Bilim, ma’rifat yaxshi
axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr Farobiy
2-mavzu.
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy-
ma’naviy tiklanish konsepsiyasi, uning milliy mustaqillikni
mustahkamlashdagi ahamiyati
2.1. Milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining ishlab chiqilishi
va uning nazariy hamda amaliy ahamiyati
Mamlakatning milliy taraqqiyoti unga rahbarlik qiluvchi yetak-
chiga bog‘liq. Chunki u mamlakatning qaysi yo‘ldan borishi, qanday
maqsadlarni ko‘zlashi va rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishning
strategiyasini belgilab beradi, uni real hayotga tatbiq etish mas’uliya-
tini o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, rahbar o‘zi tanlagan yo‘l-
ning aniq mo‘ljalini, uning kelajakda mamlakat taraqqiyotiga xizmat
qiladigan imkoniyatlarini aniq bilishi muhim. Bundan tashqari, u o‘zi
belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakat aholisini
o‘z orqasidan ergashtirish salohiyatiga ham ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, mamlakatga rahbarlik qilmoqchi bo‘lgan yetakchi
uni taraqqiy ettirishga xizmat qila oladigan taraqqiyot konsepsiyasini
ishlab chiqishi va uni amalga oshirishning imkoniyatlarini belgilab
berishi talab etiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov yuqorida ko‘rsatilgan barcha xu-
susiyatlar va salohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan rahbar bo‘lganligi
uchun ham mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik vazifalarini aniq
belgilab berdi va uni amalga oshirishning yo‘nalishlari, uslublari
hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqara oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan
ishlab chiqilgan konsepsiyada mamlakatimiz va xalqimiz taraqqi-
yotini ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy-ma’naviy tiklanish
jarayoni ustuvor o‘rinni egalladi. Chunki ma’naviyat jamiyat taraqqi-
yoti, milliy kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi aso-
siy mezonlardan biri hisoblanadi. Ma’naviyat rivojlangandagina
jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi,
mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z navbatida shaxsning barka-
mol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zamin bo‘lib ham xizmat qiladi.
29
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o‘z mustaqilligini
qo‘lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyat
qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va
ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish milliy-ma’naviy tiklanish bilan
uyg‘un holda bo‘lishi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. Mamla-
katimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks
ettirishi jihatidan mukammal, fundamental dastur bo‘lgan «O‘zbekis-
tonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida u mustaqillik-
dan keyin O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohadagi strate-
gik vazifalarini ham belgilab berdi. Umuman, bu asar O‘zbekistonda
yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi.
Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish
sohasida ilgari surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan qisqa davrda o‘zining
ifodasini topdi va jamiyatimizni tubdan yangi bosqichga ko‘tardi.
Prezidentimiz ushbu asarida mustaqil O‘zbekistonni rivojlan-
tirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ko‘rsatib berar ekan, «O‘zbe-
kistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy
negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlan-
tirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik
1
, -deya ta’kidlaydi.
Asarda ana shu negizlarning mohiyati ham ochib berilgan. Jum-
ladan, Prezidentimiz Islom Karimov shunday yozadi:
«Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati manbayi – xalqimiz-
ning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tinch-
lik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar
osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy
maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun ba-
g‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madani-
yat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir».
2
Muallif xalqimizning ma’naviy ildizlari chuqur ekanligini alo-
hida ta’kidlaydi, ularni qayta tiklash va yangi mazmun bilan boyitish
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
.
Миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Асарлар
тўплами
. 1-
жилд
.
Т
.:
«
Ўзбекистон
» , 1996, 76-
бет
.
2
Ўша
асар
, 76-77
бетлар
.
30
zarurligini strategik vazifa sifatida belgilaydi. Bu masalaga alohida
e’tibor berish zarurligini ta’kidlayotganimizga asosiy sabab shuki,
Prezidentimiz keyingi asarlarida ham ma’naviy merosimizni qayta
tiklash g‘oyasini ijodiy rivojlantiradi va uning millatimiz ma’naviy
taraqqiyoti uchun asosiy yo‘nalish bo‘lishini asoslab beradi.
Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida to‘xtalib
insonparvarlikning o‘zbeklarga xos qirralarini ko‘rsatib berishga e’ti-
borni qaratdi. Jumladan, «Insonparvarlik bu o‘zbek xalqi milliy
ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo‘ravonlik uning
tabiatiga yotdir»
1
. deydi.
Asarda ma’naviyatning xalqimiz ma’naviy ruhiyatini mustah-
kamlash va rivojlantirishdagi o‘rni shunday asoslab berilgan: «Xalqi-
mizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekis-
tonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shun-
day qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz
qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib
yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda yetilgan»
2
.
Ma’naviyatning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va uni o‘zlashtirish
zarurligi asarda ilmiy asoslangan.
«Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifa-
larini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli
kuchga aylanadi».
3
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ana shu konseptual
g‘oyalar bugungi kunda milliy ma’naviyatni rivojlantirish davlat
siyosatida ustuvor vazifa sifatida xizmat qilib kelmoqda.
«Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat
to‘g‘risida o‘ylash kerak, deydiganlar haq bo‘lmasalar kerak. Ma’na-
viyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U
yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi. Nafaqat ko‘hna tarix,
balki yangi tarix ham buning ko‘plab misollarini beradi»
4
, deydi dav-
latimiz rahbari.
Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan bu konseptual g‘oya-
ning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, birinchidan, bu bilan mu-
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
.
Миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Асарлар
тўплами
. 1-
жилд
.
Т
.:
«
Ўзбекистон
» , 1996, 77-
бет
.
2
Ўша
асар
, 80-
бет
.
3
Ўша
асар
, 80-
бет
.
4
Ўша
асар
, 81-
бет
.
31
allif sobiq sho‘rolar davrida ma’naviyatni rivojlantirishga uchinchi
darajali omil sifatida qaralishining, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy-ma’rifiy inqiroz sabablarini ham ko‘rsatib beradi. Ikkinchi-
dan, ma’naviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning ma’naviy ruhiyatini
o‘zgartirmasdan turib jamiyatda ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish
mumkin emasligini ilmiy asoslab beradi.
Prezidentimizning yana bir muhim konseptual g‘oyasi ma’navi-
yat shaxs -(ma’naviy barkamolligi)ning eng muhim mezoni va
shuning bilan birga uni kamolotga eltuvchi, o‘z-o‘zini anglatuvchi va
o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqartiruvchi ulkan omil ekanligining
ilmiy asoslaganligidir.
Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishga bag‘ishlangan
konsepsiyasida vatanparvarlik shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi
ekanligi ko‘rsatib berilgan Haqiqatdan ham o‘z vatanini sevmagan,
uning har qarich yeri uchun mas’ulligini his etmagan inson ma’naviy
jihatdan qashshoq hisoblanadi.
Shu o‘rinda muhim bir masalaga aniqlik kiritish kerakkim, u
ham bo‘lsa, «milliy taraqqiyot» va «milliy tiklanish» tushuncha-
larining mohiyati, mazmuni va mezoni masalasidir. Tarixiy xotirasi
va zaminlari mustahkam millatlar uchun bu tushunchalarning o‘zaro
uyg‘un holatigina milliy taraqqiyotni ta’minlaydi. Lekin falsafiy
kategoriya (tushuncha) sifatida va o‘lchamlari (mezonlari) jihatidan
ular bir-birlaridan farq qiladilar.
Milliy taraqqiyot evolyutsion xarakterga ega. U pastdan yuqo-
riga tomon ko‘tarilishdan iborat bo‘lgan jarayondir. U millatning
shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishi kabi uzluksiz jarayon
sifatida namoyon bo‘ladi.
Milliy tiklanish esa, millatimiz taraqqiyoti tarixining ma’lum bir
bosqichida, ma’lum bir obyektiv va subyektiv sabablar oqibatida boy
berilgan salohiyatni qaytadan ushbu taraqqiyotga yo‘naltirish bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, milliy tiklanish – u yoki
bu millat hayotida sodir etiladigan, zo‘ravonlik yo‘li bilan uning
avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan meros, urf-odatlar, an’analar,
qadriyatlardan mahrum qilingan, tarixiy xotirasi toptalgan, milliy
o‘zligini anglashi cheklangan, manfaatlari, maqsadlari, huquqlari
poymol etilgan, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa
32
o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi natijasida milliy rivojlanish borasida
boy berilgan imkoniyatlarni istiqlol tufayli qo‘lga kiritib, yaratilgan
barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga yo‘nalti-
rishga qaratilgan umuminsoniy faoliyat hisoblanadi.
Prezidentimiz milliy-ma’naviy tiklanish vazifasini amalga oshi-
rishga bag‘ishlangan konsepsiyalarini keyingi asarlarida ham ijodiy
rivojlantirgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning
yangi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ehtiyoj-
lariga mos ravishda uning yangi yo‘nalishlarini belgilab bergan. Bu
Yurtboshimizning «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari», «Amir Temur – faxrimiz, g‘uru-
rimiz», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol-avlod
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Olloh qalbimizda, yura-
gimizda», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Yuksak malakali
mutaxassislar – taraqqiyot omili», «Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib
bo‘lmaydi», «Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo‘q», «Zamonaviy
kadrlar-taraqqiyotimizning muhim omilidir», «Farzandlarimiz bizdan
ko‘ra kuchli, bilimli, dono, va albatta baxtli bo‘lishlari shart», «Ma’-
naviy yuksalish yo‘lida», «Milliy istiqlol mafkurasi –xalq e’tiqodi va
buyuk kelajakka ishonchdir»,»Tarixiy xotira va inson omili –buyuk
kelajagimiz garovidir», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
– pirovard maqsadimiz», «Milliy mafkura – kelajak poydevori», «Do-
nishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman», «Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch» kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Prezidentimizning yuqoridagi asarlarida ilgari surilgan konsep-
tual g‘oyalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ular quyidagi yo‘nalish-
larni o‘z ichiga oladi:
- ma’naviy meros va diniy qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirish,
millatimizning o‘z-o‘zini anglashiga erishish, milliy g‘urur va iftixor
tuyg‘ularini izchillik bilan mustahkamlash;
- mustaqillik sharoitida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakl-
lantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish;
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish asosida
barkamol avlodni shakllantirish;
- jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun,
bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni
voyaga yetkazish;
33
- milliy-ma’naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi
o‘rnini tiklash va bugungi kunda ma’naviyat, ma’rifat, fan, texnika –
texnologiya yutuqlarini chuqur o‘zlashtirish asosida hozirgi zamon
umumjahon ma’naviyat tizimi rivojiga hissa qo‘shish;
- yoshlar ma’naviyatini milliy istiqlol g‘oyalari bilan boyitib
borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
- insoniyat asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga
aylangan barcha boyliklarni milliy-ma’naviy salohiyatimizning
ajralmas qismiga aylantirish kabilardir.
Tarixiy xotira, Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab
berilgan ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kishilar
ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi,
qadrlanishini ifodalaydi. Inson o‘zining tarixiy xotirasiga ega
bo‘lmasdan turib, hayotida sodir bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarish-
larning mohiyatini tushunib yetolmaydi, o‘z kelajagini tasavvur qila
olmaydi. Shu sababli ham «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q».
Tarixiy xotira yuksak ma’naviyat tamoyillarining shakllanishi va
rivojlanishi uchun asosiy manba vazifasini bajaradi. Xuddi shuning
uchun ham hamma zamonlarda xalqning, millatning Tarixiy xotirasini
mustahkamlash yurtning buyuk allomalari, davlat arboblari diqqat-
e’tiborida bo‘lgan.
Insoniyat avlodlarining o‘zaro aloqadorligi natijasida vujudga
kelgan qadriyatlar, ya’ni ajdodlar va avlodlarning ma’naviy merosi
umuminsoniy madaniy meros xazinasiga qo‘shiladi va asta-sekin
Tarixiy xotiraga aylanadi.
Shuning uchun ham insonning ma’naviy yetukligi uning Tarixiy
xotirasi bilan bog‘lanadi, ya’ni tarix inson uchun buyuk xotira
vazifasini bajaradi.
Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asari bu
borada asosiy ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur asarda o‘zligini bilishga intilgan, kelajakka umid bilan
qaragan odam, albatta, o‘z tarixini va o‘zining kimlarning nasli va av-
lodlari ekanini bilishiga qiziqishi to‘g‘risida shunday deyilgan edi:
«Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savol-
larga duch keladi va aminmanki to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy
xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir.
34
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘t-
mishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar
ta’siriga olishish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka
o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi».
1
Tarixiy xotiraning muhim vazifasi kishilarda o‘zlikni anglash
tuyg‘usini tarbiyalash natijasida milliy g‘urur va iftixorni vujudga
keltirishidadir. Milliy g‘urur va iftixor Tarixiy xotira asosida shaklla-
nar ekan, u ajdodlardan qolgan moddiy va ma’naviy merosning bosh-
qalar oldida nechog‘lik ulkan ahamiyat kasb etishini anglashdan kelib
chiqadi va kishida faxr tuyg‘usini paydo qiladi, ajdodlardan, ularning
insoniyat tarixidagi xizmatlaridan g‘ururlanadi.
Ajdodlarimizdan qolgan meros har bir millatning nafaqat o‘tmi-
shi, shuning bilan birga istiqboli uchun ham kuch, fidoyilik va ilhom
manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz «Hozirgi
O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat
Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligi-
ni butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabbarruk tuproqdan bu-
yuk allomalar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va
dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal
topgan». «Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy
tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan
bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi»
2
deb ta’kidlay-
di. Uning «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun
tarixidan judo, bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir»
3
, degan
g‘oyalarida har bir vatandoshimizning, ayniqsa yoshlarimizning ma’-
naviy merosimizni chuqur o‘rganishi zarurligi milliy-ma’naviy tikla-
nishimizning bosh vazifasi ekanligini tushunib yetishga qaratilgandir.
I. Karimov: «Milliy mafkura vositasida el-yurt birlashadi, o‘z
oldiga buyuk maqsadlar qo‘yadi va ularni ado etishga qodir bo‘ladi»
4
,
deya milliy g‘oyaning vazifalarini aniq belgilab berdi: «... milliy
g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtiga
sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va oda-
miylik fazilatlarini payvand qilish oliyjanob ishlarimizda madadkor
bo‘lishi zarur»
5
ligini belgilab berdi.
1
Каримов
И
.
А
.
Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ
.
Т
.:
Ўзбекистон
1998. 137-
бет
.
2
Ўша
асар
, 133-
бет
.
3
Каримов
И
.
А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз
.
Асарлар
тўплами
. 7-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
1999. 137-
бет
.
4
Ўша
асар
, 92-
бет
.
5
Ўша
асар
, 92-
бет
.
35
Jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishi, boz ustiga
zo‘ravonlik asosida qurilgan jamiyatdan ma’rifatli, inson manfaatlari,
shaxs erkinligi va kamolotiga xizmat qiluvchi demokratik jamiyatga
qadam qo‘yishi oson kechmaydi, chunki eski tuzum illatlari hali
saqlanib turadi, o‘z umrini uzaytirish uchun jon-jahdi bilan qarshilik
ko‘rsatadigan kuchlar ham mavjud bo‘ladi. Yangi jamiyat esa qisqa
muddatda qurilmaydi, balki ma’lum vaqtni, unda yashayotgan barcha
insonlarning fidoiylik bilan mehnat qilishlarini talab qiladi. Xuddi
mana shu jarayonda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun
yuksak ma’naviy e’tiqod va sabr-toqat bilan odamlarni uyushtirish,
ular dunyoqarashida yangi jamiyat tafakkurini shakllantirish muhim
vazifa hisoblanadi.
Mamlakatimizda ana shu muammolarni hal etish jarayonlari
izchil olib borilmoqda. Ularni muvaffaqiyatli hal etishda ertangi
kunimiz davomchilari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetka-
zishimiz zarur. Shuning uchun ham Prezidentimiz og‘ir iqtisodiy
muammolarni hal etish jarayonlari qiyinchilik bilan kechayotganiga
qaramasdan kadrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish, uni qabul
qilish va hayotga tatbiq etish masalasini asosiy vazifa sifatida
belgilab berdi hamda uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga rahbarlik
qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasidagi
ma’ruzasida bu dasturning ahamiyatini shunday ta’kidlaydi: «Lo‘nda
qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlari-
mizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangila-
nishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan
islohotlarimiz, rejalarimizning samarali taqdiri – bularning barchasi,
avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq-
ligini barchamiz anglab yetmoqdamiz».
1
Prezidentimizning milliy-ma’naviy tiklanishni amalga oshirish-
ga xizmat qiluvchi yana bir konseptual g‘oyasi sog‘lom avlodni tarbi-
yalab, voyaga yetkazish zaruriyatining ilmiy asoslaganligidir. Uning
sog‘lom avlod konsepsiyasida shaxsning jismonan va ruhan baquvvat,
yuksak bilimli, ma’naviyatli, tafakkurli, fidoiy va vatanparvar bo‘lishi
kabi talablarga javob beradigan avlod nazarda tutiladi.
1
Каримов
И
.
А
.
Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида
.
Асарлар
тўплами
. 6-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
.
1998. 325-
бет
.
36
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko‘rsatib turib-
diki, qaysi mamlakat yoshlari jismonan sog‘ bo‘lib, zamonaviy fan,
texnika va texnologiya yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa,
mamlakat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissalari shunchalik samarali
bo‘ladi, ma’naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon
sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi.
Milliy taraqqiyotning yana bir qonuniyati jahonda erishilgan
yutuqlardan va tajribalardan foydalanishga harakat qilmagan millat
to‘laqonli rivojlanmaydi va umumjahon sivilizatsiyasiga o‘zining his-
sasini qo‘sha olmaydi.
Shu ma’noda Prezidentimiz o‘z asardarida milliy-ma’naviy ta-
raqqiyotimizning muhim omili sifatida jahon xalqlarining ma’naviy
taraqqiyotida erishgan yutuqlaridan keng foydalanishimiz, ularni keng
o‘zlashtirishimiz zururligini ilmiy asoslab bergan.
Alohida ta’kidlash lozimki, mazkur asarda milliy istiqlol g‘oyasi
va u asosida shakllangan umummafkuraviy tushuncha hamda tamo-
yillarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Mafkuraning inson,
jamiyat va davlatlar tarixidagi o‘rni hamda ular taraqqiyotidagi ta’siri
jahon va O‘zbekistonga oid misol hamda dalillar asosida tahlil
qilingan. Mazkur asar ushbu qo‘llanma uchun nazariy metodologik
manba bo‘lib hisoblanadi.
Prezidentimizning «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qur-
moqdamiz» nomli asarida mustaqillik mafkurasi, milliy g‘oya, milliy
g‘urur, ma’naviyat masalalariga e’tiborni qaratish bilan birga, yosh-
larga xavf solishi mumkin bo‘lgan qator mafkuraviy tahdidlarga,
yovuz intilishlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarurligi uqtirildi. Bugun
dunyo bemalol yangi tahdid – diniy ekstremizm va fundamentalizm
bilan yuzlashmoqda. Bu xavfning ko‘lami uning insoniyat maqsad-
manfaatlariga zid ekanligi bilan belgilanadi. Diniy mutaasiblik bilan
kurash odamzod uchun hayot-mamot masalasi ekanini anglash vaqti
yetdi.
«Xalqiga suyanmagan rahbar hech zamonda biron natijaga
erisha olmagan. Axir, har bir fuqaroning jamiyatda o‘z o‘rni, o‘z
burchi va mas’uliyati bor. Lekin ularni ulug‘ va oliyjanob maqsadlar
yo‘lida ruhiy, ma’naviy jihatdan birlashtiradigan yo‘lboshchining
maydonga chiqishi tarixiy taraqqiyot taqozosidir».
37
Yurtboshimiz xalqimizning milliy qadriyatlari, an’analari va
madaniyatini tiklashning tashabbuskori bo‘ldi. Zero, har bir avlod
milliy ma’naviyatini butunlay yangitdan yaratmaydi, balki ajdodlar
tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi va tako-
millashtiradi. Asarda tarixiy vorislik – jamiyat va uning madaniyati
ravnaqining asosiy sharti ekani asoslab berilgan.
Islom Karimov «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar» konsepsiyasiga yozgan so‘z boshisida «.... men milliy
istiqlol g‘oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali
dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday ajdod-
larning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va
qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-
avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari
bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat
qilmog‘i zarur, deb bilaman»
1
, degan g‘oyani ta’kidladi. «Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida odamzod uchun hamma
zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatimizning
ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahami-
yati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy
tomonlarini keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etgan. Unda
istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni
zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan
ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida
atroflicha fikr yuritilgan.
Asarda bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat
sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’na-
viyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongini
turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish
masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, unda ma’naviyat
sohasidagi dolzarb muammolar va vazifalar teran tahlil etilib, xalqi-
mizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmay yashashi uchun bor kuch
va imkoniyatlarni safarbar qilish, hamda bu borada ma’naviy tarbiya
masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
Asarda yer yuzida turli millatlar, elatlar, xalqlar, davlatlar bo‘l-
gani kabi, insonlarning tabiati va xususiyati ham turlichaligi, ularning
bir-biridan farqli hayot tarzi, urf-odat va an’analari, madaniyati
1
Каримов
И
.
А
.
Ватан
равнақи
учун
ҳар
биримиз
масъулмиз
.
Асарлар
тўплами
. 9-
жилд
.
Т
.:
Ўзбекистон
,
2001. 222-223-
бетлар
.
38
borligi va ularning barchasi rang-barang ma’naviyatlarni shakllan-
tirishga xizmat qilishi hayotiy misollar orqali tahlil etilgan. Bu
dunyoda hayot bor ekan, turli xil odamlar, ularning ongu tafakkuri-
dagi o‘zaro tafovut va ziddiyatlar saqlanib qolaverishi, turli dunyo-
qarashlar, oqim va yo‘nalishlar mavjudligini tabiiy bir hol deb qabul
qilish kerakligiga e’tibor qaratilgan.
Muallif ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezon bo‘lgan
ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklarning
o‘rni va ahamiyati, inson va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil
hisoblangan ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi, aynan ushbu
tamoyillar bir-birini inkor etmasligi, aksincha, bir-birini to‘ldirishi
hamda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik va taraq-
qiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat qilishini asoslab bergan.
Ayni paytda asarda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat
poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish
masalasi g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega ekani, globallashuv jarayoni,
uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy jihatlari fikrga qarshi fikr,
g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashishning ahamiyati, hozirgi dunyo-
ning geopolitik, iqtisodiy-ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzara-
sidagi o‘zgarishlar chuqur tahlil etilgan.
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tikla-
nishning ilmiy-nazariy konsepsiyasining amaliy ahamiyati shundaki,
u bugun milliy va jahon ma’naviyati taraqqiyoti ehtiyojlarini to‘la
ifoda ettirgan bu g‘oyada milliy va umuminsoniy ma’naviyat uyg‘un
holda asoslangan. Shuning uchun ham milliy-ma’naviy tiklanishimiz
barqaror jarayon sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Bu o‘z navbatida
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish
konsepsiyasining hayotiyligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |