Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
J. M. Hecht. 
The End of the Soul: Scientific Modernity, Atheism, and Anthropology in 
France
. New York: Columbia University Press, 2005


368 
2.
Alphonse Bertilon 1882 -yilda
«Ethnographie moderne» (Parij-1883)

3. S.I.Ismoilov Toshkent -2005.’’Endokrinalogiyadan tanlangan ma’ruzalar’’.
4. Qodir Inomov, Manzura G’aniyeva. Toshkent-2008. (qayta nashri)’’Pediatiyada 
Hamshiralik ishi’’.
5. Q.S.Inomov. Toshkent-2015.’’Hamshiralik ishi asoslari’’.
6. H.I. SHukurov, S.Q.,Qanoatov. Toshkent-2011.’’Jamoada Hamshiralik ishi’’.
7. Azamjon Qosimov Toshkent-2003. ‘’Tibbiy terminlar izohli lug’ati’’2- nashr.
8. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Tibbiy Ta’limni Rivojlantirish 
Markazi Respublika Ixtsoslashtirilgan Pediyatiriya Ilmiy-amaliy tibbiy markazi Toshkent Pdiatriya 
Tibbiyot Instituti. Toshknt- 2013 “O’g’il bolalarning o’sishini baholash va kuzatish hamda 
ko’rsatkichlarni bolalarning rivojlanish tarixiga kiritish”. 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O'QISH FANLARINI TASHKIL ETISHDA 
ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT-KOMMUNIKASIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI 
 
Karimova F. 
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi. 
Mustaqil O‘zbekistonda yosh avlodning bilish faoliyatini shakllantirish va uzluksiz 
rivojlantirib borishning maqsad-vazifalari, mazmuni va metodlarini o‘rganib borish, ilmiy 
pedagogik asoslarga tayangan holda olib borilishi o‘z navbatida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, 
ularda bilimni egallash faolligi, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirish masalalariga bog‘liq. .
Boshlang‘ich ta’limda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilar faolligini oshirishga, 
bilim olishga ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga olib kelmoqda. Shuningdek, 
pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga 
yordam beradi, jamoa bilan ishlash mahoratini shakllantirib ularda turli vaziyatlarda mustaqil qaror 
qabul qilish mahoratini shakllantiradi, o‘z faoliyatining natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi, 
muammolarga diqqatni jamlay olish, o‘z bilimlarini yangi sharoitlarda, yangicha vaziyatlarga 
ko‘chirish malakasini shakllantirishga yordam beradi. 
O‘z kasbini sevgan o‘qituvchi avvalo o‘z fani hamda yondosh fanlar bo‘yicha chuqur bilimga 
hamda yuksak pedagogik mahoratga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Bunda boshlang‘ich sinflarda 
o‘quvchilarining o‘quv –biluv faoliyatini shakllantirib, rivojlantirib borishda o‘qituvchilar 
ta’limning innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni qiziqarli tashkil etishlari 
muhim ahamiyat kasb etadi 
O‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchilarga bera olishi, ularda bilim olishga intilishni uyg‘ota 
olishi, darslarda bolada mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirish va undagi qobilyatlarni 
rivojlantira olishi kerak. Buning uchun oq‘tuvchi darslar davomida pedagogik ta`sir ko‘rsatish 
usullaridan unumli foydalana bilishi lozim. Darsda eng avvalo o‘qituvchining asosiy tayanchi 
darslik va o‘quv dasturidir. Darslikda berilgan mavzularning o‘quchilar tomonidan qanday 
o‘zlashtirishi kerakligini belgilovchi me’yor davlat ta’lim standatlari hisoblanadi. Boshlang‘ich 
ta’lim darsliklariga kiritilgan o‘quv materiallari o‘quvchilar ehtiyojini ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-
tarbiyaviy tomondan qondirishga moslangan holda tuzilgan. O‘qituvchi darslik materiallarini 
o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirishlari uchun darsning ta’limiy maqsad va metodlarini 
pedagogik talablar asosida tashkil etishi lozim. Darsliklardagi mavzularni o‘tishda o‘qituvchi 
mavzu yuzasidan nazariy ma’lumotlarni birdan o‘quvchiga tushuntirmasdan avval bolalarni 
mushohada qilishga chorlaydigan savol va topshiriqlar ham interfaol usullarga asoslangan
Bugun zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikaciya texnoligiyalaridan xabardor 
bo‘lmagan o‘qituvchining o‘zi bo‘lmasa kerak. Buning uchun o‘qituvchi dasturga kiritilgan va 
darsliklarda berilgan materiallar bilan cheklanmay, o‘rganiladigan mavzuga yondosh qo‘shimcha 
materiallarni bilishi, har bir mavzuni o‘tishda uning tarbiyaviy a hamiyatini ham hisobga olib, o‘ 


369 
quvchilarning bilim-saviyasini va ularning o‘ziga xos shaxsiy psixologik xususiyatlarini, qiziqishi 
va dunyo qarashlarini ham nazarda tutisha lozim. Bunda darsning rejasini tuzayotganda o‘qituvchi 
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnoligiyalarni darsda o‘rinli qo‘llashni ham 
nazarda tutushi kerak.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, boshlang‘ich ta’limga pedagogik texnologiyalarni tatbiq 
etish ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshirib o‘quvchilarning bilim olishga intilish 
motivlarini rivojlantirmoqda. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish 
uchun, avvalo, darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda 
o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmani egallash jarayonidagi faoliyati 
doirasini aniq belgilab olishi lozim. Bunda ko‘proq interfaol usullarga e’tiborni qaratish ta’lim 
samaradorligini oshiradi. 


Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish