ELEMENT 1.12
Faoliyatning uzoq muddatli oqibatlati yoki ikkilamchi ta'sirlari ko'p hollarda e'tibordan
chetda qoladi.
60
Hezlittning yagona sabog'iga ko'ra, inson iqtisodiy rejani tahlil qilganda:
«...nafaqat qisqa muddatli natijalarni, balki uzoq muddatli natijalarni ham;
nafaqat birlamchi oqibatlarni, balki ikkilamchi oqibatlarni ham; nafaqat
maxsus alohida guruhga ta'sirini, balki barchaga ta'sirini ham inobatga olishi
kerak»
(10)
.
Hazlitt bu darsga rioya qilmaslikni iqtisodiy xatoning asosiy manbai deb
hisoblagan. U 1930-yillardagi Buyuk depressiya davri iqtisodiyoti to'g'risida ko'p yozgan
bo'lib, ayniqsa, siyosatda davlat dasturlarining qisqa muddatli ta'sirlariga e'tibor
berishga, uzoq muddatli va kutilmagan oqibatlariga esa e'tibor bermaslikka moyillik
mavjudligini bilar edi.
Keling, ikkilamchi ta'sirlarning ahamiyatini tasvirlovchi uchta misol ko'rib
chiqaylik. Transport vositalarining emissiyasi natijasida havo ifloslanishini benzin
iste'molini qasqartirish orqali kamaytirish maqsadida Gruziya hukumati katta motorli
eski avtomobillar uchun yangi aktsiz solig'i joriy etdi. Gruziya kam daromadli
mamlakat bo'lganligi sababli eski ishlatilgan mashinalarga talab doimo baland bo'lgan,
chunki ular arzonroq (sotuvdagi eski mashinalarning 91 foizi 2006-yildan oldin ishlab
chiqarilgan). 2017-yilning yanvaridan joriy etilgan yangi soliq o'zgaruvchan shkalada
hisoblangan. Masalan, aktsiz solig'i bilan bojxona rasmiylashtiruvi uchun ja'mi to'lov
motori 1,5 litr hajmli 2002-yil avtomobili uchun 3731 GELni (Gruziya larisi), lekin
motori 2,5 litr hajmli ayni yil avtomobili uchun 6219 GELni, motori 3,5 litr hajmli
avtomobil uchun esa 8706 GELni tashkil etgan. Soliq siyosatidagi o'zgarishlar odamlarni
motor sig'imi kichkina mashinalarni xarid qilishga rag'batlantirgani ravshan bo'lsada,
bu oqilona siyosat bo'lganmi degan savol tug'iladi. Ikkilamchi ta'sirlarni hisobga
olganda uning umumiy ta'siri qanday bo'lgan?
Gruziyaning yangi aktsiz soliq siyosati qisqa muddat amal qilganligi uchun biz
boshqa mamlakatlarning yoqilg'i iste'molini kamaytirishga qaratilgan siyosatlari
tajribasini ko'rib chiqishimiz kerak bo'ladi. Ma'lumotlarga qaraganda, odamlarning
avtomobil xaydashi ko'paygan, chunki yengil avtomobillarning kam yoqilg'i sarflashi
61
mashina xaydashni arzonron qiladi. Bu, o'z navbatida, tirbandlikni oshiradi va yoqilg'i
iste'moli dastur bo'yicha kutilgan rejaga nisbatan kamroq pasayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, yangi standartlarga javob beruvchi yengilroq avtomobillar yo'l-
transport hodisalari paytida yo'lovchilar uchun og'irroq, katta motorli avtomobillar kabi
himoya darajasini ta'minlay olmaydi. Natijada, yo'l harakati bilan bog'liq o'lim darajasi
va jarohatlar soni oshishi mumkin. Ikkilamchi ta'sirlar inobatga olingandan so'ng,
yoqilg'i unumdorligi bo'yicha tartiblar o'ylagandek samarali bo'lmasligi mumkin.
Shu kabi kutilmagan oqibatlar xavfsizlik kamaridan foydalanishni talab qiluvchi
qonunlar qabul qilinganidan keyin ham kuzatilgan. Buyuk Britaniya Transport
vazirligiga ko'ra, haydovchilar va old o'rindiqdagi yo'lovchilardan xavfsizlik
kamarlarini taqishni talab qiluvchi qonun kuchga kirganidan 20 oy o'tib, old
o'rindiqdagi yo'lovchilar orasida halok bo'lganlar soni 656 taga kamaygan. Biroq,
a idan, haydovchilar xavfsizlik kamarlarini taqishdan so'ng o'zlarini xavfsizroq his
qilganliklari tufayli avtomobilni xavfliroq boshqara boshladilar. Natijada, ayni vaqt
davomida piyodalar (77), velosipedchilar (63) va orqa o'rindiqdagi yo'lovchilar (69)
(11)
orasida halok bo'lganlar soni oshdi.
Mamlakatlar o'rtasidagi savdo cheklovlari ham muhim ikkilamchi ta'sirlarga ega.
Chet el tovarlariga tarif va import kvotalari joriy etish tarafdorlari deyarli har doim o'z
siyosatlarining ikkilamchi ta'sirlarini hisobga olmaydilar. Tarif va kvotalar o'xshash
mahsulotlarni yuqoriroq tannarxda ishlab chiqaruvchi mamlakat ishchilarini dastlab
himoya qilishi mumkin, lekin buning kutilmagan ikkilamchi oqibatlari ham mavjud.
Evropa Ittifoqining (YI) Yagona qishloq xo'jalik siyosatini (YQXS) ko'rib
chiqaylik. Bu siyosatga ko'ra, chet elda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari
savdosi tarif va kvotalar orqali cheklanib, a'zo mamlakatlarning qishloq xo'jalik sektori
YI byudjetidan bevosita subsidiyalanadi. Siyosatning 50 yilligiga bag'ishlangan hujjatda
shunday deyiladi: «YQXS aholi sifatli oziq-ovat mahsulotlarini arzon narxlarda iste'mol
qilishlari va dehqonlar munosib hayot kechirishlari uchun yaratilgan»
(12)
. Umuman
olganda, YQXS orqali ajratiladigan subsidiyalar jami YI byudjetining uchdan bir
qismidan sal ko'prog'ini tashkil etadi. Ushbu siyosat tarafdorlariga ko'ra, YQXSsiz
YIning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorlari 8 foizga qisqargan bo'lar edi
(13)
.
62
Shuning uchun ham u ish o'rinlarini «saqlab» qolib, bandlik darajasini oshiradi deb
da'vo qiladilar. YQXS yordamida bu sohalarning kengaygani shubhasiz, lekin ikkilamchi
ta'sirlarning oqibatichi?
YQXSga xarajatlar ushbu mablag'larni YI byudjeti doirasida boshqa maqsadlarga
yo'naltirish imkonini siqib chiqaradi hamda YI mablag'larini boshqa jamoat mollari
bilan bog'liq faoliyatga ajratishning oldini oladi. Evropa komissiyasiga ko'ra,
subsidiyalar har bir YI fuqarosiga yiliga 100 yevrodan qimmatroqqa tushadi. Undan
tashqari, tarif va kvotalar mahalliy narxlarni raqobatbardosh jahon narxlariga nisbatan
balandroq darajada ushlab turadi
(14)
, shu sababli YI iste'molchilari uchun qishloq
xo'jalik mahsulotlari yanada qimmatroqqa tushadi. Aslini olganda, har bir oila oziq-
ovqat uchun to'lovni ikki marta amalga oshirmoqda: birinchi marta qishloq xo'jalik
sektorining protektsionizmi natijasida do'konlardagi narxlarning ko'tarilishi orqali;
ikkinchi marta esa qishloq xo'jaligi uchun subsidiyalarni qoplash uchun to'lanadigan
soliq orqali. Shuningdek, tarif va kvotalar qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash
orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bilvosita ta'sir
ko'rsatadi. Masalan, 2007-yilda Frantsiyada YQXS ishlab chiqarish sohasi hajmini 1,5
foizga qisqartirdi, shu bilan birga yirik xizmat ko'rsatish sohasidagi ish kuchi va
kapitalning atigi 0,1 foizi YQXSdan manfaatdor sohalarga jalb etildi. YQXSning bekor
qilinishi kapital (yer va asbob-uskunalar) narxini pasaytirib, YQXSdan manfaatdor
bo'lmagan dehqon xo'jaliklariga foyda keltiradi. Buning ustiga, YQXS ekin yerlari uchun
boshqa qishloq xo'jalik faoliyatlari bilan bevosita raqobatdosh bo'lgan o'rmonchilik
sektori hajmini ham qisqartiradi. (Frantsiyada YQXS natijasida o'rmonchilikka
mo'ljallangan yer maydoni 3,6 foizga qisqardi). Shuningdek, YI a'zosi bo'lmagan
mamlakatlar tarif va kvotalar sababli YI bozorida kamroq miqdorda qishloq xo'jalik
mahsulotlari sotadilar. Bu esa ularning YI eksport qilgan tovarlarni sotib olish
qobiliyatlarini kamaytirib, ushbu sektorlardagi bandlik darajasini pasaytiradi.
Agar YQXS kabi savdo cheklovlarining ikkilamchi ta'sirlari hisobga olinsa,
natijada YIda bandlik darajasi va jami ishlab chiqarish hajmining oshishini kutishga
asos yo'q. Imtioyz berilgan sohalarda ish o'rinlari soni ko'payishi, boshqa sohalarda esa
bandlik darajasi pasayishi mumkin. Savdo cheklovlari ish o'rinlari sonini oshirmaydi,
63
balki boshqa sohalarga qayta taqsimlaydi. Biroq, ikkilamchi ta'sirlarni e'tiborga
olmaganlar buni anglab yetmaydilar.
Ikkilamchi ta'sirlar faqat siyosiy qarorlar bilan bog'liq muammo emas. Ular aholi
uchun ham kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. G'arbiy Virjiniyadagi birinchi
sinf o'qituvchisining yaqinda boshidan kechirgan tajribasi bunga yaqqol misoldir.
O'quvchilari doimo qalamlarini yo'qotib qo'yganliklari sababli, u agar har bir qalamdan
qolgan qoldiqqa 10 tsentdan to'lasam, o'quvchilar rag'batga javoban qalamni to to'liq
ishlatib bo'lguncha yo'qotmaslikka harakat qiladilar, degan qarorga keladi. Afsuski, ko'p
o'tmay o'quvchilar qalam ochadigan asbob oldida uzun navbatga turib, qalamni
tagigacha shunchalik tez charxlab tashlashdiki, u arang ular uchun to'lashga ulgurardi.
Kutilmagan oqibatlarga diqqat-e'tiborli bo'lish kerak!
O'qish uchun:
Frederik Bastia. «Yaqqol va yashirin natijalar»
64
Do'stlaringiz bilan baham: |