Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari



Download 166 Kb.
bet3/9
Sana20.04.2023
Hajmi166 Kb.
#930763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo

Ong va ma‟naviyat. Ma‟naviy ong. Ong to„laligicha ma‟naviyatga kirmaydi, chunki unda o„zgaruvchan, muvaqqat, tasodifiy holatlar ko„p uchraydi. Ongga o„tkinchi kayfiyatlar, ehtiroslar, turli tushunchalar, noxolis va xato baholar katta ta‟sir ko„rsatadi. Ma‟naviyat esa bir zumda o„zgarib kolmaydi. U chukur tarixiy, madaniy ildizlarga ega. To„g„ri, unga xam sobit, barkaror tuyg„ular, or-nomus, milliy g„urur va iftixorga oid his-hayajon va ehtiroslar ta‟sir ko„rsatadi. Ammo ular o„tkinchi emas. Ongning yuqori darajasi -tafakkurga oid unsurlarning ham vaqt sinovidan o„tgan ko„pchilik tomonidan tan olingan barqaror, sobitlari (to„g„ri yoki xatoligidan qat‟i nazar) ma‟naviyatni tashkil etadi. Demak, ma‟naviyat ongning mohiyatli mazmuni yoki ongdagi mohiyatlilikdir. Ushbu jihatdan ma‟naviyat ong kabi ideal hodisadir, ammo ilohiy hodisa emas.
Ideal hodisa sifatida ma‟naviyatda, eng avvalo, insoniy his-tuyg„ular, kechinmalar, anik obrazli tasavvurlar ajralib turadi. Uyat, ibo, hayo, halollik kabi oddiy tuyg„ulardan to ezgulik, go„zallik, adolat, vijdon azobi va amri, zavq-shavq, vatanparvarlik, fidoyilik kabi murakkab tuyg„ulargacha inson ma‟naviy ongining birlamchi darajasini tashkil etadi. Ma‟naviy ongning ikkinchi - yuqori darajasiga tushunchalar, g„oyalar, baholar, did, qarashlar, nazariyalar, ta‟limotlar, ideal kiradi. Ular tuyg„ular kabi axloqiy, estetik, siyosiy, hukukiy, diniy, falsafiy qarashlarni ifodalaydi. Fakat tuyg„ulardan farqli, insonning hissiy munosabatlarini emas, balki aqliy-intellektual munosabatini ifodalaydi. Ular jamiyatning qadriyatlar tizimini tashkil etadi.
Tuyg„ular va tushunchalar o„rtasida o„tib bo„lmas jarlik yo„q. Inson o„z his- tuyg„ulari to„g„risida fikr-mulohaza yuritib, uni anglab olishga, baholashga intilsa, u tushunchalar olamiga o„tadi. Ezgulik va go„zallik ham tuyg„u sifatida, ham tushuncha va ideal sifatida namoyon bo„ladi. Birinchi holatda inson o„ylab o„tirmaydi, ob‟ekt unda bevosita his-hayajon uyg„otadi. Ikkinchi holatda u hakda mulohaza yuritadi, tahlil qiladi. Masalan, kimningdir xulqidan, qilgan ishidan xafa bo„lgan, jahli chiqqan kishidan sababini so„rasangiz, u o„sha kishi xatti-harakatining kaysi jihatlari axloqiy yoki boshqa ijtimoiy me‟yorlarga mos kelmasligini, qanday xatoga yo„l qo„yganini yoki bilib turib g„irromlik, surbetlik qilganini aytadi.




4 Ислом Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: «Маъ-навият», 2008, 19-6.
Ideallik ma‟naviyatning mohiyatini to„liq ochmaydi: ideallik ma‟naviyatning faqat birlamchi mavjudlik shaklidir. Materialistik yondashuvga binoan: “Ongda mustaqil mavjudlik yo„k. U faqat miyaning ob‟ektga nisbatan funksiyasi sifatidagina mavjud... Ongning o„ziga xosligi shundaki, u qandaydir sub‟ektiv, ideal narsadir. U o„zining moddiy substratlariga - miya va in‟ikos ob‟ektiga - munosabatidan tashqari mustakil mavjudlikka ega emas”5.
Ma‟naviyat esa masalaga hatto materialistik yondashganda ham, mustaqil - xulq-atvorda, faoliyatda, ijodda predmetlashgan, adabiyot, san‟at asarlariga, ilmiy kashfiyotlarga, urf-odatlarga, marosimlarga, an‟analarga aylangan madaniy merosda mavjudlikka egadir. Ma‟naviyat, avvalo, madaniyat orqali mustaqil mavjudligini namoyon etadi. U, shuningdek, iroda (shaxs va millat irodasi), ijtimoiy-siyosiy va axloqiy muhitni qamrab oladi. Bu haqda keyinroq to„xtalamiz. Hozircha ma‟naviyat va ong munosabatlari to„g„risidagi fikrni davom ettiramiz.
Ma‟naviyat jamiyatda qaror topgan yetakchi g„oyalarga hamda kishilarning dunyoqarashiga, e‟tiqodiga bog„liq. Haqiqatan, ma‟naviyat ongdagi tasodifiy, ikkinchi darajali, vaktinchalik holat bo„lishi mumkin emas. U barqaror, mustahkam e‟tiqodga aylangan, kadriyat darajasiga ko„tarilgan bo„lib, jamiyatdagi munosabatlarni va inson xatti-harakatini tartibga solishda hal kiluvchi rol o„ynaydi. E‟tikodsiz ma‟naviyat bo„lmaydi. E‟tikod ma‟naviyatning eng asosiy ustunlaridan biridir. U ma‟- naviyatga mushtaraklik va jipslik bag„ishlaydi. Uning turli tarkibiy qismlarini o„zaro birlashtiradi va ma- naviyatni amaliyotga bog„laydi. E‟tiqod ma‟naviyatning mohiyatini ochib beruvchi tushunchalardan biridir.
Ma‟naviy ong ikki darajali hodisa dedik. Birlamchi daraja - uyat, hayo, minnatdorlik, mehr, kahr-g„azab, xursandlik, g„am-kayg„u, oshuftalik, muhabbat, do„stlik, vijdon, go„zallik, zavk-shavq va shu kabi tuyg„ular, kechinmalar yoki ma‟naviyatning poydevorini tashkil etuvchi ko„ngil dunyosidir. Uni inson mohiyati yoki ruhoniyati, yoki qalb, dil ham deydilar Lekin inson faqat tuyg„ulari bilangina yashamaydi. U ko„rgan, boshdan kechirganlarini o„zicha tahlil qiladi, ularga baho beradi, tushunchalar va nazariy qarashlar tizimi orkali umumlashtiradi, maksad- muddaolari, jamiyat qadriyatlari va talablari bilan bog„laydi. Tushunchalar, baholar, karashlar, ideallar insonning aqliy faoliyati mahsullaridir. Uni aql, fikrlar dunyosi (tafakkur) deb ataydilar. Shunday qilib, ma‟naviy ong ko„ngil va aql dunyosidan - ruhoniyat va tafakkurdan iborat. Ko„ngil va aqlni bir-biridan ajratish, qarama- qarshi qo„yish xatodir. Chunki ular, magnit kutblaridek, karama-karshiliklar birligidir. Bir qutbli magnit bo„lmaganidek, faqat tuygulardan (ko„ngildan) yoki aqldan tashkil topgan, turli nazariy fikrlardan iborat ma‟naviyat bo„lmaydi.
Ko„ngil va aklni muvozanatga keltirish zarurligi ko„pchilik yondashuvlarda hisobga olinmas edi. Buning natijasi o„larok, hozirgacha kundalik ongda (nazariy ongda emas) ko„ngil va aqlni karama-qarshi ko„yish, yoshlar o„rtasida «qalbiga kuloq tutib sevgini tanlash kerakmi yoki oilaviy burchingga, ota-onang, yakinlaringga, agar uylangan bo„lsang, farzandlaring va xotinga sodiq kolib, sevgidan voz kechish kerakmi» kabi mavzularda, ya‟ni ko„ngilgami yoki aqlga - kaysi biriga muvofik




5 А.Г.Спиркин. Сознание и самосознание. - М.: 1972, 68-69-бетлар.
yashash lozim qabilidagi bahslar bo„lib turadi. Har xil yondashuvlarni ko„p tanqid qilish mumkin. Lekin masala faqat tankid yordamida hal bo„lib kolmaydi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish