Мақола ва тезислар номи


BAXTIYOR NAZAROV IQTIDORLI SHE’RSHUNOS SIFATIDA



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

BAXTIYOR NAZAROV IQTIDORLI SHE’RSHUNOS SIFATIDA 
 
Boltaboyev O.Y. 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti 
 
Annotatsiya: 
Maqolada filologiya fanlari doktori, professor, O’zR FA haqiqiy a’zosi Baxtiyor 
Aminovich Nazarovning adabiy-estetik qarashlari tahlilga tortiladi. Unda olim she’r ruhiyati va 
ijod psixologiyasi, badiiy nutq va adabiy talqin o’ziga xosligi, muallif pozitsiyasi va lirik qahramon 
to’g’risidagi nazariy mushohadalarga munosabat bildiriladi. Ayniqsa, munaqqid qalamiga mansub 
"Bu sehrli dunyo" (1980) va "Hayotiylik –bezavol mezon" (1985) risolalarida aks etgan she’r 
haqidagi ilmiy kuzatishlar umumlashtiriladi. 
Kalit so’zlar: 
Baxtiyor Nazarov, she’r ruhiyati, ijod mas’’uliyati, badiiy nutq, lirik subyekt, 
tasvir obyekti, adabiy talqin,
 
rivoya texnikasi, poetik mahorat va estetik mezon. 
XX asrning 50-yillari adogí, 60-yillar avvalida adabiy tanqid maydoniga ilgór fikrli, yangicha 
nazariy-estetik qarashlarga mayl ko’rsatgan, amaldagi badiiy tizimni isloh qilish hissini tuygan 
avlod kirib keladi. Bir tomondan, mafkura va siyosat ancha yumshagan pallada mustaqil fikrlash 
malakasi jonlanishini hayotning o’zi ehtiyoj qilib qo’ydi. Adabiy-madaniy sharoitga faol aralashgan 
olimlar orasida Baxtiyor Nazarov ham bor edi. Uning "Badiiy asarda peyzaj" nomli mo’jaz ilmiy 
maqolasi (Toshkent oqshomi, 1967, 21-iyun) darhol adabiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Muallif 
kichik tadqiqotda hikoyada qahramon xarakterini tasvirlash tamoyillari xususida mushohada 
yuritadi. Nozik kuzatish hamda jonli mushohada omuxtalashgan nazariy talqin adabiyotshunoslik 
yaxshi mutaxassis hisobiga boyiganligini dalolatlaydi. Akademik Matyoqub Qo’shjonov e’tiboriga 
tushgan ilmiy talqin keyinchachilik ularni ustoz-shogirdlik maqomiga ko’tardi. 
Filologiya fanlari doktori (1983), professor (1985), O’zR FA haqiqiy a’zosi (1989) Baxtiyor 
Aminovich Nazarov qariyb 55 yildan buyon adabiy tanqidchilik sir-asrorlarini tadqiq qiladi. Hassos 
shoir va zukko munaqqid sifatida mutaxassis ilmiy merosi katta qismini she’r ruhiyati, badiiy nutq 
hamda adabiy mahorat masalalari tashkil etadi. Adabiyotshunos-olim ilmiy talqiniga nazar 
tashlansa, quyidagi jihat bo’rtib ko’rinadi: birinchidan, tanqidchi murojaat qilgan asarlar badiiylik 
mezonlari nuqtayi nazaridan mukammal, joriy holat mutaxassis ilmiy ta’bi yuksakligini 
dalolatlaydi, ikkinchidan, munaqqid ilmiy talqini ko’p qirrali va turli-tuman muammolarni qamrab 
olishi bilan e’tiborni tortadi, uchinchidan, olim nazariy kuzatishlarida tahlil malakasi góyat yuqori 
ekanligi seziladi, to’rtinchidan, filologik tajribada ilmiy-nazariy hamda o’quv-uslubiy faoliyat bir-
birini to’ldiradi. 
"Dadil aytish mumkinki, Oybek ijodiy faoliyatida yangi yo’nalishdagi o’zbek milliy 
adabiyotigina emas, bu adabiyot estetik prinsiplarining shakllanish jarayonlari ham yorqin aks 
etuvchi siymo hisoblanadi. Oybek O’zbekiston tarixiy-adabiy jarayoniga bir vaqtning o’zida ham 
shoir, ham tanqidchi sifatida kirib kelar ekan, ijodiy faoliyatining oxirigacha bu yo’nalishlarda sobit 
turishdan tashqari, o’zini o’zbek adabiyotining sho’ro davrigacha bo’lgan va undan keying davri 
tarixining bilimdoni sifatida ham namoyon eta oldi. Shu ma’noda, B.Nazarov birinchilardan bo’lib 
yangi yo’nalishdagi o’zbek realistik adabiyotining boshlovchisi va yaratuvchisi Oybekning ana shu 
ilmiy-tanqidiy merosini maxsus o’rganishga kirishganini olqishlamoq kerak. Bunday ish yangi 
bosqich o’zbek adabiyoti va adabiy tanqidi tarixini yaratishdan tashqari, adabiyotshunoslik ilmimiz 
va yangi prinsiplar asosidagi badiiy adabiyotimiz yutuqlarini yanada mustahkamlash uchun ham 
kerak " [2, 5] – yozadi akademik Izzat Sulton. O’z ilmiy faoliyatini Oybek ijodini tadqiq qilish bilan 
boshlagan B.Nazarov badiiy-ilmiy tafakkurni yaxlitlikda tekshirishni maqsadga muvofiq deya 
hisoblaydi. Uning nazdida, shoir ijodiy fenomenini "jo’shqin hayot, buyuk yangiliklar, ulkan 
muvaffaqiyatlar , ko’p asrlik sharq va o’zbek adabiyotining progressiv an’analari" [4, 56] 
belgilaydi. Shoir qalamiga mansub "Tovushim" (1928) she’rini tahlil qilish asnosida olim estetik 
mezonlar hamda badiiy mahorat sintezi ijodkor fitratini boshqarishiga e’tibor qaratadi. Munaqqid 
to’g’ri qayd qilganidek, shoir ijodi ilk bosqichida ijtimoiylik belgilari yorqin namoyon bo’ladi. 
Darhaqiqat, ijodkor ifoda uslubini "ham ilmiy, ham badiiy iste’dodi"ni nazardan soqit qilmaslik 


221 
darkor! Zero, risola muallifi har bir adib ijodiy kredosini "estetik tamoyillar, estetik góya va estetik 
ideal" tayinlashini e’tirof etishi obyektiv xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. Chunonchi, 
g’oyaviylik yetakchi mezon sifatida belgilangan sharoitda badiiylik tamoyillariga e’tibor berish 
yangi ilmiy qarashlar shakllanishiga turtki beradi. B.Nazarov Oybek ijodida uchraydigan ba’zi 
xatolarni xolis ko’rsatib o’tadi. 
"60-70-yillardan e’tiboran Shukrullo poeziyasida zamon va zamondoshimiz, Vatan va 
vatandoshimiz ruhida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni inson qalbi kechinmalari orqali kuylash 
tendensiyasining yangi bosqichga ko’tarilganini ko’ramiz. Bu jarayon uning ayniqsa "Inson va 
yaxshilik", "Inson inson uchun", "Yulduzlar", "Suyanchiq", "Yashagim keladi" nomli she’riy 
to’plamlaridagi asarlarida yorqin namoyon bo’ladi" [4, 92]. Tahlil jarayonida muallif adabiy-
madaniy hayotda ma’naviy sog’lomlashuv jarayoni boshlanganini ilgáydi, o’zining ilmiy 
tafakkurini ham yangicha sath asosiga quradi. Shukrullo she’riyati estetikasi asoslarini baholagan 
olim badiiy adabiyotda inson omiliga munosabat o’zgaruvi yangicha badiiy-estetik tamoyillar qaror 
topishini kafolatlashiga ishonch bildiradi. 
"Adabiyotimiz taraqqiyotining hech qaysi bir bosqichida adabiy jarayonga 60-70-
yillardagidek yosh ijodkorlarning rang-barang, boy va baquvvat to’lqini kirib kelgan emas. Bu 
to’lqin vakillari ruboiy va sonetdan tortib, lirik poemalargacha, salmoqli dramatik dostondan tortib, 
she’riy romanlargacha, xullas poeziyaning barcha shakllarida barakali ijod qilmoqdalar. Ular o’z 
ustozlarining ilg’or an’analarini davom ettirib va yanada boyitib, adabiyotimizni ham shakl, ham 
mazmun jihatidan yanada rang-barang qilmoqdalar, adabiy-madaniy ravnaqimizni yangi bosqichga 
ko’tarishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar" [4, 127]. Iqtibosda bir nechta jihat 
e’tiborni tortadi: birinchidan, muallif adabiyotda vujudga kelayotgan ijodiy yuksalish alomatlarini 
to’g’ri ilg’aydi, ikkinchidan, kenja avlod yangi ma’naviy iqlim boshlovchilari sifatida iste’dod 
darajasini zabt etadi, uchinchidan, uslubiy-shakliy izlanishlar hajmi 60-70-yillar avlodiga bog’liq! 
Umuman, Baxtiyor Nazarov o’zbek adabiy tanqidchiligi jabhasida o’z ilmiy maktabini 
yaratgan olim hisoblanadi. Nazariy kuzatish va jonli mushohadalarda mutaxassis kuchli analitik 
sifatida namoyon bo’ladi. She’r ruhiyati, badiiy nutq tadriji, adabiy mahorat masalalarini yaxlitlikda 
baholash mayli filolog qarashlari teran va izchil, yaxlit va to’laqonli tayanchga egaligini 
dalolatlaydi. Ayniqsa, uning estetik quvvat-hofizasi "Bu sehrli dunyo" (1980) va "Hayotiylik – 
bezavol mezon" (1985) risolalarida qabarib ko’rinadi. She’r ilmi bilimdoni sifatida munaqqid hanuz 
ijod olamida hosil bo’layotgan o’zgarishlarni muntazam kuzatib boradi, munosabat bildiradi va 
xolis baholaydi. Nozik ilmiy talqinlarda shoirona iqtidor hamda olimona zako ko’zga tashlanadi. 
Muhimi, munaqqid ilmiy pozitsiyasi hamisha aniq va izchil, mantiqiy dalolatlangan hamda 
asoslangan bilim-tasavvurlarga tayanadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish