Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
 
Автомобиль йўллари қурилишини ташкил қилиш ва унинг технологияси 
асослари. 
Ш.А. Ахмедов, А.Д. Қаюмов, Б.Д. Салимова, Р.М. Худайқулов. Дарслик. ЎзР. 
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. ТАЙИ. ‹‹IQTSOD-MOLIYA››. 2014. 300 бет.
 
2.
 
ШНҚ 2.05.02-07 
“ Автомобиль йўллари ”
 
3.
 
ҚМҚ 2.05.11-95 
“ ВНУТРИХОЗЯЙСТВЕННЫЕ АВТОМОБИЛЬНЫЕ ДОРОГИ В 
КОЛХОЗАХ, 
ДРУГИХ 
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ 
ПРЕДПРИЯТИЯХ 
И 
ОРГАНИЗАЦИЯХ ” 
4.
 
https://www.uzavtoyul.uz
 
5.
 
https://www.mintrans.uz
 
6.
 
https://www.lex.uz
 
 
 
“AL-ISLOH” JURNALIDA ADABIYOT MATERIALLARINING YORITILISHI VA 
MATN XUSUSIYATLARI
Gulobov A.N. 
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti 
 
Annotatsiya

Ushbu maqolada jadid matbuotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
״
Al-Isloh
״
jurnali 
haqida fikr-mulohazalar keltirildi. 
Kalit so‘zlar

jurnal, she’r, nasr, matbuot, jadidchilik
Ota-bobolarimizning asrlar davomida toʻplagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy 
qarashlarini oʻzida mujassam etgan bu nodir qoʻlyozmalarni jiddiy oʻrganish davri keldi.” 1915-
1918-yillarda nashr etilgan “Al-Isloh” jurnali ham ana shunday manbalar sirasiga kiradi. 
Maʼlumki, XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadidchilik harakati oʻziga xos 
mavqega ega boʻlgan. Unga muayyan maʼnoda muxolif sanalgan “qadimchilik” ham ijtimoiy 
zaminiga, faol harakatda boʻlgan kuchlariga ega edi. Jadidchilik harakatining gʻoya va fikrlari XX 
asr 10-yillaridan soʻng “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Fargʻona”, “Buxoroyi sharif”, “Turon”, 
“Samarqand”, “Hurriyat” kabi gazetalarda, “Oyna” jurnalida aks etgan boʻlsa, qadimchilarning 
qarashlari maʼlum darajada “Al-Isloh”, “Al-Izoh” jurnallarida oʻz ifodasini topgan, tarzidagi 
qarashlar mavjud. “Al-Isloh”ga oid bu fikrning haqiqatga qanchalik muvofiqligi haqida uning 
barcha sonlarini tadqiq etish asosida xulosa chiqarish ilmiy va mantiqiy jihatdan toʻgʻri ekani 
shubhasizdir. Ayni zamonda, mazkur manbani sinchiklab oʻrganish jadidlar bilan qadimchilar 
munosabatining mohiyati nimadan iborat boʻlganini aniqlashga ham muayyan darajada 
koʻmaklashadi. 
“Al-Isloh” jurnali Turkiston xalqlari tarixining murakkab davrida nashr etilib turdi. Birinchi 
jahon urushi, Turkistonda mardikorlikka olish siyosati va unga qarshi mahalliy xalqning ommaviy 
chiqishlari, fevral va oktyabr toʻntarishlari, Turkiston muxtoriyatining yuzaga kelishi va yoʻq 
qilinishi, shoʻrolar tuzumining oʻrnatilishi va sekin-asta kuch ola borishi, yangicha mustabidlik 
koʻrinishiga qarshi mahalliy aholining qoʻzgʻalishi — bular “Al-Isloh” nashr etilgan davrdagi yirik 
ijtimoiy hodisalar boʻlgan. Jurnalning mana shu turfa hodisalarga nisbatan tutgan pozitsiyasini 
belgilash ham eng yangi tariximizning mukammalroq yoritilishiga koʻmak beradi. 
Mazkur jurnalda milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti namoyandalarining turli janrlarga 
oid asarlari bosilgan. Ularning aksariyati hamon adabiy jamoatchilik eʼtiboridan chetda qolib 
kelmoqda. Shu bilan birga, jurnal sahifalarida ham bevosita, ham bilvosita adabiy-estetik fikrlar 
yuzasidan munozaralar boʻlgan. Bu qarashlarni tadqiq etish va ulardan chiqadigan xulosalarni 
umumlashtirish adabiyotshunosligimiz uchun muhim ahamiyatga molikdir. 


244 
Jadidchilik davlat, tuzum, boshqaruvni isloh qilish va millatga oʻzligini anglatish orqali, 
umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qoʻygan, shunga doir 
gʻoyalarni mujassamlashtirgan harakat ekanligi maʼlum.
Kun tartibiga qoʻyilgan asosiy muammolarni hal etishda jadidlar matbuotni asosiy vosita deb 
bildilar. Ular matbuot vositasida millat ravnaqiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etish, 
mutaraqqiy millatlar darajasiga yetish mumkinligiga qattiq ishondilar. Shu bois matbuot faollasha 
bordi. Yangi adabiyot, sanʼat va shu kabi sohalar rivojida matbuot asosiy omil boʻlib xizmat qilishi 
hayotiy ehtiyojga aylandi.
Aslida ham, maʼrifatparvar jadidlarning maqsadi taraqqiyotga toʻsiq boʻlayotgan 
muammolarga, millatni tanazzul girdobiga tortayotgan illatlarga qarshi kurashishda matbuotdan 
foydalanish edi. Bu davrdagi boshqa nashrlar singari “Al-Isloh” jurnalida ham Turkistonning 
mustamlaka holatiga tushish sabablari, xalqning ogʻir iqtisodiy ahvoli haqida maqolalar eʼlon 
qilindi. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari darajasiga koʻtarilish zarurati kun tartibiga qoʻyildi. 
Jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu inqirozli holatdan chiqish yoʻllarini izlab 
topish ehtiyoji publitsistikaning bosh mavzuiga aylandi. 
Yangi adabiyot yuzaga keldi. Professor B.Qosimov bu davr adabiyoti matbuot bilan 
chambarchas bogʻliq holda rivojlanganini taʼkidlaydi. Toshkentda oʻtgan asrning 10-yillarida 
“Sadoyi Turkiston” (1914, muharriri Ubaydulla Xoʻjayev), Fargʻonada “Sadoyi Fargʻona” (1914, 
muharriri Obijon Mahmudov), “Tirik soʻz” (1915, muharriri Obijon Mahmudov), Buxoroda 
“Turon” (1913) kabi gazetalar qatori Toshkentda “Al-Isloh” jurnali (1915-1918) chiqib turganini, 
“adabiy kuchlar koʻproq ana shu gazeta-jurnallar atrofida uyushgan”ini qayd etadi . 
Abdulla Avloniy til va adabiyotni “Millat oynasi” deb ataydi. Mirmuhsin Shermuhamedov 
“Qani zamonagʻa munosib milliy sheʼrlar maydonga chiqsun” degan fikrni oʻrtaga tashlaydi, 
anʼanaviy sheʼriyatdagi ishq mavzui ijtimoiy voqelik talqini bilan oʻrin almashadi. Siddiqiy-Ajziy 
maʼrifatga muhabbat eʼlon qiladi. Maʼshuqaning anʼanaviy sifatlarini maʼrifatga koʻchiradi. 
Maʼlumki, adabiy muhit, jarayon XX asr boshlarida milliy matbuotda, gazeta va jurnallar, 
kitob va risolalarda aks etdi. Oʻsha davr oʻzbek milliy matbuotining nufuzli nashrlaridan boʻlgan 
“Al-Isloh” jurnalining adabiy manba sifatidagi xizmati katta ekanini taʼkidlash kerak. 
XX asr boshidan to 20-yillarning oʻrtalarigacha boʻlgan davr oʻzbek xalqining ijtimoiy 
hayotida oʻzining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Bu davrda ilm-maʼrifatni, maktab-madrasalarni joʻshqin targʻib qilish, ijtimoiy hayotning 
hamma sohalarida oʻzgarish yasash uchun kurashish oʻlaroq kun tartibiga chiqdi. Tabiiyki, 
jamiyatning keng qatlamlarida sodir boʻlayotgan bu uygʻonish harakatining boshida maʼrifatparvar 
jadidlar turdilar. Ular yangicha tafakkur, yangi dunyoqarash shakllanishi uchun oʻz ijodiy va amaliy 
faoliyatlari bilan kurashdilar. Adabiyot ana shu kurashda asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Professor 
B.Qosimov taʼbiri bilan aytganda: “Bu adabiyot mohiyatan yangi adabiyot edi. Chunki u 
qarashlarni yangiladi, oʻzlikni qaytardi” . “Al-Isloh”da nashr etilgan adabiyot materiallari bu fikrni 
tasdiqlaydi. 
Jurnalning 1915-1918-yilgi sonlarida 101 ta adabiyot materiallari bosilgan. Bularning 
aksariyati nazmiy asarlardir. Shu yillari nashr etilgan 101 asardan 74 tasi sheʼriy, qolgan 27 tasi esa 
nasriy asarlar ekani buning dalilidir. 
“Al-Isloh”da chop etilgan sof adabiy asarlar tasnifiga oʻtishdan avval, taʼkidlash kerakki, bu 
adabiyot namunalarining barchasi ham yuksak badiiyat talablariga javob bera olmaydi. Binobarin, 
jadid adabiyoti haqida yozar ekan, professor B.Qosimov bu xususiyatni alohida qayd etgan edi: “Bu 
adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga koʻra u qadar yuksak emas, gʻoyalar yaydoq beriladi. 
Yalongʻoch daʼvat va chaqiriqlar, shiorbozlik koʻzga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 
20-yillar boshidagina toʻlaqonli adabiyotga aylandi” . 
Shu maʼnoda, “Al-Isloh” jurnalidagi adabiyot materiallarni badiiy saviyasiga koʻra ikki 
guruhga tasnif etish mumkin. Birinchisi, gʻoyaga birlamchi ahamiyat berilgan asarlar, ikkinchisi, 
yuksak badiiyat namunalari. 


245 
Taʼkidlanganidek, jurnalda nashr etilgan adabiyot materiallari orasida salmoq jihatdan sheʼriy 
asarlar yetakchi oʻrinda turadi. Jurnaldagi sheʼriy asarlarni mavzuiga koʻra quyidagicha tasnif etish 
mumkin: 
a) maʼrifiy sheʼrlar;
b) diniy sheʼrlar; 
v) ijtimoiy-siyosiy sheʼrlar; 
Birinchi guruhga oid sheʼrlar: “Koʻrmadim”, “Ittifoq xususinda”, “Islohi tadris haqinda”, 
“Milliy aloqa”, “Mubashshirxondan muxammas”, “Isloh haqinda”, “Bahor”, “Turkiston shoirlarina 
xitob”, “Kamiydin Toshxoʻja Asiriygʻa marsiya”, “Taassuf”, “Tanbeh”, “Tashviqot”, “Azmiydan 
tashakkur”, “Mana sheʼriy javob”, “Ochiq haqiqat”, “Taʼlim darkor”, “Saxiylarkim”, “Zaruratdin”, 
“Taʼlimi isloh”, “Munosib zamon”, “Hayratiydin muxammas”, “Vasliydin Toshxoʻja Asiriyga 
marsiya”, “Javhariydin Asiriyga marsiya”, “Mirza Ahmaddin sheʼr”, “Ibratdin “Isloh”ga izhori 
tashakkur”, “Baxtsiz millat” va shu kabilar.
Bu singari sheʼrlarning deyarli barchasi maʼrifatga targʻib etuvchi asarlardir. Maʼrifat milliy 
uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining bosh mavzusi ekani ayon. Bu oʻsha zamon bilan uning millat 
oldiga qoʻygan muammolari inʼkosidir. Binobarin, maʼrifatga targʻib etish oʻsha davr sheʼriyatinig 
yetakchi xususiyati edi.
Ikkinchi guruhga doir sheʼrlar: “Mavludi sharif”, “Munojot”, “Hijob xususinda”, “Tasattiri 
nisvon”, “Tajvidi Qurʼon”, “Mavludi sharif haqinda”, “Diniy muxammas”, “Ochiqlik”, “Xoibdin 
hijob toʻgʻrisinda”, “Ulamodin emas, shoirdin Toʻlagan Xoʻjamyorovga sheʼriy javob” va hokazo. 
Uchinchi guruhga oid sheʼrlar: “Hurriyat haqinda”, “Hurriyat”, “Muhtaram Shoʻro 
idorasigʻa”, “Zamona ahvoli”, “Hurriyat zamonasi”, “Turkiston idoralariga”, “Ishchi talab qilmoq” 
va hokazo. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish