KOMPYUTER TARMOQLARI (MA’RUZA MASHG’ULOT)
Oybek Primqulov
17-Talabalar mustaqil o'rganishlari uchun qo'shimcha savol va topshiriqlar
1-
Global kompyutyer tarmog`i. Internetning yaratilish tarixi.
1838 – birinchi tyelyegraf yaratildi.
1943 – birinchi kompyutyer yaratildi.
1957 – birinchi sun'iy yo`ldosh uchirildi.
1958 – ARPA – (Advanced Research Projects Agency) ilg`or izlanishlar
agyentligi to’zildi.
1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi
1969 – ARPA net – 4 ta kompyutyerni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
1971 – tarmoqda 14 ta kompyutyer. FTP – File Transmission Protocol (fayl
uzatish protokoli) qabul qilindi.
1972 – Larry Roberts tomonidan elyektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.
Ko’p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan ko’rinishdagi tarmoqlarni qurish
imkoniyatlari mavjud bo’lavermaydi. Shuning uchun lokal tarmoqlarni o’zaro
bog’lash uchun o’sha joyda bor bo’lgan aloqa kanallaridan ham foydalanishga to’g’ri
keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi
xillarini ko’rsatish mumkin:
1.Alohida ajratilgan kanallardan foydalanuvchi global tarmoqlar.
2.Kanallarni kommutasiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
3.Paketlarni kommutasiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
Quyida paketlarni kommutasiyalash asosida ishlovchi global tarmoq-larning
ko’rsatgichlari keltirilgan. Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan
territorial tarmoqlar ikkita katta kategoriyaga bo’linadi:
1.Magistral tarmoqlar.
2.Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish
tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning
kata bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini
ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda ko’p
sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish qobiliyati
ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi.
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, kata
bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona
markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi. Odatda
bunday tarmoqlar sifatida – telefon tarmoqlari, ISDN va Frame Relay tarmoqlari
ishlatiladi.
© D.R. Raxmatov 2020