Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Islom Karimovning ma’naviyat tushunchasiga ta’rifi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
2.2. Islom Karimovning ma’naviyat tushunchasiga ta’rifi,
uning nazariy va metodologik ahamiyati
 
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat ta-
raqqiyotidagi o‘rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlan-
tirish mohiyati mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Chunki 
ma’naviyatning mohiyati va mazmunini bilib olmasdan turib, uning 
inson, millat, xalq va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sir imkoniyatlarini 
ham aniq tasavvur etib bo‘lmaydi. 


39
Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi 
sifatida hamda shaklan va mazmunan uyg‘un holatda o‘rganish faqat 
mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina bosh-
landi. Uni bu shaklda o‘rganish esa mustaqillik sharoitida milliy 
tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishning paydo 
bo‘lishi va uning konseptual g‘oyalarini nazariy jihatdan ishlab chi-
qish Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. Uning asar-
lari, risolalari, ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasining mohiyati 
ochib berilgan. Bu ma’naviyatni mustaqil omil sifatida o‘rganish 
uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki har qanday ilgari suri-
layotgan g‘oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, uning jamiyat 
taraqqiyotida millat va shaxs kamolotidagi rolini belgilash oson 
bo‘lmaydi. 
Prezidentimiz milliy taraqqiyotimizning dasturi darajasiga ay-
langan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida 
ma’naviyatning inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib, shunday 
yozgan edi: «Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi 
sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdek
inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat 
chashmasini izlaydi».
1
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va ularning vazifa-
larini belgilab berishda Prezidentimiz yana ma’naviyatni rivojlantirish 
masalasiga qaytib shunday deydi: «Moddiy islohotlar, iqtisodiy islo-
hotlar – o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini
ham amallab turish mumkin, ammo ma’naviy islohotlar qullik, mu-
telik iskanjasidan ozod bo‘lish, qaddini baland tutish, ota-bobolari-
mizning udumlarini tiklab, ularga voris bo‘lish – bundan og‘irroq va 
bundan sharafliroq vazifa yo‘q, bu dunyoda».
2
Bunda Prezidentimiz 
o‘tkazilayotgan islohotlarning asosini milliy-ma’naviy tiklanish 
jarayoni tashkil etishini nazarda tutmoqda. Demak, qullik, mutelik 
iskanjasidan ozod bo‘lgan, o‘zining kimligini anglagan, millatining 
o‘zligini tarannum etgan insongina mamlakatning taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘shishi mumkin. 
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Асарлар
тўплами
, 1-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
, 1996. 202-
бет

2
Ўша
асар
, 80,81-
бетлар



40
Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar 
ekan: «Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shni-
lar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, 
xotira, vijdon, erkinlik –ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng»
1
-deb ta’kidlaydi. 
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. U, avvalo, har bir inson-
ning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo‘lida barcha moddiy 
va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari 
yo‘lida fidoyilik bilan halol mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Shu 
ma’noda ham Prezidentimiz «Ma’naviyat taqdirning ehsoni emas. 
Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, 
aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak»
2
ligini uqtiradi. 
Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o‘rganar ekanmiz, ularda ol-
dingi asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar keyingilarida ijodiy rivojlan-
tirilgan, mazmunan va mohiyatan boyitilganligini ko‘ramiz. Eng 
asosiysi shundaki, ana shu boyitilgan jarayonda jamiyat va millatimiz 
taraqqiyotida sodir bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda yuza-
ga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari o‘z 
ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi 
«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» ma’ruzasida ma’naviyat tushun-
chasiga quyidagi fundamental ta’rifni beradi: «Ma’naviyat... insonni 
ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini 
boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, 
vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch… »
3
dir. 
Bu tarif mazmun-mohiyati bilan ma’naviyat tushunchasini 
o‘zida to‘la aks ettirgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifoda-
lovchi barcha komponentlar o‘z ifodasini topgan va uning inson 
barkamolligini ta’minlashda katta kuch ekanligi belgilab berilgan. 
Shu munosabat bilan ma’naviyatimizning jamiyatni rivojlantirishdagi 
roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan quyidagi fikrlarning 
mohiyatini tushunib olib, uni bevosita har birimiz o‘zimizning 
kundalik vazifamizga aylantirishimiz millatimiz va mamlakatimiz 
taraqqiyotini ta’minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga ega: «Bar-
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Асарлар
тўплами
, 1-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
, 1996. 80,81-
бетлар

2
Ўша
асар
, 81-
бет

3
Каримов
И
.
А

Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Асарлар
тўплами
. 7-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
1999. 81-
бет



41
chamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning barcha soha-
laridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samarador-
ligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimiz-
ning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va 
san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir.
1
Haqiqatdan ham ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat 
iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Ma’naviyat 
har qanday taraqqiyot uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki 
ma’naviyat qancha yuksak bo‘lsa, qilinadigan ishlarning samarador-
ligi va unumi ham shu darajada yuksak bo‘ladi. Ma’naviyat orqali 
inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmuni va mohiyatini aniq 
tushunib yetadi, o‘z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot olamiga 
aylantirishga erishadi. 
Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan 
birga bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlarning 
strategik yo‘nalishlarini ham belgilab berdi. Shu jumladan, «Fidokor», 
gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida quyidagilarni 
ta’kidlaydi: «… avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mus-
tahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega 
bo‘lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning tafakkurida 
o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-
avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning men 
o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashga erishish-
dir».
2
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ana 
shu vazifalarning amalga oshirilayotganligi milliy-ma’naviy rivojla-
nish borasida katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishimiz uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozim bo‘la-
diki, Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish konsep-
siyasi bugungi davr uchun yana ham katta amaliy ahamiyat kasb et-
moqda. Chunki taraqqiyotimizning bugungi bosqichi ma’naviyatni 
rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni yana ham oshirib bormoqda. 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish 
konsepsiyasining juda katta nazariy va metodologik ahamiyatga ega 
ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Bu ahamiyat quyidagilardan iborat: 
1
Каримов
И
.
А

Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Асарлар
тўплами
. 7-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
1999. 381-
бет

2
Каримов
И
.
А

Озод
ва
обод
ватан

эркин
ва
фаровон
ҳаёт
– 
пировард
мақсадимиз

Асарлар
тўплами
. 8-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
2000. 494-
бет



42
- birinchidan, bu konsepsiya sobiq sho‘rolarning totalitar tuzumi 
sharoitida boy milliy-ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz 
tutganligini va uning sabablarini tushunish; 
- ikkinchidan, sobiq sho‘rolarning o‘tkazgan zo‘ravonligi, zulmi 
va jinoyatkorona xatti-harakatlariga qaramasdan milliy-ma’naviy 
merosimizning ildizlari mustahkam bo‘lganligi uchun bu zo‘ravon-
liklarga bardosh berib, o‘z salohiyati va xususiyatlarini saqlab qolgan-
ligini, shuningdek, ana shu omil mustaqilligimiz sharoitida kuch-
qudrat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularimiz uchun manba bo‘layot-
ganligini tushunib yetish; 
- uchinchidan, har bir millat, u son jihatdan kichikmi yoki kat-
tami, qat’iy nazar, mustaqillik ularning har biri uchun havo va suv-
dek zarur ekanligini, faqat mustaqillik millatning milliy-ma’naviyatini 
saqlab qolishga, uni rivojlantirishga va keyingi avlodga yetkazish 
baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini tushunishiga, bu esa 
har bir millatdoshimiz va vatandoshimizning mustaqillikdek ulug‘ 
ne’matni saqlab qolishi uchun fidoiylik ko‘rsatishi ma’naviyatning 
yuksak belgisi ekanligini qalban his etishga imkon berish
- to‘rtinchidan, milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyatini, «ma’-
naviyat» tushunchasi, uning shaxs, millat kamoloti, davlat va jamiyat 
taraqqiyotidagi o‘rnini belgilab olishga, uni rivojlantirish uchun mero-
simizni chuqur o‘zlashtirish, tinmay izlanish, ma’rifat, fan, texnika va 
texnologiya yutuqlarini sabot bilan o‘zlashtirish hamda Preziden-
timizning bugungi taraqqiyotimizni ta’minlaydigan «Kuch-bilim va 
tafakkurda»degan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan konsep-
tual g‘oyasiga izchillik bilan amal qilishimiz; 
- beshinchidan, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash va islo-
hotlarni amalga oshirish jarayonida milliy-ma’naviy tiklanishimiz 
oldida turgan vazifalar ko‘lamini bilib olishga va uni amalga oshi-
rishda umummilliy safarbarlik harakatini avj oldirishda fidoiylik ko‘r-
satish zarurligini anglashimiz; 
- oltinchidan, talaba-yoshlarning milliy-ma’naviy tiklanish bora-
sida ular oldida turgan vazifalarni bilib olishiga, milliy g‘urur, iftixor, 
fidoyilik, vatanparvarlik, insoniylik kabi oliyjanob vazifalarni shakl-
lantirish – mustaqilligimizni mustahkamlash va taraqqiyotimizning 
asosiy sharti ekanligini tushunib yetishimiz; 


43
- yettinchidan, milliy istiqlol g‘oyasining ma’no va mazmunini 
chuqur anglashimizga, mustaqillikni mustahkamlash jarayonida ma’-
naviy yangilanishimiz borasidagi strategik vazifalarimizning asosiy 
yo‘nalishlarini va ko‘lamini chuqur bilib olishimiz hamda ularni 
amalga oshirishda tashabbuskorlik ko‘rsatishimizning ahamiyatini tu-
shunib yetishimiz zarurligi va boshqalar. 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tikla-
nish konsepsiyasining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati faqat yuqo-
rida ko‘rsatilganlar bilan chegaralanmaydi. Uning xalqaro ahamiyati 
ham nihoyatda katta. Qo‘yilgan har bir qadam bugungi kunda 
totalitarizmdan qutulib, demokratik jamiyat qurish tomon borayotgan 
bir qator mamlakatlarda ham milliy-ma’naviy tiklanish uchun katta 
amaliy ahamiyatga molik. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish