonxotirlikni yo’qotishda muhim omil vazifasini bajaradi. Yuqorida bildirilgan fikrlar
boshlang’ich sinf o’quvchilarni ijtimoiy taraqqiyotga mos holda tarbiyalash, ularning ongi,
tafakkuri va dunyoqarashini zamon talablari darajasida shakllantirish borasida bir qancha olimlar
o’z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslangan fikrlarini bayon qilishgan. Ularga tayangan holda, biz
boshlang’ich sinf o’quvchilarda shaxmat o’yinlarini tashkil qilish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni
ishlab chiqdik:
-shaxmat o’yinlari asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarning mantiqiy fikrlash, aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda milliy metodologik, tarixiy va mantiqiy
ilmlarga tayanish;
-boshlang’ich sinf o’quvchilarda shaxmat o’yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishda nisbatan yangicha yondashishni qaror toptirish;
-amaliy va nazariy mashg’ulotlarda shaxmat o’yinlarining o’rni va mavqeini belgilash;
-boshlang’ich sinf o’quvchilarda shaxmat o’yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishning zamonaviy shakllari va tamoyillarini ishlab chiqish;
-maktab yoshlari orasida har yili shaxmat bo’yicha maktab, tuman, viloyat, respublika
an’anaviy musobaqalarini o’tkazish;
-iqtidorli, mantiqiy fikrlaydigan bolalar orasidan respublika shaxmat maktabi tashkil etish
chora va tavsiyalarini bildirmoqchimiz.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, shaxmat o’yini boshlang’ich sinf o’quvchilarning aqlini
o’stirish barobarida, mustaqil, har tomonlama to’g’ri, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda ulkan
imkoniyalarga ega deb hisoblaymiz. Shaxmat boshlang’ich sinf o’quvchilarni axloqiy, ruhiy,
ma’navnviy jihatdan sog’ligini ta’minlaydi. Shaxmat o’quvchi-yoshlarning fanlarni a’lo darajada
o’zlashtirishga yo’l ochib beradi. Shaxmat o’ynash qabiliyati shakllangan bola hech qachon yomon
yo’lga kirmaydi, shundan komillikka intilib yashashga o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: