Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet464/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Lebedev Yu S. "Bionika va kelajak shahri". 1973 yil 
2. Dobrovolskaya V.V., Abdujapparova I.P. "Bionika me'moriy qurilish va shaharlarni 
loyihalashda tirik organizmlarni shakllantirish va modellashtirish usuli sifatida" Qozog'iston 2015. 
 


661 
XO‘JA YAKSHABA – BAHOUDDIN NAQSHBANDNING SHOGIRDI 
MAKON TUTGAN QISHLOQ 
Samadov G’.Z. 
Buxoro Davlat Universiteti magistranti 
Ilmiy rahbar: t.f.n. dotsent Qurbonova M.B. 
Annatatsiya:
 Ushbu maqolada arablarning O’rta Osiyoga hujumi va buning natiasida islom 
dinining kirib kelishi, yoyilishi haqida fikr yuritilgan. Islom kirib kelgach diniy ilmlar bilimdonlari 
yetishib chiqadi. Hazrati Xo’ja Yakshaba Eshon o’z davrida yetuk diniy ilm sohiblaridan edi. 
Hozirda mavjud Xo’ja Yakshab qishlog’i Xoj’a Yakshaba Eshon tarixi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
 Xo’ja Yakshaba, Bahouddin Naqshband, pir, folbin, murid, masjid, sura. 
Buxoro shahri arablar bosqinidan so’ng musulmon dunyosining markazlaridan biriga aylandi. 
Unga sabab Buxorodan yetishib chiqqan olim, ulamo, shay-mashoyixlarning salmoqli faoliyatidir. 
IX asrda Abu Xafs Kabir, XIV asrda Bahouddin Naqshband sharofatlari bilan yanada ulug’landi. 
Bahouddin Naqshband bilan davrdosh bo’lib, u kishiga shogird hisoblangan Xo’ja Yakshaba Pir 
nomlari bilan ataladigan qishloq mavjud. Bu qishloq Kogon tumanida, Bahouddin Naqshband 
ziyoratgohidan 4 km shimoli-sharqda joylashgan. 
Qishloq nomi haqida xalq orasida turlicha fikrlar yuradi. Ba’zi keksalarning aytishicha 
Xo‘jalar bir kecha(tojikcha: “yak”-“bir”va “shab”- “tun”) tunagan joydan bunyod bo‘lgan.Ushbu 
hududdagi mozorning o‘rtasidan yo‘l o‘tgan, odamlar shu yo‘ldan o‘taverib, mozorni oyoq osti 
qilishgan. Oqibatda bir kechada mozor yo‘lning narigi betiga ko‘chgan va Xo‘ja Yakshaba nomini 
olgan.190.Qishloq nomining kelib chiqishi Hazrati Xo‘ja Yakshaba Pir nomi bilan bog‘liq. Xalq 
orasida tarqalgan boshqa bir rivoyatga ko‘ra, qishloqda bir yigit qari onasi bilan istiqomat qilardi. 
Yigit qancha ishlamasin, topgan puli oziq-ovqatga arang etar edi. Bu paytda qishloq aholisining 
turmushi ham bularnikidan qolishmasdi. Bir kuni yigit onasiga folbinga borib, kelajagini fol 
ochdirib ko‘rish istagi borligini aytadi. Ona va o‘g‘il folbin huzuriga boradilar va folbin: “Agar 
o‘g‘ling otasining kasbini davom ettirsa, turmushi yaxshilanib ketadi”, deb aytadi. Bu gapdan 
vahimaga tushgan ona bir og‘iz so‘z demay uyiga qaytadi. O‘g‘lining bir necha kun davomida ota 
kasbini so‘rab yolvorishlari onaning o‘g‘liga bor haqiqatni aytishga majbur qiladi. “Sening otang 
o‘g‘ri bo‘lgan. O‘g‘riligi uchun qatl qilingan. Sen ham shu ishni qilsang, sendan rozi emasman”, 
deydi ona o‘g‘liga. O‘g‘il o‘g‘rilik qilish og‘ir jinoyatligini bilar, ammo ochlik va kambag‘allik 
sillasini quritgani uchun bu kasbni qilishga ahd qiladi. Ammo qishlog‘ida yashovchi biror kishining 
uyiga o‘g‘rilikka kirolmaydi. Chunki aholining tovug‘i, sigiri, qo‘y, echkisi bola-chakasining rizqu 
nasibasi edi. Yigit uzoq yo‘l bosib, Bahouddin Naqshband va uning 39 muridi namoz o‘qiydigan 
masjidga kelib qoladi. Masjid ichiga kirganida ko‘zi ikki qavat qilib to‘shalgan gilamlarga tushadi 
va shulardan birini o‘g‘irlab ketishga qaror qiladi. Shom namozi vaqtida, Bahouddin Naqshband 
hamda muridlari masjidga kirib keladi. Yigit ulardan yashirinish uchun o‘zini bir gilamga o‘rab 
yotib oladi. Bir mahal Bahouddin Naqshband muridlariga qarab, “Masjidda 41 kishi o‘tiribmiz”, 
deydilar. Muridlar hammani sanab, 40 kishi borligini aytadilar. Bahouddin qayta: “Masjidda bizdan 
tashqari yana bir kishi bor”, deydilar. Muridlar masjid burchaklarini ko‘zdan kechirib, gilamga 
o‘ranib yotib olgan yigitni Bahouddin Naqshband yoniga olib keladilar. Hazrat Bahouddin yigitdan 
gilamga o‘ranib yotishining sababini so‘raydilar. Yigit hamma boshidan kechirganlarini so‘zlab 
beradi. Shunda Bahouddin hazratlari: “Men senga Qur’on Karimni yod oldiraman va namoz o‘qish 
tartibini o‘rgataman. Qishlog‘ingda har oy o‘tkaziladigan xatmi qur’onlarda tilovatlar qilib, 
ro‘zg‘oringni halol luqma bilan tebratasan va boyib ketasan”, deydilar. Aytishlaricha, yigit bir 
kechada Qur’oni Karimning 114 ta surasini yod oladi va Xo‘jaga aylanadi. Shundan so‘ng odamlar 
bu yigitni “Bir kechada avliyo” darajasiga etgan inson deb ta’riflay boshlaydilar. Tez orada 
Bahouddin Naqshband bashorat qilganidek, yigit o‘zi yashab turgan hududning katta imomiga 
aylanadi. Qishloq nomini ham shu vokea bilan bog‘lab “Xo‘ja Yakshaba” deb atala boshlangan191. 
190Dala yozuvlari. Buxoro viloyati.Kogon tumani. Xo’ja Yakshaba qishloqg’i.2020-yil, mart-aprel. 
191 Dala yozuvlari. Buxoro viloyati.Kogon tumani. Xo’ja Yakshaba qishloqg’i.2020-yil, mart-aprel. 


662 
Xo‘ja Yakshaba Bahouddin Naqshband bilan zamondosh bulib Naqshbandiya tariqatining vakili 
edilar. Sadriddin Salim Buxoriy bu shaxs haqida quyidagi ma’lumotni keltiradi: “Hazrati Xo‘ja 
Yakshaba pir o‘z davrida xalq orasida e’tiborli kishi bo‘lganlar. Naqshbandiya tariqatining vakili. 
Avlodlari va farzandlari haqida ma’lumot yo‘q. Qabrlari Kogon-Qiziltepa yo‘li yoqasida. Qabrlari 
qayta tiklanib atrofi obodonlashtirilgan”192. Shu o‘rinda “Xo‘ja” degan so‘zga nisbat bersak, 
ba’zilar xo‘jalarni payg‘ambarimizning so‘ngi to‘rt sahobalarining avlodlari deyishadi, boshqalar 
esa payg‘ambarimizning qizlari va kuyovlaridan tarqalgan avlodga nisbat berishadi. Aslida 
“Xo‘ja”(forscha- xo‘ja, xo‘jayin) – ya’ni tasavvufda tariqat mashoyixlariga beriladigan unvon193. 
Bu unvon asosan Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlangan. Masalan: Xoja Yusuf 
Hamadoniy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Muhammad Boboyi 
Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Kabul Axbor Valiy va Xoja Yakshaba kabidir. 
Xo‘jalardan ulug‘ pirlarga esa “Shayx” unvoni berilgan. 
Ushbu qishloq markazdada joylashganligi uchun har hafta katta bozor bo‘lgan. Bozor kunlari 
xo‘roz jangi, qo‘chqor urushtirish, ishti o‘yini, dor o‘yinlari, polvonlar turli musoboqalari tashkil 
etilgan. Xo‘ja Yakshaba qishlog‘i hududida bir necha ko‘chalar mavjudligini eslashadi: 
Quyi ko‘cha, Murdasho‘y ko‘cha, Nog‘orachi ko‘cha, Qassob ko‘cha, Moychi ko‘cha, Yuqori 
ko‘cha, Arab ko‘cha, Tuz va guruch sotuvchilar ko‘chasi194 
Bugungi kunda esa ko‘chalarning hammasi ham saqlanmaganligi sanoqli yoshi katta 
otaxonlar xotirasida muhrlangan. 
Obod qishloq aholisi orasidan ko‘plab o‘qimishli kishilar etishib chiqqan. Haftaning 
chorshanba kunlari katta bozor tashkil etilgan. Qishloqningahil aholisi tinch totuv umrguzaronlik 
qilib, o‘z manzil makoni bilan faxrlanadi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish