Iqtisodiy taraqqiyotning yetti asosiy
manbalari
Elementlar:
1. Huquq tizimi: huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo'lib, u xususiy
mulkni himoya qiladi va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlaydi.
2. Raqobatdosh bozorlar: Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali
yangiliklar kiritishni rag'batlantiradi.
3. Oqilona va cheklangan davlat boshqaruvi: ayirboshlashni qisqartirishga va
raqobatni cheklashga yo'naltirilgan tartibga soluvchi siyosatlar iqtisodiy
taraqqiyotga to'sqinlik qiladi.
4. Samarali kapital bozorlari: o'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni
farovonlikni oshiruvchi loyihalarga yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi lozim.
5. Monetar barqarorlik: Barqaror monetar siyosati inflyatsiyani nazorat qilish,
investitsiyani samarali taqsimlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun juda
2-BOB
65
muhim.
6. Oqilona fiskal siyosat: daromadning kattaroq qismi o'zlarida qolsa, odamlar
ko'proq ishlab chiqaradi. Davlat xarajatlari va defitsitlari (fiskal siyosat) nazorati
iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot uchun juda muhimdir.
7. Erkin savdo: boshqa davlatlar bilan bo'ladigan erkin savdo aholi daromadlarini
oshiradi.
Kirish
Video:
200 mamlakat, 200 yil
(15)
Iqtisodiyot bo'yicha 1995-yil Nobel mukofoti laureati Robert Lukas: «Iqtisodiy
o'sish to'g'risida o'ylashni boshlashingiz zahoti, boshqa narsalar to'g'risida o'ylash
mushkul bo'ladi», – deb ta'kidlagan edi
(16)
. Nima uchun Lukas va boshqa ko'plab
iqtisodchilar iqtisodiy o'sishga bunchalik katta urg'u berishadi? Real daromadning
o'shishi uchun real mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi zarur. O'sishsiz yuqori
daromad darajasi va yashash standartlariga erishib bo'lmaydi.
Oxirgi ikki yuz yil davomida iqtisodiy o'sish, ayniqsa g'arb mamlakatlarida,
turmush standartlarini ko'tardi hamda umr davomiyligi va turmush sifatini yaxshiladi.
Biroq bu davr istisno davrdir. Inson tarixining asosiy qismi davomida iqtisodiy o'sish
nihoyatda kam ko'zatilgan. 1800-yilgacha dunyo aholisning asosiy qismi yetarli oziq-
ovqat va boshpana uchun ha asiga ellik, oltmish yoki yetmish soatlab qattiq ishlagan. Bu
yashash uchun muntazam kurash edi va ko'p odamlar mag'lub bo'lgan. 1800-yilda
turmush standartlari undan ming yil, hatto ikki ming yil avvalgi, ya'ni qadimgi Rim
davridagi turmush standartlaridan uncha katta farq qilmagan.
Insoniyatning qayg'uli iqtisodiy tarixi qariyb ikki yuz yillar avval o'zgara
boshladi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti iqtisodchisi marhum Angus
Meddison daromadlar va aholi umr davomiyligining tarixiy ma'lumotlari bo'yicha
66
yetakchi mutaxassis deb keng tan olingan. 5-chizmada uning oxirgi ming yil davomida
jon boshiga yillik daromadlar miqdori bo'yicha taxminlari ko'rsatilgan. Dunyo aholisi jon
boshiga yalpi ichki mahsulot (YIM)
(?)
miqdori 1820-yilda 1990-yil narxlarida 667
dollarni tashkil qilgan bo'lsa, 1000-yilda 450 dollarni tashkil qilgan
(17)
. Demak, 800 yil
davomida aholi jon boshiga daromad darajasi atigi 50 foizga ko'paygan. G'arbiy Yevropa
va odatda G'arb davlatlari deb ataladigan uning nihollari — Qo'shma Shtatlari, Kanada,
Avstraliya va Yangi Zelandiya — yaxshiroq natijalarga erishgan. 1000-yildan 1820-
yilgacha bu mamlakatlardagi o'rtacha daromad deyarli uch baravar, yani 426 dollardan
1 202 dollargacha oshdi. Hatto G'arb mamlakatlarida ham daromadlar ikki baravar
oshishi uchun deyarli 500 yil kerak bo'ldi.
O'qish uchun:
Yalpi ichki mahsulot - U nima va u qanday o'lchanadi?
Keling, e'tiborni endi 1820-yildan keyingi voqealarga qarataylik. Oxirgi ikki yuz
yil davomida iqtisod gurkirab, juda tez o'sdi. 2003-yilga kelib jahon jon boshi daromadi
1820-yildagi miqdordan o'n baravar oshib, 6 516 dollaga yetdi. G'arb davlatlarida esa jon
boshiga daromad 2003-yilda 23 710 dollarga yetib, 1820-yildagi miqdorning deyarli
yigirma baravarini tashkil qiladi. Shunday qilib, asrlar davomida daromadlar yashash
uchun zarur bo'lgan minimal miqdoriga teng yoki yaqin miqdorda saqlanib turgan, lekin
oxirgi ikki yuz yil ichida aholi jon boshi real daromadi jadal o'sdi.
67
5-chizma: Jon boshiga YIM (1990-yil AQSH dollarida)
25 000$
15 000$
10 000$
5 000$
0$
20 000$
1000 1100 1200 1300 1400 1500 1600 1700 1800 1900 2003
Yil
G'arbiy mamlakatlarda jon boshiga YIM
Jahonda jon boshiga YIM
1820: 667$
1820: 1 202$
2003: 6 516$
2003: 23 710$
Manba: Angus Maddison, Contours of the World Economy, 1–2030 AD: Essays in Macro-Economic History (Oxford:
Oxford University Press, 2007).
Umr davomiyligi ham shunga o'xshah tarzda o'zgargan. 1000 va 1820-yillar
oralig'ida dunyodagi umr davomiyligi 24 yildan 26 yilgacha o'sgan bo'lsa, 1900-yilda u 31
yilga yetdi va 2003-yilga kelib esa u 64 yilgacha keskin ko'tarildi. G'arb mamlakatlarida
1000 va 1820-yillar oralig'ida umr davomiyligi 24 yildan 36 yilgacha o'sgan bo'lsa, 2003-
yilga kelib bu ko'rsatkich 76 yilni tashkil qildi.
68
Tarixdan ma'lumki, iqtisodiy o'sish o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Nima uchun
ba'zi mamlakatlar rivojlanib yuqori daromadlar darajasiga ega bo'lib, boshqalari esa
turg'un qoladi? Qanday institutlar va siyosatlar iqtisodiy o'sishni va yuqori turmush
standartlarini rag'batlantiradi? Ushbu bo'lim shu kabi muhim savollarni tahlil qiladi
(18)
.
Muhokamaga o'tishdan oldin, YIMni o'lchashda, ayniqsa post-kommunistik
mamlakatlarga nisbatan qo'llaganda, quyidagilarni yodda tutish lozim. YIM «ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlarning yakuniy qiymati» degan oddiy izohining tagida
murakkab masalalar mavjud. Erkin bozorda savdo qilinadigan buyumning qiymatini
aniqlash oson. Ammo narx nazorati ostida bo'lgan buyumnikichi? U odamlar aslida
to'lagan narxlarda baholanishi kerakmi yoki ular erkin bozor sharoitlarida to'lashi
mumkin bo'lgan narxlardami? Navbatda turgan vaqtning qiymati hisobga olinishi
kerakmi? Sotilmaydigan mahsulotchi? Agar askarlar xizmatga chaqirilsa, ularning
mehnati qanday baholanishi keark? Davlat statistika organlari norasmiy (xufyona yoki
qora) bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini qanchalik aniq hisoblay oladilar?
Agar men uyda pitstsa pishirsam, pishloqning qiymati inobatga olinadi, ammo mening
oshxonada sarflagan vaqtim hisobdan chetga qoladi. Biroq, agar men pitstsani
restorandan sotib olsam, ish kuchi qiymati YIMga qo'shib hisoblanadi. Agar meni
oshpazdek mohir deb tasavvur qilsak, ikkala pitstsa ham aynan bir xil.
YIMni hisoblashdagi qiyinchiliklar va shunga bog'liq narx o'zgarishlari
kommunizm inqirozidan keyingi yillarni tushunishda muammo tug'diradi. Rasmiy
hisobotlarga ko'ra, mahsulot hajmi keskin kamaygan, ammo bu fuqarolarning haqiqiy
tajribasiga mos kelmaydi
(19)
.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |