Мақола ва тезислар номи


  FIZIKA FANIDAN “SUYUQLIKNING XOSSALARI, SIRT TARANGLIK”



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 


516 
FIZIKA FANIDAN “SUYUQLIKNING XOSSALARI, SIRT TARANGLIK” 
MAVZULARIDA INNOVATSION YONDASHUV VA FANLARARO BOG’LANISH 

Nabiyeva N.Q. 
 Buxoro viloyat Buxoro tuman XTBga qarashli 
15-umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi 
Annotatsiya
: Fizika fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan 
fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish 
orqali o’quvchilarning dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, 
tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini 
kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo’jaligidagi amaliyotda qo’llanilishi kerak. Suyuqlikning 
xossalari, sirt taranglik kuchini asl mohiyatini tushuntirish va ta’lim sifatini ya’ni ushbu mavzularni 
innovatsion usullar yordamida yoritib berish bugungi kun o’qituvchisi oldida turgan dolzarb 
masalalardan biridir. 
To develop students’ ability to reason and think philosophically, to understand physical 
processes in nature and technology, to provide fundamental knowledge of physics on the basis of 
general secondary education in physics, to explain physical phenomena and physical phenomena in 
a scientific manner, practical knowledge of physics should be used in everyday life and in the 
practice of national economy. Explaining fluid properties, the true nature of surface tension, and 
highlighting the quality of education, such as innovative ways of teaching, is one of the most 
pressing challenges facing today’s teacher. 
Развить у студентов способность мыслить и философски мыслить, понимать 
физические процессы в природе и технике, предоставлять фундаменталные знания по 
физике на основе общего среднего образования по физике, объяснять физические явления и 
физические явления в научной манере, его следует использовать повседневной жизни и в 
практике народного хозяйства. Объяснение свойств жидкости, истинной природы 
поверхностного натяжения и акцентирование внимания на качестве образования, таких 
как инновационные способы обучения, является одной из самых насущных проблем, стоящих 
перед современным учителем. 
Molekulyar fizikani o’qitishda asosiy masalalardan biri o’quvchilarning modda tuzilishi va 
issiqlik hodisalari haqida olgan bilimlarini yanada kengaytirishdan, ularning bu bo’limlarga oid 
dastlabki tasavvurlarini ilmiy tushunchalar darajasiga ko’tarihdan iborat. Mexanikani o’rganishdan 
molekulyar fizikani o’rganishga o’tish o’quvchilarning olamni to’g’ri tushunishlarida muhim 
bosqich hisoblanadi. Ana shu bosqichda o’quvchilarga mexanika bilan molekulyar fizikani 
o’rtasidagi muhim farqni mazmuni va mohiyati jihatidan aniq anglay bilishga o’rgatish lozim. 
O’quvchilarni hayotga to’g’ri tayyorlash, politexnik ta’limni amalga oshirish va o’quvchilarni kasb 
tanlashga to’g’ri yo’naltirish, ular ongida ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish va shu kabi 
masalalar umumta’lim maktablari oldida turgan asosiy masalalar hisoblanadi. 
Qattiq jismlardan farqli ravishda tashqi ta’sir natijasida o’z shaklini oson o’zgartirgan oqa 
oladigan moddalar oquvchi moddalar deyiladi. Suyuqliklar va gaz kabi oquvchi moddalar qaysi 
idishga solinsa, o’sha idishning shaklini oladi. Suyuqliklar aniq shaklga ega bo’lmasa ham aniq 
hajmga ega. Suyuqlik molekulalari orasidagi ta’sir kuchlari suyuqlikning aniq shaklga ega 
bo’lishini ta’minlamasa ham, ularning aniq hajmga ega bo’lishini ta’minlaydi. Suyuqliklarda biror 
kuch ta’sir qilganda suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchi itarish kuchiga aylanadi va 
suyuqlik molekulalarini bir-biriga yaqinlashtirib bo’lmaydi. Suyuqliklarning siqilishi yo’q deydigan 
darajada kichikdir. Moddaning eng tartibsiz holati bo’lgan gazlarning oquvchanligi juda yuqori. 
Gazlar siqiladigan oquvchi moddalar ham deyiladi. Qattiq jismlar va suyuqliklarda nisbatan yuqori 
energiyaga ega bo’lgan gazlar kichik ta’sir natijasida ham shaklini o’zgartiradi. 
Oquvchi moddalarning oqishi yoki tinch turishi kundalik hayotda ko’p uchraydi. Yomg’irning 
yog’ishi, tuproqdagi suvning daraxt kapilyarlarida yuqoriga ko’tarilishi kabi hodisalar oquvchi 
moddalarning xossalari orqali tushuntiriladi. Agdeziya, kogeziya, sirt tarangligi va kapilyarlik 


517 
hodisalari suyuqliklarning xossalari hisoblanadi. Yuvilgan kiyiklarga qaralganda ichidagi suv 
ko’rinmaydi, ammo kiyim siqilganda suv molekulalari bir-biriga birikib, tomchilar hosil qilib oqadi. 
Tomchilar suv molekulalari orasidagi tortishish kuchi sababli hosil bo’ladi. Kiyimning siqilishiga 
qaramasdan namli qolish sababi esa to’qimalarda ushlanibqolgan suv molekulalaridir. Bir xil va 
faqli tur molekularning bir-biriga ta’siri adgeziya va kogeziya deyiladi. 
Farqli modda molekulalarining bir-biriga yopishishiga sabab bo’lgan tortishish kuchiga 
adgeziya (yopishish) deyiladi. Masalan, yuvilgan stakan sirtida suv tomchilari hosil bo’lgan 
adgeziya natijasida suv tomchilari stakanga yopishadi. Yomg’ir natijasida oynalarning, 
mashinalarning, sochlarning ho’llanishi, guldagi yoki yaproqdagi suv tomchilarining yopishishi 
kuchlari natijasida yuzaga keladi 
Farqli turdagi moddalarning atomlari va molekulalari orasida bo’lgani kabi bir moddaning 
o’z atomlari va molekulalari orasida ham tortishish kuchi bordir. Bir modda atomlarining yoki 
molekulalarining orasidagi tortishish kuchiga kogeziya (bir-birini ushlash) deyiladi. Ho’llamaslik 
hodisasi qattiq jismlarda yuqori, suyuqliklarda kichik, gazlarda esa yo’q deydigan darajada kichik. 
Kogeziya moddaning turiga ko’ra o’zgaradi. Suv molekulalari orasidagi kogeziya, simob 
molekulalari orasidagi kogeziyadan kichikdir. Simob qaysi sirtga tushsa ham shar shaklini oladi. 
Yomg’ir tomchilari esa shar shaklida bo’lsa ham yerga tushganda yoyilib, shar shaklini yo’qotadi. 
Buning sababi simob molekulalari orasidagi bir-birini ushlab turish kuchidan kattaligidir.
1-masala.Quyida berilgan hodisalarning qaysilari adgeziya yoki kogeziya bilan bog’liq? 
I.Yomg’irlarda sochimizning ho’l bo’lishi 
II.Suyuqlik tomchilarining hosil bo’lishi 
III.Changning yuzimizga yopishishi 
IV.Asalning qoshiqqa yopishishi 
V.Jo’mrakdan suvning oqishi 
Yechimi. Adgeziya farqli turdagi modda molekulalarining bir-biriga tortishishi bo’lgani 
uchun I,II,III adgeziya natijasida sodir bo’ladi. Kogeziya bir modda molekulalarining bir-biriga 
tortishish bo’lgani uchun II,V kogeziya natijasida sodir bo’ladi. 
Suv sirtida Suv sirtida yurish va suvdan quruq chiqish insonlar uchun imkonsiz bo’lsa ham 
ba’zi jonzotlar uchun bular tabiiy hodisalardir. Suv bilan liq to’la bir stakanga yuqoridan qaralganda 
suv sirtining elastic parda kabi egilganligini ko’rish mumkin. Turg’un suyuqliklar sirtining 
molekulalari orasidagi tortishish kuchining ta’sirida elastik parda kabi ko’rinishiga sirt tarangligi 
deyiladi. Stakandagi suv molekulalari orasidagi tortishish kuchi(kogeziya), suv sirtida ta’sir qilgan 
havo molekulalari orasidagi tortishish kuchidan (adgeziya) kattaroq bo’lgani uchun suv sirti 
tortilgan parda kabi ko’rinadi. Bu farq sirt tarangligini vujudga keltiradi. Stakandagi suv sirt 
tarangligining ta’sirida to’kilmasdan tursa, bir tomchi suv qo’shilganda elastic shakl buziladi va 
suyuqlik stakandan toshadi. 
Molekulalar orasidagi kogeziya katta bo’lgan suyuqliklarningsirt tarangligi ham katta bo’ladi. 
Suv molekulalari orasidagi kuchli ta’sirdan sababli bir qancha suyuqlikka nisbatan yuqori sirt 
tarangligiga ega. Bu tortishish kuchi natijasida molekulalar bir joyga to’planishga va eng kichik 
sirtni hosil qilishga harakat qiladi. Teng hajmli geometrik shakllar orasida eng kichik sirtga ega jism 
shar bo’lgani uchun suv tomchilari shar shaklini oladi. Shar shakliga ega bo’lgan suv tomchisining 
jo’mrakda osilib turishi adgeziya kuchining ta’sirida sodir bo’ladi. Tomchining og’irligi jo’mrak 
bilan tomchi orasidagi adgeziya kuchidan katta bo’lsa, tomchi jo’mrakdan uziladi. 
2-masala. Ikki idishda tuzli va toza suvga bir xil ingichka nay botirildi. Bu naylardagi suv 
balandliklari orasidagi munosabat qanday bo’ladi? 
Yechish: Tuz suvning sirt taranglik koeffitsiyentini orttiradi. Shuning uchun tuzli suvning sirt 
taranglik koeffitsiyenti suvning sirt taranglik koeffitsiyentidan katta bo’ladi. Bu sababdan tuzli 
suvning naydagi balandligi toza suvga nisbatan pastroq bo’ladi. 
Mazkur mavzuni o’tishda o’quvchilarga chuqur va mustahkam nazariy bilim berish ularning 
bu tushunchaga oid olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta bilishlariga ham e’tibor berish lozim. Shu 
boisdan o’qituvchi diqqatiquyidagi masalalarni hal qilishga ham qaratilishi kerak. 


518 
1)
O’quvchilarning tabiatshunoslik, botanika, geografiya fanlaridan olgan bilimlari va hayotiy 
tajribalarga asoslanib, ular ongida agrofizika va biofizikaga doir bilimlar hosil qilish hamda 
ularning o’quv malakalarini rivojlantirish. 
2)
O’qishni amaliy ish bilan bog’lovchi qishloq xo’jaligiga oid fizik tajribalar o’tkazish, shu 
asosda o’quvchilarni turli qishloq xo’jalik kasblari va bunda uchraydigan fizikjarayon hamda 
qonuniyatlar bilan tanishtirish. 
Bularni amalga oshirish uchun esa fizik bug’lanish bilan birga biologic bug’lanish haqida ham 
tushuncha berish lozim. Bug’lanishning turmushda, tabitda qanday ahamiyat kasb etishi haqida ham 
to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, qishloq maktablarida tuproq temperaturasining 
o’simliklar va tuproq orqali suvning bug’lanish intensivligiga bog’liq bo’lishi, bug’lanishga sarf 
bo’ladigan issiqlik miqdori va shular asosida tuproq temperaturasini o’zgartirish usullari kabi 
masalalarni ko’rib o’tish foydalidir. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish