Mantiqiy Iqtisodiyot



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

ELEMENT 1.4

Savdo iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.




25

nafaqat mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori bilan,

balki ushbu tovar va xizmatlar qanday taqsimlanganligi bilan ham aniqlanadi.

Ikkinchidan, savdo ishlab chiqarish va iste'mol hajmlarining oshishiga sharoit

yaratadi, chunki u xarajat nuqtai nazaridan qo'limizdan eng yaxshi keladigan faoliyatga

to'la ixtisoslashishimizga imkon beradi. Odamlar biror faoliyat turiga ixtisoslashganda,

ular uning mahsulotlarini boshqalarga sotishlari mumkin. Sotishdan olingan

daromadni mustaqil ishlab chiqarish qimmat bo'lgan narsalarni xarid qilishga ishlatish

mumkin. Ushbu ayirboshlashlar orqali odamlar shu tarzda ixtisoslashsa, tovar va

xizmatlarni ixtisoslashmagan holatga qaraqanda kattaroq hajmda ishlab chiqaradilar.

Iqtisodchilar bu printsipni qiyosiy ustunlik qonuni

(?)


 deb atashadi. Bu qonun shaxslar,

korxonalar, mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi savdoga tegishli.

Qiyosiy ustunlik qonunining asosida sog'lom mantiq yotibdi. Agar kimdir sizni

ishlab chiqarish tannarxingizdan arzonroq bahoda (hamma xarajatlar muqobil qiymat

ekanligini unutmang) mahsulot bilan ta'minlashga rozi bo'lsa, unda uni sotib olish

mantiqqa to'g'ri keladi. Shunda siz vaqt va resurslaringizni o'zingiz arzon narxda ishlab

chiqara oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanishingiz mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, qo'lingizdan eng yaxshi kelganini ishlab chiqaring, qolganini

esa sotib oling. Natijada, siz va sizning savdo hamkorlaringiz ixtisoslashuv

(?)


 va

savdodan o'zaro manfaat topasiz. Bu esa ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning

oshishiga olib keladi. Aksincha, agar hamma narsani mustaqil ishlab chiqarishga

urinsangiz, bu vaqt va resurslaringizni tannarxi yuqori ko'plab narsalarni ishlab

chiqarishga sarflashni anglatadi. Bu esa ishlab chiqarish va daromadlarning

kamayishiga olib keladi.

Masalan, tibbiy hujjatlarni yuritish yoki qabulga yozish ko'pchilik

shifokorlarning qo'lidan yaxshi kelishi mumkin, lekin ular bu xizmatlarni qilish uchun

boshqa kimsani yollagani ma'qulroq. Shifokorlar hujjatlarni yuritishga sarflagan

vaqtini bemorlarni ko'rishga sarflashlari mumkin. Bemorlarni qabul qilishga sarflangan

vaqtning ancha qimmatligi tufayli shifokorlarning tibbiy hujjatlarni yuritishining

muqobil qiymati baland bo'ladi. Demak, shifokorlar tibbiy hujjatlarni yuritish uchun

deyarli har doim boshqalarni yollashni ma'qul topadi. Undan tashqari, agar shifokor



26

tibbiy xizmarlarni ko'rsatishga ixtisoslashib, hujjatlarni yuritishga esa qiyosiy

ustunlikka ega shaxsni ishga yollasa, bu boshqa holatga qaraganda xarajatlarni

kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmini

(?)

 oshiradi.



Uchinchidan, ixtiyoriy ayirboshlash korxonalarga katta miqyosli ishlab

chiqarish uslubidan foydalanib, mahsulot birligi tannarxini pasaytirishga imkon

beradi. Savdo korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarini keng ko'lamli bozorlarda

sotishlariga imkon yaratadi. Natijada, 1989-yilda Moldova sharbatlarining jahon

bozorlariga kirishi misolidek, korxonalar katta hajmda mahsulot ishlab chiqarishni

rejalashtirishlari va ishlab chiqarish jarayonida miqyos samarasi

(?)

 uslubidan



foydalanishlari mumkin bo'ladi. Ushbu jarayonlar mahsulot birligi tannarxini keskin

kamayishiga va ishchi boshiga mahsulot hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

Bu natijalarga savdosiz erishib bo'lmas edi. Bozor kuchlari

(?)


 muntazam ravishda ishlab

chiqarishni (yuqori tannarxli ishlab chiqaruvchilardan) kam tannarxli ishlab

chiqaruvchilar tomon qayta taqsimlaydi. Natijada, ochiq bozorlar ko'pincha mahsulot

va resurslarni ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar qiymatini, miqdorini va xilma-

xilligini maksimallashtirishni nazarda tutgan holda taqsimlaydi. Xitoy boshqariladigan

iqtisodiyotning ajoyib namunasidir. 1995-yilda jahon savdo tizimiga qo'shilgandan so'ng

fuqarolari savdo va qiyosiy ustunlikdan foydalana oldilar, bu esa milliardlab odamlarni

(Xitoy va mintaqadagi boshqa mamlakatlarda) qashshoqlikdan olib chiqishga imkon

yaratdi.

O'qish uchun:

Duayt Li. «Ixtisoslashuv va boylik»

Zamonaviy dunyoda savdoning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish qiyin. Savdo

ko'pchiligimizga o'zimiz mustaqil ishlab chiqara olishimiz mumkin bo'lgan miqdordan

ancha ko'p miqdorda turli xil tovar va xizmatlarni iste'mol qilishimizga imkon yaratadi.

Shaxsan ham uy-joy qurish, ham kiyim va oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan bog'liq

mashaqqatlarni tasavvur qila olasizmi? Kompyuyter, televizor, idish-tovoq yuvish




27

mashinasi, avtomobil va telefonlar ishlab chiqarish to'g'risida gapirmasak ham bo'ladi.

Qayd etilgan buyumlarga ega bo'lgan insonlar yashaydigan jamiyatda iqtisodiyot, avvalo

shaxslar hamkorlik qilishini, ixtisoslashuvini va savdo qilishini ta'minlaganligi sababli

ular ushbu buyumlarga ega. Ichki yoki xalqaro ayirboshlashga to'sqinlik qilgan

mamlakatlarda fuqarolarning savdo manfaatlariga erishish va yanada farovon hayot

kechirish imkoniyati pasayadi. To'g'ri, dinamik jahon iqtisodiyoti deganda har bir

mamlakat mehnat bozorini vaqt o'tgan sari o'zgarishlarga duch kelishini anglatadi.

Bunga munosib chora sifatida, dunyodagi deyarli barcha iqtisodchilar importni

cheklash o'rniga ishchilarni yangi ish joylarga yo'naltirishga ko'maklashish to'g'ri yo'l

ekanligiga qo'shiladilar.

Video:


Ixtiyoriy ayirboshlash iqtisodiyoti


28


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish