TEXNOLOGIYA DARSLARINI O‘TISH METODIKASI
Asadova Q. I.
Buxoro viloyat Buxoro tuman
48-umumiy o‘rta ta’lim maktab o’qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada bugungi kunda umuta’lim maktablarida texnologiya fanini
o‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars
jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish
usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi
asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda
tutilgan.
Kalit so’zlar:
metodlar, motivatsiya, texnologiya, mohirlik
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan ma’naviyat
qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik,
mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi
yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etishni rivojlantirish printsiplari o’zluksiz ta’limni isloh qilish, o’zluksiz
ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “Har bir
insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni
singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu
narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz
mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
O’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini
shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi mehnat, kasb-hunarlari
bilan hissa qo’shishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Undan tashqari qo’l mehnatiga o’rgatishda “Tikish va bichish”, “Pazandachilik”,
“Plastilin bilan ishlash”, “ Qog’oz va karton bilan ishlash”, “Applikattsiya va mozayka ishlari” turlari
bilan bosqichma-bosqich tanishib boradilar. Har bitta bo’lim o’quvchilarni hayotga mustaqil qilib
tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.
Yaratilgan mehnat natijalari o’ziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini ko’rgan o’quvchi
mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga
o’rganadi.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va
materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan
144
tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining mehyori va sifatiga, ish ko’rsatkichini
ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olinggan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat
narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatini
shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari
tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib
kelmasdan mashgulotlarga katnashish ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun
o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona
yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rishi lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga
jo’natmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy rivojlanish omiliga
aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat
faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi.
Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya
qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar
natijasida tarkib topadi.
Yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsni axloqiy va intellektual shakllantirish butun
jamiyatning, xususan, ta’lim tizimining eng asosiy vazifalaridan biridir. P. Podlasiy ta’kidlaganidek,
“O‘qitishning barcha sabablarini tahlil qilish imkonini beruvchi ilmiy nazariya hozircha yo‘q, shu
bilan birga, didaktik jarayonlarning borishiga kompleks ta’sir qiluvchi barcha sabablarning bir-biriga
zid bo‘lmagan manzarasini yaratishga sekin-asta, qadam-baqadam yaqinlashishdan boshqa yo‘l ham
yo‘q” . Ma’lumki, o‘qitish metodlari pedagogik amaliyotda o‘qitishning konkret modellarini amalga
oshirish vositalari hamda texnologik va pedagogik jarayonning asosiy qurilmasi hisoblanadi. M. I.
Maxmutov o‘qitish metodlarining quyidagi vazifalarini ko‘rsatdi:o‘qitish metodlari barcha darajalarda
o‘zaro ta’sir tizimining yetakchi
bo‘g‘inlarini ajratib ko‘rsatadi (o‘quvchi — o‘quvchi, o‘qituvchi —
o‘quvchilar guruhi va shu kabilar); o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilish vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi; o‘qituvchi faoliyati uslublarining tizimini aniqlab beradi;
o‘quvchilarning o‘quv
faoliyati usullari tizimini shakllantiradi;
o‘quvchilar jamoasiga va alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy
ta’sir
vositasi hisoblanadi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish muammosi ko‘pgina olimlarning
tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga
tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi.
Mustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat
qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik,
mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarur.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan
avlodning tahlim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir.
"Mehnat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha mo’ljallangan bo’lib, unda yangi pedagogik
texnologiya yutuqlari asosida, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun
talablarini bajarish maqsadida o’quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish
umumiy ta’lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalarini amalga oshirishdir.
Mehnat ta’limi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning yoshi, funktsional
imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiega muvofiq ravishda ko’p
tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U qo’ydagilarni taqozo etadi.
-
Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda
bo’lishni, o’z maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish;
-
Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan psixo-fizologik funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik
jihatidan muhim bo’lgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy
harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda shakllantirish;
-
Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga
ijtimoiy tajriba to’plash;
145
-
SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
-
Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni
shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;
-
Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga
hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.
Darslarda qo‘yiladigan maqsadlar ta’lim tarbiya ishlarini amalga oshirishda usullarni izlash va
darsning rang-barangligini ta’minlashga yordam beradi. O‘qituvchining o‘qitish jarayonida ushbu
vazifalarni amalga oshirishni bilishi ularning ijodkorlik va pedagogik mahorat bilan ishlashini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |