1.3. Ma’naviyat asoslari fanining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi, uning maqsad va vazifalari
Ma’naviyat asoslari fani dunyoda o‘qitilayotgan 2000 dan ortiq
fanlar va maxsus kurslarning barchasi bilan aloqada, desak xato bo‘l-
maydi.
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 171-
бет
.
22
Ma’naviyat asoslari falsafa fani bilan bog‘langan bo‘lib, falsafa-
ning kategoriya yoki tushunchalaridan, qonunlaridan foydalanadi.
Falsafa bergan umumiy xulosalar Ma’naviyat asoslari uchun juda
muhim hisoblanadi.
Falsafada o‘qitiladigan ijtimoiy ong shakllari – san’at; madani-
yat, axloq, estetika, din kabi sohalarsiz insonda yuksak ma’naviyatni
shakllantirib bo‘lmaydi. Bu sohalarda falsafa bergan umumiy, nazariy
fikrlar «ma’naviyat asoslari» uchun mushohada obyektlaridir. Shu-
ningdek, Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish jarayonida «Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», dinshunoslik, tarix,
siyosatshunoslik, adabiyot, ona tili, iqtisodiyot nazariyasi, odobnoma,
mantiq, etika, psixologiya, axloqshunoslik, sotsiologiya, ekologiya va
boshqa fanlarga ham murojaat qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu
Ma’naviyat asoslari fani tabiiy fanlar bilan bog‘liq emas, degan fikrni
bildirmaydi. Binobarin, tabiiy fanlardagi o‘zgarishlar, kashfiyotlar
ham inson ma’naviyati bilan aloqadorligini unutmasligimiz kerak.
Kashfiyot qiluvchi olimlarning faoliyati ma’rifat bilan bog‘langan.
Ma’rifat esa ma’naviyatning tarkibiy qismidir. Demak, «Ma’naviyat
asoslari» fani tushuncha va qonuniyatlarni rivojlantirish uchun tabiiy
fanlarga ham suyanadi.
Ma’naviyat asoslari fani tushunchalari xilma-xildir. Ularning
ba’zi bir xarakter va xususiyatlari ham falsafiy, ham ma’naviydir.
Ular o‘zaro bog‘langan. Shunday bo‘lishidan qat’iy nazar, «Ma’na-
viyat asoslari» fanining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini
quyidagicha aks ettirish mumkin: jamiyat, jamoa, shaxs va millat
ma’naviyatlarini yuksaltirish.
Bular ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘liq qonuniyat-
lardir. Bu sohalarni har biriga o‘zgacha maxsus yondashish yo‘llari
va uslublari, jarayonlari bor. Mazkur ma’naviy yuksalishlarga umu-
miy holda yondashib bo‘lmaydi. Lekin ularning o‘zaro aloqadorligini
unutmasligimiz talab etiladi. Yuksak ma’naviyatli insonni shakllanti-
rish qonuniyatlaridan tashqari milliy va umuminsoniy ma’naviyat
qonuniyatlari ham mavjud, jumladan: a) turli ijtimoiy guruhlar
ma’naviyatining yuksalish qonuniyatlari; b) millatlar o‘rtasidagi
ma’naviyat xislatlari uyg‘unlashuvi yuksalish qonuniyatlari; v)
umuminsoniy urf-odatlar, qadriyatlarning yaqinlashish qonuniyatlari
va hokazolar.
23
Bu ko‘rsatilgan qonuniyatlar ham o‘zlarining xususiy jihatlariga
ega bo‘lib, ba’zi sohalar chuqur tahlilni talab etadi.
«Ma’naviyat asoslari» fani ko‘proq insonning his-tuyg‘usi, ichki
kechinmalari, o‘zaro insoniy munosabatlari, insonning tabiat va
jamiyatga bo‘lgan ixtiyoriy tuyg‘ulari bilan bog‘langan. Bu jarayon-
larning har biri inson ongiga mukammal singdirilishi «Ma’naviyat
asoslari» fani bilan bog‘liq bo‘ladi. Axloqshunoslik fanidagi tushun-
chalar «Ma’naviyat asoslari» fani tushunchalari bilan uzviy aloqada.
«Ma’naviyat asoslari» ayniqsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar» fani bilan ham yaqindan aloqada va bog‘la-
nishdadir. Ma’lumki, «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanida g‘oya va maf-
kura tushunchalari, ularning insoniyat tarixi va taraqqiyotiga qanday
ta’sir ko‘rsatgani, hozirgi davrning mafkuraviy manzarasi, dunyoni
bo‘lib olish uchun kurash, yosh g‘oyalarning mintaqa va mamla-
katimiz aholisiga ta’siri, mamlakatda barpo etilayotgan jamiyat va bu
jarayonda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning qay tarzda ahamiyat
kasb etishi o‘z aksini topgan. Zikr etilgan sohalar insonning ruhiyati
va ma’naviyati bilan bog‘liq. Yuzaki qaraganda bu fanlar nisbatan
bir-biridan uzoq tuyulsada aslida chambarchas bog‘langandir. Bu
fanlarni o‘zaro bog‘langan holda tahlil qilinsa, ularning ta’sirchanligi
oshadi. O‘quvchi tomonidan yengilroq qabul qilinadi. Masalan, milliy
istiqlol g‘oyasi avvalo ma’rifat orqali singdiriladi. Ma’rifatsiz milliy
istiqlol g‘oyasining keng qirralari tushunilmaydi. Shu bilan birga
milliy istiqlol g‘oyasidagi Vatan ravnaqi, komil inson faoliyati,
millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligini
ta’minlashdagi omillar haqida so‘z borganda, bu sohalarni yuksak
ma’naviyatli kishilarda aks etishi haqida fikr yuritiladi. Zero, istiqlol
g‘oyasining oliy maqsadi ezgu g‘oyalarga tayangan holda xalqning
o‘z buyuk kelajagini bunyod etishga safarbar etishdan iboratdir.
O‘zbekiston aholisini hozirgi hayot talablariga javob beradigan g‘oya
asosida mustahkam irodali, yuksak e’tiqodli, vatanparvar va inson-
parvar qilib tarbiyalash yuksak ma’naviyat bilan bog‘langan. Yuksak
ma’naviyatga ega bo‘lgan kishilar yuqoridagi jarayonlarga xalq
manfaati nuqtayi nazaridan yondashadi.
Ikkala fanda ham insonlarda ezgu niyatlarni tarkib toptirgan
g‘oya mujassam. Milliy istiqlol g‘oyasi fani fuqarolarda mustaqillik
dunyoqarashini va erkin fikr yuritish, mustaqil tafakkurga ega bo‘lish,
24
sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam bersa, «Ma’naviyat
asoslari» mazkur fan uchun zamin tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishda
barchani tarbiyalashga ko‘maklashadi. Istiqlol g‘oyasi jamiyatni yot
va begona g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, fuqarolarimizda
mafkuraviy immunitetni shakllantirishga harakat qilsa, «Ma’naviyat
asoslari» fani insonlarda Vatan tuyg‘usi, mehnatsevarlik, insonparvar-
lik, sahovat, yaxshilik, poklik, halollik kabi yuksak ma’naviy
tuyg‘ular nazariyalarini ishlab chiqadi va milliy istiqlol g‘oyasini
yoshlarga singdirishni tezlashtiradi. Bu fanlar o‘rtasidagi munosabat
va aloqadorlik nisbiy bo‘lsada, ikkala fanning bahs mavzulari
turlichadir. Yuqorida ta’kidlanganidek, axloqshunoslik fani tushun-
chalarining ba’zilari bilan yaqin aloqadadir. Insonning ichki va tashqi
go‘zalligi, axloqiy xislatlari donishmandlar hikmatlari, rivoyatlar
axloqshunoslik fanida ham o‘rganiladi. Ammo bunda ularning tarixiy
kelib chiqishi, mansublik doiralari chuqurroq o‘rganilsa, ma’naviyat
asoslarida esa bularga amal qilish natijalariga ko‘proq e’tibor qara-
tiladi. Yoki siyosatshunoslik fanini olsak, u ham ma’naviyat asoslari
bilan aloqadadir. Sababi, siyosat bilan shug‘ullanuvchilarning ma’na-
viyati «Ma’naviyat asoslari» fanida muhokama qilinadi. Shu bilan
birga, siyosatning o‘zi ma’naviyat bilan aloqada bo‘lib, jamiyat ruhiy
holatining shakllanishida bu ikkala soha muhim o‘rin egallaydi.
Jamiyat siyosatini to‘laligicha qabul qilmagan va o‘z ma’naviyatini
siyosatdan ustun qo‘ygan shaxslar kam emas.
Siyosatda talablar o‘ziga xos xususiyatga ega. Shaxsiy intilish-
lar davlat va jamiyat manfaatlariga mos tushmasligi mumkin. Shu
jihatdan haqiqiy siyosatdonlar ma’naviyat asoslariga e’tibor qaratib,
undan o‘z maqsadlarida foydalanishi zarur. Oqilona siyosat yuritish
uchun yuksak ma’naviyatlilik talab etiladi.
«Ma’naviyat asoslari» fani «Dinshunoslik» fani bilan ham ya-
qindan aloqada. Dinshunoslikdagi iymon, e’tiqod, halollik, insonpar-
varlik, ilm, mehnatsevarlik, yaxshilik va boshqalar to‘g‘risidagi
sohalar «Ma’naviyat asoslari» fanida tahlil qilinadi va bu sohalar
jamiyatning ma’naviy muhiti bilan bog‘lanadi. Ma’naviy, diniy soha-
lar o‘zaro munosabatda ekanligi, ularning aksariyat qismi mujassam
bo‘lgan shaxslar jamiyatning kelajagi «Ma’naviyat asoslari» fanida
ta’kidlanadi. Yoki pedagogika fanini oladigan bo‘lsak, bu fan ta’lim-
tarbiyaning nazariy asoslarini hal etib bersa, bu nazariyalarning
25
amaliyotdagi tasdiqlari «Ma’naviyat asoslari» fanida o‘z aksini topadi
va hokazolar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu fanlar shaklan
har xil bo‘lsada, mazmunan bir-birini boyitadi va to‘ldiradi.
O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchilar yuksak ma’na-
viyatga ega bo‘lmoqliklari zaruriyatdir. Zero, ulardan avvalo, aqlli,
odobli, mehnatsevar, bilimli, siyosatdon, milliy g‘ururli, vatanparvar,
insonparvar, halol, qo‘rqmas, baynalmilal, sofdil bo‘lishlari talab
etiladi. Bu xislatlarni har bir shaxsda shakllantirish mazkur fanning
maqsadidir.
Mustaqilligimiz sharofati bilan Prezident Islom Karimovning
ulkan sa’y-harakatlari yordamida, dunyoviy bilimlarni rivojlantirgan
ajdodlarimizning hurmatini o‘rniga qo‘yish, ilm-ma’rifat, ma’naviyat-
ning yuksakligini tarannum etgan buyuk bobokalonlarimiz hayoti va
faoliyati haqida yoshlarga keng qamrovli ma’lumot berish imkoniyati
yaratildi. Bu ezgu ishda «Ma’naviyat asoslari» fani kamarbasta
bo‘lmoqda.
Xalqimiz milliy g‘ururini ko‘tarish jamiyatning ma’naviy qiyo-
fasini o‘zgartirishga olib keladi. Ma’naviyat asoslari fani ana shu
dolzarb muammoni ham o‘rtaga qo‘yadi va uni hayotga tatbiq etadi.
O‘zbek xalqining qadimiy tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari haqida
hozirgi avlod ko‘proq bilishni istaydi. Bu borada ularga «Ma’naviyat
asoslari» fani eng yaqin yordamchi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda mamlakatimizda Vatani va xalqiga jonkuyar, mustaqil
fikrlaydigan, respublika muammolarini ongli ravishda mas’uliyat bi-
lan hal eta oladigan ijodkor, yangilikka intiluvchan, istiqlol g‘oyalari
va mafkurasiga sadoqatli avlodni voyaga yetkazish vazifasi «Ma’na-
viyat asoslari» fanining diqqat markazida.
Barcha islohotlarning taqdiri va ularning samarasi uchun javob
beradigan, mamlakatimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoiy
insonlarni tarbiyalash borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda.
Shu sababli «Ma’naviyat asoslari» fani dasturida ko‘zda tutilgan
mavzular mohiyat jihatidan ulkan maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi.
Bu fan mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, milliy
istiqlol mafkurasi g‘oyasini tushuntirishga, yosh avlodni barkamol
qilib tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg‘ularini chuqurlashtirishga, bu-
yuk o‘tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch tuyg‘ularini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
26
Ushbu fan qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati shakllan-
gan jarayonlarni, islom dinidagi yuksak jamiyat ma’naviyati va shaxs
ma’naviyatini, O‘rta asrlardagi O‘rta Osiyo falsafiy tafakkuri ma’na-
viy muammolarini, Amir Temur va temuriylar sulolasi davridagi ma’-
naviyatni, jadidchilik davridagi ma’naviyat va ma’rifatparvarlikni,
mustamlakachilik va qaramlik yillaridagi ma’naviyat masalalarini
tahlil qilibgina qolmasdan, ularning nazariy, amaliy jihatlarini ham
o‘rtaga qo‘yadi.
Barkamol inson haqida so‘z yuritganda avvalo, «Ma’naviyat
asoslari» fani uning qirralarini ochib berishini aytish lozim. Shu bilan
birga bu fan barkamol inson tushunchasi orqali Sharq va G‘arb
mamlakatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rtaga qo‘yadi, tahlil qiladi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, inson-
parvarlik g‘oyalarining chambarchas bog‘liqligi va farqlarini tushun-
tirishda «Ma’naviyat asoslari» fanidan foydalaniladi. Ma’naviyat
asoslari insonlardagi iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, poklik,
halollik va vafodorlik, mehnatsevarlik xislatlarining o‘ziga xos xusu-
siyatlarini, milliy o‘zligini anglash va uni mustahkamlash, baynalmi-
lallik jarayonlarining shaxs faoliyatidagi o‘rnini, huquqiy jarayonlar-
ning ma’naviyatga ta’sirini, umuman, shaxsni barkamollik cho‘qqi-
lariga chiqish yo‘llarini ko‘rsatuvchi fandir.
«Ma’naviyat asoslari» fani asosan, mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Uning ta’limoti qadimiy bo‘lsa-da,
o‘zi navqiron. U muammolarni o‘rtaga qo‘yibgina qolmaydi, balki
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yangi zamonaviy sohalarining
paydo bo‘layotganligini ko‘rsatib ham beradi. To‘g‘ri, XX asr –
texnika taraqqiyotining olg‘a qarab borishini ta’minlagan bo‘lsa, XXI
asr ham shunday bo‘ladi. Insoniyat qadriyatlarsiz yashay olmaydi.
Texnika taraqqiyoti esa insonning ma’naviy va axloqiy muhitiga ta’-
sir etadi. Kompyuter, raketa, videotelefon, kimyoviy dori-darmonlar,
asab sistemalarining o‘zgarishi, ekologik jarayonlar, televideniye,
kosmosning o‘zlashtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Ma’lumki,
odamlar texnika yordamida boshqa sayyoralar to‘g‘risida tasavvur-
larga ega bo‘lmoqdalar. Demak, insonlar tafakkuri o‘zgarayotir. Ta-
fakkur va ma’naviyat esa bir-biri bilan chambarchasdir. Shu sababli,
aytish mumkinki, ma’naviyat fanining maqsad va vazifalari yanada
kengayib boradi, jiddiy tus ola boshlaydi. Uning muammolari ijtimoiy
hodisa sifatida inson faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi.
27
Olamning salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi inson faoliyati
bilan bog‘liq. Bu faoliyat esa ma’naviyatsiz amalga oshmaydi. Tabiat
va jamiyatning o‘zgarishi inson ruhiyati bilan ham bog‘liqdir.
Ruhiyat o‘z navbatida yashash sharoitlari, insonning turmush tarzi
bilan doimiy aloqada. Shu sharoitlarni insonga mos qilib yaratish
jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq. Binobarin, jamiyatning ma’naviy
yuksalishi shu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu
jihatlar «Ma’naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalarini belgi-
lab beradi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |