Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi. T.1997 
2.
О‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar. 2002 
yil 16 – avgustda tasdiqlangan. 
3.
Davletshin M.G. Jalilova S.X. Oliy maktabda ta’lim jarayonini samaradorligining 
psixologik tomonlari. 
 
 


614 
SUV EKOLOGIYASI VA TABIIY SUV RESURSLARIDAN TO’GRI FOYDALANISH 
MADANIYATINI YUKSALTIRISH 
Ruziyev J.E., Axmedov B.A., Nurmurodov A.
Samarqand davlat universiteti 
Aholi sonining o’sib borayotganligi, shaharlarning ko`payishi va sanoat korxonalarining 
ko’plab paydo bo`layotganligi suv sarfini tobora oshirmoqda. Hatto sanoat korxonalarining ham 
toza ichimlik suvidan foydalanishi uning sanoat xom ashyosiga ham aylanib borayotganligini 
ko`rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasida ichimlik suv sifatida ishlatilayotgan suvning ma’lum qismini yer 
osti suvlari tashkil qiladi. Inson xo’jalik faoliyatining boshqa tarkibiy qismlari singari yer osti 
suvlari sifati va rejimiga kuchli ta’siri sezilmoqda. Shu sababli ham sug’oriladigan hududlarda yer 
osti suvlari turli darajada ifloslangan va ko’p joylarda ichishga yaroqsiz darajaga kelgan. Bir nechta 
tumanlarda bu muammo yanada sezilarli darajaga yetgan. Yer usti ichimlik suvlari esa doimiy 
analitik nazoratda bo’lishi tabiiy.
Yurtimiz aholisi qadimdan tabiatdan, uning boyliklaridan o’z o’rnida foydalanishda ibratli 
ishlarni amalga oshirib kelgan. Cho’llarda, og’ir iqlimga ega joylarda obod vohalar bunyod etgan, 
tabiatdan birni olsa, o’nni berishdek fazilatga amal qilib yashagan. Shu bois, mahalliy o’troq aholi 
suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sho’r bosishdan saqlash, sel 
oqimlarining, qum qo’shimchalarining yo’lini to’sish tajribasini bundan ming yillar avval puxta 
o’zlashtirgan. 
Asosiy qonunimiz-Konstitutsiyada “Fuqarolar tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo’lishga majburdirlar”, “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir”, deb mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq 
qator qonunlar qabul qilingan.
Rivojlangan mamlakatlarda chuchuk suvning 70-90% o’simliklarni o’stirishga va ulardan 
hosil olishga ishlatiladi. O’zbekistonda suv manbalarining 85% ekinlarni sug’orilishga sarf etiladi. 1 
kg sholi o’stirish uchun 3000 litr suv kerak bo’ladi. Har bir odam har yili 58 kg sholi iste’mol 
qiladi. (BMT bo’yicha).
1 metr chitni ishlab chiqishda 2m3 suv sarflanadi, 1 litr benzin olinishida-10 litr suv, 1 tonna 
kimyo tolasi olinishida-200 m3 suv, 1 tonna rezina olinishida-1500 m3 suv, 1 tonna gazeta qog’oz 
olinishida-900 m3 suv sarflanadi. 
Respublikamiz hududida mavjud bo’lgan daryolar, ko’llar va dengizlarning ifloslanishi ham 
katta xavf tug’dirmoqda. Turli xo’jaliklar va sanoat korxonalari chiqindilarini suv havzalariga 
oqizishni nazorat qilmaslik natijasida ham inson kutmagan, rejalashtirmagan turli falokatlar ro’y 
bermoqda. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan tumanlar, shaharlar orqali oqib o’tayotgan ariqlar va 
daryolar suvlari oqova suvlarga aylanib, ularga yiliga millionlab tonna zararli chiqindilar 
qo’shilmoqda. 
Biz umumbashariy muammo hisoblangan toza ichimlik suv taqchilligiga befarq 
bo’lolmaymiz. Chunki hozirgi kunda dunyoda 1,1 milliard inson toza ichimlik suvidan foydalanish 
imkoniyatiga ega emas, 5 million kishi esa har yili iflos suv oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar 
tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumadi. 
Dunyodagi oqova suvlarning 90 foizidan ortig’i tozalanmaydi. Shu bilan birga yirik 
shaharlardagi ichimlik suvining yarmi uzatish tarmoqlaridagi texnik nosozliklar sababli yoki 
yoriqlar orqali yer qa’riga singib ketadi.
Yer yuzidagi ichimlik suvining 70 foizi qishloq xo’jaligi uchun sarflanadi. Bugungi kunda bir 
tonna don yetishtirish uchun o’rta hisobda ming tonna suv sarflanadi. Natijada yer yuzidagi yirik 
daryolarning suvlari dengiz ummoniga borib quyilmaydi. Bu o’z navbatida asosiy suv 
zahiralarining, chuchuk suv manbalarining kamayib borishiga olib keladi. Misol uchun, Afrikadagi 
25 ta mamlakatda suv tanqisligi aholining tinkasini quritmoqda.


615 
Xalqaro suv muammosi nafaqat texnik, balki iqtisodiy muammo hamdir. Sayyoramiz aholisi 
o’sib bormoqda. Ularning oziq-ovqatga ehtiyoji ko’plab quruq yerlarni o’zlashtirish evaziga 
qondiriladi. 
Ayni paytda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ko’proq odamning suv tanqisligini 
boshidan kechirayotgani fikrimiz tasdig’idir. Eng muhimi, suv biz istiqomat qilayotgan Markaziy 
Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atrof-muhitini saqlashning asosiy 
omillaridandir. Suv taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda, ayniqsa, 
bu jarayon bizning respublikamizda ham sezilarli darajada. 
Bir avlod umri davomida noyob va go’zal dengizdan qurib va yo’qolib borayotgan suv 
havzasiga aylangan Orol fojiasi buning yaqqol dalilidir. Bir paytlar gullab-yashnagan Orolbo’yi 
hududi esa bugungi kunda ayanchli sahroga 
aylanmoqda.
Suv resurslari taqchilligi, sug’oriladigan ekin maydonlarining yaroqsizlanishi, hayvonot va 
nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim o’zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar 
suv oqimining katta qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyanshan tog’laridagi muzliklar erishining 
tezlashuvi-bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og’ir oqibatlarning bir qismi, xolos. 
Ta’kidlash lozimki, bizda ham bu borada 
ahvol maqtagulik emas. Zero, bugunki kunda 
viloyatimizda ham bu masalada ayrim 
nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Joylarda turli 
maishiy chiqindilar uyulib borayotgani sir 
emas. Katta mehnat va mablag’ sarflab 
tozalangan, tartibga keltirilgan joylarda yana 
chiqindi uyumi paydo bo’layapti. Yohud oqar 
suvlarning ifloslanishi kuzatilmoqda. Suv 
bo’ylarini o’zboshimchalik bilan egallab olish 
yoki bu joylarni “chiqindixona”ga aylantirish hollari uchrayotir. 


616 
Abu Tohir Xo’janing “Samariya” asarida “Darg’om arig’ining boshi Ko’hak daryosidan 
ajralib, Shovdor, Anhor tumanlarini sug’orib, ortiqchasi Ko’hak daryosiga qo’shiladi. Shahar 
bog’lari va bo’stonlari shu anhordan yashil va tozadir”, deb eslatadi. Darhaqiqat, Darg’om kanali 
ham bir necha yirik shoxobchalarga bo’lingan. Masalan, Shovdor kanalining Darg’om kanalidan 
ajralgan qismi Jartepa qishlog’idan boshlanib, Samarqand va uning atrofidagi bir necha qishloqlarni 
suv bilan ta’minlaydi. 
Taassufki, keyingi yillarda bu ariqlarning 
musaffoligi yo’qolib bormoqda. Siyob va Obi 
Rahmat ariqlariga xonadonlardan va sanoat 
korxonalaridan 
chiqindi-loyqa 
suvlar 
oqizilmoqda. Bunday holatni Afrosiyob etagidan 
don mahsulotlari kombinati atrofida, shu yerdagi 
mahallalar hududida ko’rish mumkin. Asrlar 
davomida tiniq, zilol Obi Rahmat arig’i suvidan 
hozir ham minglab xonadonlar bog’-rog’larini, 
tomorqalarini sug’orishda foydalanayaptilar. 
Samarqand shahri hududidan oqib o’tuvchi Siyob arig’ining atrofida yashovchi aholi 
tomonidan suvga oqizilayotgan turli kanalizatsiya tarmoqlari orqali tushayotgan chiqindi suvlar va 
tashlanayotgan axlatlarning suvning sifatini buzilishiga sabab bo’layotganligini hech bir yaxshi so’z 
bilan izohlab bo’lmaydi.
Sanoat karxonalari oqova suvlarni tahlil qilishda erigan va erimagan anorganik moddalarga, 
ifloslikning 60% miqdoriga to’g’ri keladigan organik moddalarga, muhitiga, suvning organoleptik 
xususiyatiga, oksidlanishi va oksigenga biokimyoviy ehtiyojga, azot, fosfor, ftor va ularning 
anionlari ammoniy, nitrit, nitrat, fosfat, ftoridlarga aylanishiga, xloridlarga, sulfatlarga hamda 
ularning ruxsat etilgan kontsentratsiyalarining me’yorida ekanligiga e’tibor beriladi. 
Atrof-muhitning radioaktiv zararlanishi global tavsifdagi muammo hisoblanadi. Uning asosiy 
manbalari yadro portlashlari, yadro energetikasi korxonalarining radionuklid chiqindilari va yer osti 
zahiralaridan: iborat. Ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida yemirilish asosida esa bir-biriga bog`liq 
bo`lgan kompleks jarayonlar yotadi. Atom va molekulalarning uyg`onishi va ionlar almashinuvi 
turli biologik tuzilishli to`qimalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Yuqori faollikka ega bo`lishi 
radikallarning hosil bo`lishiga zamin yaratadi. Kam differensiyallanadigan, yosh va o`suvchi 
to`qimalar ancha radiosezgir bo`ladi. 
Samarqand viloyati Pasdarg’om tumanidagi Qorayantoq qishlog’i hududidagi yer osti suvlari 
namunalari tarkibidagi radon-222 izotopining mavjudlik spektrlari va u asosida radioaktivatsion 
faolliklari tekshirib ko’rildi. Bundan tashqari shu hududdagi yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik 
xususiyatlari uning mineral tarkibini kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari 
yordamida analitik nazorat qilish asosida baholandi.
Nuklid 
Aktivligi, Bk 
Tasodifiy 
xato,% 
Hajmiy 
aktivligi, Bk/l 
Mutlaq xato, 
Bk/l 
Nisbiy xato, 
% (p=0.95) 
Rn-222 
52.873 
0.2 
406.78 
96 
23.6 


617 
Qorayantoq yer osti suvlarining radioaktivatsion faolliklari Rn-222 izatopi hisobiga 52.873 
Bk ekanligini va bu ko’rsatkich shunday suvlar uchun ruxsat etilgan me’yor darajasidan 11.127 Bk 
qiymatga kam ekanligini spektroskopik usulda o’rganildi. 
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan yer osti suvining mineral tarkibini ham ichishga 
yaroqlilik xususiyatlari nuqtai nazardan analitik baholandi.
Qora yantoq qishlog’i 550 m artezian 
suv namunalari tarkibidagi ingrediyentlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz usullari 
yordamida olingan miqdoriy aniqlash natijalari. 
n=3, =0.95, ∆
=4.30, 2021 yil mart. 
Ushbu hududdagi yer osti ichimlik suvlarining mineral tarkibi esa ichishga yaroqlilik 
xusussiyati yuqori ekanligini ko’rsatadi. Ichimlik suvi neytral yoki kuchsiz ishqoriy mihitga ega va 
umimiy qattiqligi 4 mg-ekv/l ni tashkil etib, umumiy ichiladigan suvlar tarkibidagi sulfat ionlariga 
belgilangan ruxsat etilgan me’yor (500 mg/l gacha) darajasidan 11,44 baravar kam ekanligini 
alohida qayd etib o’tmoqchimiz.
Xuddi shu hududdan olingan 6–15 m chuqurlikkacha bo’lgan yer usti suv manbalariga yaqin 
bo’lgan quduq suvlarining mineral tarkibidagi ko’rsatkichlar esa kutilgan talablarga javob bermaydi 
va bunday suvlar ichishga yaroqsiz hisoblanadi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish