Аннотация:
В статье представлена информация о распределении подземных вод в
Самаркандской области, изменении показателей качества, проблемах дефицита воды в
регионе и их причинах, роли родниковой воды в обеспечении водой промышленности и
населения.
Ключевые слова:
Самаранская область, реки, горы и предгорья, подземные и
поверхностные воды, артезианские, родниковые, почва, промышленность и сельское
хозяйство, водные ресурсы.
Abstract:
The article provides information on the distribution of groundwater in the
Samarkand region, changes in quality indicators, problems of water scarcity in the region and their
causes, the role of spring water in providing water to industry and the population.
Key words:
Samaran region, rivers, mountains and foothills, ground and surface waters,
artesian, spring, soil, industry and agriculture, water resources.
Kirish. Sayyoramizda hayotning paydo bo’lishi suv bilan bog'liqligini e’tiborga olsak, suv
Yerdagi tirik organizmlarning hayoti uchun juda muhim vosita ekanligini anglash qiyin emas. Inson
har doim suvdan foydalangan. Qadimgi qal'alar daryo yoki boshqa suv havzalari yonida qurilgani
buning dalilidir.
Gidrosferaning katta qismi okeanlarda, qolgan qismi quruqlikda -yer osti va yer usti suv
havzalarida joylashgan. Yer usti suvlari bilan bir qatorda yer osti suvlari ham jamiyat hayotida katta
ahamiyatga ega. Ayniqsa, yer usti suvlari kam bo'lgan quruq iqlim sharoitida yer osti suvlarining
ahamiyati katta. Yer osti suvining yer usti suvidan afzalligi shundaki, u tabiiy hodisalar va ob-havo
sharoiti ta'sirida deyarli o'zgarmaydi, tuproqlar, qum va toshlarda filtrlanadi.
Dunyoda toza suvning uchdan bir qismi yer osti suv havzalaridan olinadi. Yer osti suvi
zahiralarini o'rganish va suv tanqisligi keskin bo'lgan cho'l hududlarida, shu jumladan,
O'zbekistonda ham bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat
inspektsiyasini tashkil etish to'g'risida"gi farmoni asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha davlat inspektsiyasi
tashkil etilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda yer osti
suvlari zaxiralaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 4 maydagi PQ-2954-sonli qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ushbu qarorlar yer osti va
ichimlik suvi zaxiralaridan oqilona foydalanish muhim va dolzarb masala ekanligini yana bir bor
tasdiqlaydi.
837
Tadqiqot obyekti: Samarqand viloyati yer osti suvlari.
Tatqiqot maqsadi. Samarqand viloyati yer osti suvining tarqalishi, kimyoviy tarkibini
o’rganish va undan foydalanishni yaxshilash choralarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan o’rganish.
Tadqiqot usullari. Ishni bajarishda dala-tadqiqot, qiyoslash, kartografik, statistik, muayyan
joylarni o‘rganish, suv resurslarni shakllantiruvchi omillarni tahlil qilish va laboratoriyalarda suv
sifatini tahlil qilish, maxsus gidrokimyoviy baholash va hisoblash kabi usullardan foydalanildi.
Asosiy qism. Viloyat yer osti suvining paydo bo’lishi atmosfera yog’inlariga, atmosferadagi
namlikning tosh yoriqlariga tuproq-qum oralig’dagi bo’shliqlarga kirib kondensatsiyalanishga,
hamda tabiatda keng tarqalgan sorbsiya jarayonlariga bog’liq. Shular bilan birga yer ustidagi oqar
suvlarning yerga sizib o’tishi ham yer osti suvlarining hosil bo’lishida katta rol o’ynaydi.
Gidrogeolog olimlar tomonidan Zarafshon vodiysida Zarafshon artezian havzasi mavjudligi
qayd etilgan. Bu havza hududida Samarqand havzasini bo’lib ko’rsatiladi (Sultonxo’jayev va
boshq.1965). Samarqand havzasi geologik jihatdan Samarqand megasinklinal strukturasiga kiradi
va u sharqdan g’arbga tomon Panjikent, Jumabozor va Kattaqo’rg’on bukilmalaridan tashkil topadi
(Davlatov,1961). Bulardan Kattaqo’rg’on bukilmasi katta maydonni egallaydi va unda
mezokaynozoy yotqiziqlariga kiruvchi glina, alevrolit, qumtosh, gravelit va konglomeratlardan
tuzilgan. Ularning qalinligi ba‘zi joylarda 500 metrni tashkil qiladi. Bo’r va paleogen davrlar
yotqiziqlari konglomeratlar, gravelitlar, qumlar, qumtoshlar, alevrolitlar, glinalar va ohaktoshlardan
iborat. Neogen davri yotqiziqlari kontinental kelib chiqishga ega bo’lib konglomeratlar, gravelit,
qumtosh va glinalardan tarkib topgan. Neogen yotqiziqlarining qalinligi 1000 metrga yetadi
(Dovlyatov,1961). Viloyat hududida to’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’lib kelib
chiqishiga ko’ra allyuvial, prolyuvial va delyuvial jinslarga bo’linadi. Ular shag’al – qayroqtosh,
qum-glinalardan tarkib topgan. Ushbu turli xil yotqiziqlar suv o’tkazish, suv saqlash, suv to’plash
xususiyatlari va kimyoviy tarkibi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Ushbu yotqiziqlardan glina,
toshga aylangan qumtosh, alevrolitlar o’zidan suv o’tqazmaydi shu sababli ham ularning ustida turli
miqyosdagi yer osti suvlari to’planadi.
Kattaqo’rg’on bukilmasida bo’r davr yotqiziqlariga qadar qazilgan burg’u qudug’i 569 metr
chuqurlikka yetganda mayda shag’allardan iborat konglomeratlar orasidan yer yuziga otilib suv
chiqadi va uning sho’rligi 1,2 g/1, harorati +45° ni tashkil qiladi. Suv tarkibi sulfat-xlorid natriyli
bo’lib, suv sarfi 1,1 l/sek ga teng.
Ulus qishlog’i yaqinida 109 metr chuqurlikda kaynazoy yotqiziqlar tagida bo’r davri
yoshidagi glina, qumtosh, gravelit va konglamerat yotqiziqlardan tarkib topgan qatlamda 142-165
metr chuqurlikdan yer yuziga otilib suv chiqdi. Suv sifatli xloridli, natriy-magniy-kalsiy tarkibli
chuchuk suv bo’lib, minerallashuv darajasi 1g/l ga yaqin, suv sarfi 1,3 l/sek.
Burg’ quduqlar qatlamlari shuni ko’rsatdiki, janubga borgan sari kaynazoy yotqiziqlar qatlami
yupqalashadi. Zirabuloq va Ziyovuddin tog’lari etaklarida bo’r davri yotqiziqlari yer yuziga chiqib
yotadi. Ana shu joylar bo’r davri yotqiziqlari orasidan chiqadigan buloq suvlari tog’ va tog’ oldi
zonalarida chuchuk bo’lib, minerallashuv darajasi 1,0 g/l dan oshmaydi va ko’p hollarda 0,6 g/l ni
tashkil qiladi.
Bo’r davri tagida yotgan yura davri yotqiziqlaridagi suv sho’rligi ancha yuqori uchlamchi va
neogen davrlariga xos bosimli yer osti suvlari Ulus, Nurbuloq qishloqlari atroflarida qazilgan burg’
quduqlarida kuzatiladi. Ularda suvli gorizontlar, qumlar va grovelitlarda uchraydi. Suvli gorizontlar
chuqurligi 90 dan 412 metrgacha yetadi. Suv sarfi ancha katta bo’lib 10 l/sek va undan ko’proqni
tashkil qiladi. Suv sifati yaxshi va qoniqarli yoki kam sho’rlangan.
Samarqand artezian havzasidagi uchlamchi davr yotqiziqlarida bosimli suvlarning paydo
bo’lish qonuniyati to’g’risida aniq fikrni aytish qiyin. Uchlamchi davr yotqiziqlari tog’ va tog’ oldi
zonalarida yer yuziga chiqib yotadi. Ana shu uchlamchi davr yotqiziqlari yer yuziga chiqib yotgan
joylardan atmosfera yog’inlari singib uchlamchi davrga xos boshqa suvlarni hosil qiladi degan
fikrga qo’shilsa bo’ladi. Agar uchlamchi davr yotqiziqlari g’ovak suv o’tqazadigan to’rtlamchi davr
yotqiziqlari bilan qoplangan bo’lsa, bunday holatda suv ushbu g’ovak jinslar orqali o’tib uchlamchi
jinslar ustida to’planishi mumkin (Sultonxo’jayev va boshq, 1965).
838
To’rtlamchi davrning bosimli, ba‘zan o’zi otilib chiqadigan suvlari 50-60 m, ba‘zan 200
metrda joylashgan. Bu suvlar asosan toza chuchuk suvlar, ba‘zan ozgina sho’r bo’lib, asosan
ichimlik suvi sifatida va qisman sug’orishda ishlatiladi. To’rtlamchi davrning bosimli yer osti
suvlarining minerallashuv darajasi kam, Zarafshon vodiysida sharqdan g’arbga tomon o’zgarib
boradi, ya‘ni oshib boradi. Bulung’ur shahri yaqinida qazilgan burg’ qudug’ining chuqurligi 335
metrda shag’allar orasida bosimli suv borligi aniqlandi, suv 45,5 metrga qadar ko’tarilib keldi.
Suvda minerallar miqdori 0,2 g/l bo’lib gidrokarbonat-kalsiy tarkibli toza suvdan iborat. Samarqand
shahri yaqinida gravelit, qumtosh yotqiziqlarida 11 metr, 47 metr, 66 metr chuqurliklarda bosimli
suvlar borligi aniqlangan. Ularda minerallar miqdori 0,9 g/l bo’lib gidrokarbonat-sulfat-kalsiy
tuzlardan tarkib topgan. G’arbga tomon suvning minerallashuv darajasi oshib boradi. Masalan
Karmana shahri yaqinida 54 metr chuqurlikda shag’allar orasidagi suvning minerallashuvi 1,1 g/l
bo’lib, sulfat gidrokarbonat magniy tarkibga ega. Suvning sathi 4,6 metrga qadar ko’tariladi.
Samarqand viloyatining 50% dan ortiq hududi tog’ oldi tekisliklaridan iborat bo’lib prolyuvial
yotqiziqlardan tarkib topgan. Tog’larga tutash zonada prolyuvial yotqiziqlar qirrali turlicha
kattalikdagi toshlardan tarkib topgan bo’lib tog’lardan uzoqlashgan sari yotqiziqlar tarkibi o’zgarib
Zarafshon daryosi tomon mayda qum glinalar bilan almashinadi. Bu holat yer osti suvlarining
joylashishiga va sifatiga ta‘sir ko’rsatadi.
Prolyuvial yotqiziqlardagi yer osti suvlarining manbalari toglar hisoblanadi.
A.N.Sultonxo’jayev va boshq. (1965) yozishicha prolyuvial yotqiziqlardagi suvlar ushbu yotqiziqlar
tagida yotgan to’rtlamchi davrga qadar yotqizilgan jinslardagi yoriqlardan ko’tarilib turadigan
suvlar ham manba bo’lib xizmat qiladi. Tog’ yonbag’irlariga yaqin zonada prolyuvial
yotqiziqlardagi suvlar 30-40 metr, ba‘zan 60-70 metr chuqurlikka yetadi. Tog’lardan daryo tomon
uzoqlashish bilan suv yer yuzasiga ancha yaqinlashadi, maslan Juma va Zirabuloq shaharlari
yaqinida ularning chuqurligi 20 metrni tashkil qiladi va daryoga yaqin joylarda 2,3 metrga qadar
qisqaradi va glina yer yuziga yaqin joylarda ular yer yuzasiga juda yaqin kelib zax va botqoqlar
hosil qiladi. Prolyuvial yotqiziqlardagi grunt suvlarning minerallashuv darajasi katta emas. Masalan
Juma shahri yaqinida minerallashish 2 g/l ni tashkil qiladi. Suv gidrokarbonat-sulfat-magniyli va
sulfat-gidrokorbonat magniy elementlaridan tarkib topgan. G’arbga tomon tog’ oldi tekisliklarida
suvning minerallashuv darajasi oshadi va Nagorniy qishlog’i, Zirabuloq shahri va Malik
qishloqlarida 5,0 g/l ga yetadi. Suv tarkibi sulfat-xlorid-natriy tuzlaridan tarkib topgan.
Zarafshon vodiysidagi allyuvial yotqiziqlar grunt suvlariga boy va minerallashuv darajasi
me’yorda. Ular daryo, kanal, ariq, sug’oriladigan suvlaridan oziqlanadi. Shag’al-qum aralash
yotqiziqlar o’zidan suvni yaxshi o’tkazganligi tufayli daryo tomon suv chuqurligi yanada kamayadi
va daryo sohillarida yer yuziga yaqinlashib botqoqliklarni hosil qiladi. Daryo to’lib oqqanda
atrofdagi yerlarga grunt suvlari tarqalib suv sathi ko’tariladi va qish oylari daryoda suv kamayganda
grunt suv sathi pasayadi. Daryo vodiysining sharqiy qismida grunt suvlarning minerallashuv
darajasi daryo suvidan farq qilmaydi va 0,3-0,5 g/l ni tashkil qiladi. Suv tarkibi gidrokarbonat-
magniy tuzlaridan tarkib topgan. Shu tarkibdagi va miqdoriy ko’rsatgichdagi suv Xatirchi shahri
yaqinigacha saqlanadi. Keyin esa shu tarkibdagi suv daryo sohili yonida tor lenta ko’rinishida
g’arbga qarab davom etadi. Bunga daryo qayiri va birinchi terrasaning daryo o’zaniga yaqin
qishloqlari kiradi. Ikkinchi terrasaning ancha balandligi tufayli daryo suvi bilan almashinishi ancha
qiyinlashadi. Vodiyning g’arbiy qismlarida suv sho’rligi 5-10 g/l gacha ko’tariladi, tuproq
sho’rlanishi kuchayadi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Samarqand viloyatining sharqiy qismida
grunt suvlarining sifati yaxshi va ulardan ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkin. Viloyatning
g’arbiy qismida sifatli suv daryo o’zaniga yaqin tor, uzunchoq zonadagina saqlanib qoladi. Tog’
oldi tekisliklarida, ikkinchi tarafdan grunt suvlari sho’rligi oshib boradi. Suvning minerallashuv
darajasi Zarafshon vodiysining sharq tomonidan g’arb tomoniga nisbatan oshib boradi. Shu bilan
birga suv sho’rligi 0,6 mg/l ga qadar anionlardan gidrokarbonatlar miqdori katta bo’lib,
kationlardan kalsiy ko’pligi bilan ajralib turadi. Suv sho’rigi 1.0 mg/l dan oshishi bilan
gidrokarbonatlar o’rnini anionlardan sulfatlar egallaydi. Shu bilan birga ko’p hollarda anionlardan
magniy va uning ko’pligi ko’rinib turibdi. Kalsiy va magniyning ko’payishi suv qattiqligining
oshishiga olib keladi. Suvda kationlardan birinchi navbatda natriy ko’p bo’lishi kerak edi. Bu
839
Respublikamizning ko’p hududlariga xos hodisa hisoblanadi. Zarafshon vodiysida kationlardan
natriy o’rniga magniyning chiqishini A. N. Sultonxo’jayev va boshq. (1965), bu hududda
karbonatlarga boy ohaktoshlarning ko’p uchrashi va ularning yemirilishi bilan bog’liq deb
tushuntiradi. Zarafshon artezian havzasida yer usti suvlari kabi yer osti suvlarining sharqdan
g’arbga tomon harakati mavjud. Lekin joyning geologik tuzilishi, litologik va geomorfologik
xolatiga bog’liq hamda ayrim hollarda artezian zahiralarini hosil qiladi. Zarafshon artezian
havzasida kimyoviy tarkibi va tuzlar miqdori bo’yicha turli xil suvlar uchraydi. Bunda to’rtlamchi
davrning chuchuk suvlari bilan yura davri yotqiziqlaridagi sho’r suvlarni uchratish mumkin.
To’rtlamchi davr yotqiziqlaridagi suvlar chuchuk suvlar bo’lib ba‘zi holatlarda ozgina sho’rlangan
suvlar ham uchraydi. Bu suvlar aholiga iste‘mol uchun va sug’orishda ishlatib kelinmoqda.
Neogen davr yotqiziqlarining suv zahiralari yaxshi o’rganilmagan. Lekin mavjud materiallar
tahlili shuni ko’rsatdiki neogen davr yotqiziqlari orasida ham sho’rlangan, o’zi otilib chiqayotgan
suvlar ko’p. Paleogen va bo’r yotqiziqlaridagi suvlar kam minerallashgan suvlardan tarkib topgan.
Lekin suvning shakllanish manbaidan uzoqlashgan sari va suvli qatlamga tushib borish bilan suv
sho’rligi oshadi va sho’r hatto juda sho’r darajagacha yetadi.Yura davri yotqiziqlarining suv
zahiralari yaxshi o’rganilmagan. Qashqadaryo xavzasidan olingan malumotlari bo’yicha artezian
suvlar juda sho’r, hatto o’ta sho’r darajasida bo’lib tarkibi yod, brom, litiy, elemenlariga boy.
Viloyatda yer osti suvlaridan foydalanish ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Viloyatda
qishloqlarning 80% dan ortig’i artezian suv bilan taminlangan 10% aholi tog’lardagi buloq
suvlardan foydalanadi va 10% aholi grunt suvlarini (quduq) ishlatadi. Shaharlarda ham artezian
suvlaridan keng foydalaniladi. Masalan, Samarqand shahrida fontanlar, basseynlar, gulzor va
ko’kalamzor maydonlarni sug’orishda artezian quduq suvlari ishlatiladi. Bulardan tashqari ba‘zi
korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xatto shaxsiy cho’milish basseyni bor oilalar ham artezian
suvlardan foydalanadi.
Xulosa. Umuman olganda, Samarqand viloyati yer osti suvlari yuqoridan quyi tomon
harakatlanadi, ya’ni tog’li qismidan daryo vodiysiga, yoki vodiyning boshlanish qismidan quyi
qismi tomon harakatlanib, o’zi bilan birgalikda suv tarkibida erigan moddalarni ham olib borib,
quyi qismi tomon to’playdi. Yer osti suvlarining yuqori grunt qatlamining ham sathi xuddi
yuqoridagi holat bo’yicha tog’li qismida chuqurda, daryo vodiysida esa yer yuzasiga yaqin yotadi.
Samarqand viloyatida aholi zich joylashgan bo’lib, bu o’z navbatida hududda sanoat va
qishloq xo’jaligini rivojlantirishni taqazo qiladi, bu sohalarning rivojlanishi albatta suv bilan bog’liq
bo’lib, shu maqsadda sug’oriladigan yerlarda yer usti va yer osti suvlari sifatining o’zgarishiga
yerga solinadigan mineral o’g’itlar ekinlarda ishlatiladigan pestitsidlarning ta’siri juda katta.
Samarqand viloyatida joylashgan tumanlar bir-birlari bilan hududiy bog’langanligi tufayli yer usti
va yer osti suvlarining tozaligini ta’minlash uchun kompleks meliorativ tadbirlar bilan birga har bir
vohada tuzlarning migratsiyasi, ularning kirim-chiqim balansi o’rganilishi, hamda tuzlar
migratsiyasini kamaytirish maqsadida sug’orishning hozirgi ilg’or, jumladan, tomchilatib sug’orish
texnologiyalaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |