828
1920-1933 yillarda Qizil Armiya arxivi
1933-1941 yillarda Qizil armiyaning markaziy arxivi
1941-1958 Qizil Armiya Markaziy Davlat Arxivi
1958-1992 Sovet armiyasining markaziy davlat arxivi
1992 yil iyun oyidan boshlab Rossiya davlat harbiy arxivi
Mamlakat davlat arxivlari tarmog'idagi "Rossiya davlat harbiy arxivi" federal davlat
muassasasi hisoblanib, undagi jamg’armalar Sovet davridagi harbiy-tarixiy hujjatlarning eng katta
omboridir. O'zining faoliyati davomida arxiv Qizil Armiyaning deyarli barcha harbiy hujjatlarini
(1918 yildan 1940 yilgacha), NKVD-SSSR Ichki ishlar vazirligi (1918 yildan 1991 yilgacha)
hujjatlarini to'plagan va saqlagan. Shuningdek, Oq gvardiyachilar harakat tarixi davridan boshlab,
2001 yilgacha bo’lgan hujjatlar saqlanadi.
1999 yilda RDHA biriktirilgan Tarixiy va hujjatli to'plamlarni saqlash markazining
hujjatlarini qabul qildi. Ular orasida: Yevropaning, Osiyo va Amerikaning 20 dan ortiq
mamlakatlari (XVI-XX asrlar) tarixiga oid chet eldan keltirilgan hujjatlar, shuningdek NKVD-
MVD harbiy asirlar va internirlanganlar uchun bosh boshqarmasi hujjatlari to'plami mavjud. SSSR
(1939-1960).
Hozirda ushbu arxiv yevropadagi eng yirik arxivlardan biri bo'lib, unda jami 7 400,075
nomdagi 33 694 ta fond mavjud246.(01.01.2021 yil holatiga ko'ra).
Mazkur arxivning jamg'arma hususiyatlari quyidagilardan iborat bo’lib, hujjatlari beshta
kompleksga bo'linadi. Ular quyidagilar:
1918 SSSR Qurolli Kuchlari (Qizil Armiya) ning yaratilishi va rivojlanish tarixi to'g'risidagi
hujjatlar;
1917 yil oxiridan 1922 yilgacha Rossiya hududida faoliyat yuritgan Oq armiyaning markaziy
va okrug boshqaruv organlari, muassasalari, tuzilmalari va bo'linmalari tarixiga oid hujjatlar;
1918 yildan 2001 yilgacha Ichki ishlar vazirligi, chegara va ichki qo'shinlarining hujjatlari;
1939-1960 yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi va uning tizimidagi muassasalar (GUPVI SSSR
Ichki ishlar vazirligi) ning harbiy asirlari va internirlanganlar uchun bosh boshqarmasi;
Sovet harbiy rahbarlarining shaxsiy kelib chiqishi to'g'risidagi hujjatlar;
Chet eldan olib kelingan hujjatlar247.
Demak ushbu arxivda saqlanayotgan hujjatlarda SSSRning mustamlakalariga oid bo’lgan
ayrim fondlarni ham topish mumkin bo’ladi. Shuningdek II jahon urushida jasorat ko’rsatgan chet
el fuqarolarining ham hujjatlarini topish imkoni bor. Aynan manashu jihati bilan ushbu arxivni
hujjatlarini o’rganish ochilmay yotgan tarixni tiklash, hamda yangi aniq faktlarga tayanish imkonini
beradi. Bunday arxivlarning tashkil etilishi esa mamalakatdagi tarixiy dalillarni ahamiyatini yanada
oshirib boradi. Hujjatlar qiymati esa har bir soha uchun albatta qadrlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: