Manaviyat asoslari Lotin pv doc


 Milliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishida



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
2.3. Milliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishida 
Islom Karimovning xizmatlari 
 
O‘zbek xalqi salkam bir yarim asr mustamlakachilik zulmi osti-
da azob tortdi. Buning ikki asosiy sababi mavjud.
Birinchisi, xonliklar saltanati bosqinchi davlatlar ko‘z o‘ngida ich-
ki nizolar tufayli tobora zaiflashib bordi. Buni diqqat bilan kuzatib bora-
yotgan chor Rossiyasi aynan ular o‘rtasiga nizo, nifoq urug‘larini 
yanada ko‘proq sochib, bu siyosatni o‘ta mahorat bilan amalga oshirib 
bordi. 
Xonliklardagi siyosiy arboblar tashqi siyosat masalalari, davlat 
xavfsizligini ta’minlash, jahon siyosatining yo‘nalishi Turkiston sari 
burilayotganligiga, shu bilan ertami indin bu siyosat bosqinchilik 
urushiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishini anglashdek mas’uliyatdan 
uzoq edilar. Ularning mana shu xatolari bois bir yarim asr mobaynida 
millatning g‘ururi toptalib, milliy qadriyatlari oyoq osti qilinib, millat 
uchun g‘am chekkan ma’rifat egalari qatl etildi yoki o‘zga yurtlarga 
umrbod surgun qilindi. Birinchi sabab shu tariqa ikkinchi sababga 
yo‘l ochib berar ekan, bosqinchilar Turkistonni egallab oladilar. 
Boshqaruvning to‘laqonli zo‘rlik va qonli jabr-zulm usuli joriy qilin-
di. Mustamlakachilik tizimining asosiy xususiyati va shiori adolat-
sizlik, bo‘ysunuvchi xalqlarni xoru zorlik botqog‘iga uloqtirish edi. 
Xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, buyuk tarbiya vositasi – 


44
Qur’oni Karim va Hadisi shariflar bilan xalqimiz o‘rtasida tikanli 
maydon hosil qilindi va bu maydon kommunistik mafkuraning xudo-
sizlikka asoslangan devori bilan to‘sildi. Xudosizlik ruhida tarbi-
yalangan qalbning insoniylik harorati yo‘qolib, yovvoyilik hislari 
shakllanadi, botiniylik o‘la boradi. Sobiq sovet davlati islomiy iymon-
e’tiqodi, axloqi barq urgan ne-ne ulug‘ allomalarni yetishtirgan 
vatanimiz hududini mafkuraviy eksperiment, ya’ni tajriba maydoniga
aylantirmoqchi bo‘ldilar. Bu mudhishlikni sezib qolgan millatimiz 
faxrlari- vatanparvarlarimizga «dindor», «millatchi» tamg‘asi bosilib, 
qatl qilindilar. Bunday adolatsizlik, nohaqlik zo‘ravonliklarning che-
ki bo‘lmagan. Aksincha, uning ijodkori bo‘lgan tuzum millatni ham, 
uning milliy-ma’naviy hayotini ham shafqatsiz davlat terroriga mub-
talo qildi. Ularning bu qabohatlaridan dunyo larzaga keldi. Mustam-
lakachi tuzumni tarix va zamon rad qildi. Uning xarobalari o‘rnida 
milliy ozodlik va milliy tiklanish bayrog‘i ko‘tarildi. 
Mustaqil Respublikamizning birinchi Prezidenti bo‘lgan 
I.Karimov zimmasiga og‘ir va haddan tashqari murakkab vazifalar 
tushdi. Uzoq mustamlakachilik siyosati tufayli iqtisodiy va siyosiy 
tanazzul botqog‘iga botirilgan, ma’naviyati yemirilgan xalqni, Va-
tanni ozod va farovonlikka olib chiqish, milliy tiklanishga yetakchilik 
qilish, demokratiyaga asoslangan davlat qurish, uni chuqur islohot va 
yangilanish jarayoniga tortish kabi ulug‘vor ishlarga yo‘lboshchilik 
qilish yaratganning nazari tushgan davlat arbobigagina nasib etadi. 
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyingi-yillar davomida iq-
tisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyat-
larga erishildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, 
bozor munosabatlariga o‘tilib, milliy-ma’naviy poklanish va tiklanishi-
mizning murakkab vazifalari vazminlik bilan amalga oshirila bosh-
landi. 
Istiqlol yillarida xalqimizning o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, 
ma’naviy qadriyat va an’analariga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgar-
di. Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobi-
da ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chor-
laydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’ti-
qodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan, beqiyos kuch – ma’-
naviyatga eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratildi.
Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ul-


45
kan hissa qo‘shgan bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqi-
mizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat va xalqaro 
miqyosida keng nishonlanmoqda.
Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, 
Mahmud az Zamaxshariyning 920 yilligi, Burhoniddin Marg‘inoniy 
tavalludinng 910 yilligi, Imom Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, 
Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi, Xo‘ja Axror Valiy-
ning 600 yilligi, Alisher Navoiyning 550 yilligi, Kamoliddin Behzod 
tavalludining 545 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi
keng nishonlandi, 1998-yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 
yilligi, Ahmad al Farg‘oniyning 1200 yilligi nishonlandi. 
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 
ko‘p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‘rt jildlik Hadislari, 
Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‘plami, Qur’oni Karim 
sharxlariga oid ko‘plab kitoblar chop etildi va ulardan xalqimiz 
bahramand bo‘layotir. Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari umum-
xalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Har-
yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado et-
moqdalar. Ko‘plab masjid va madrasalar qurildi va ta’mirlandi. 
Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo-
larning nomlari qayta tiklandi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 
800 yilligi, Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bek-
ning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan 
yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Milliy 
istiqlolimiz kurashchilari Munavvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla 
Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari oqlanib, 
asarlari chop etildi.
Qatag‘on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo‘lida 
qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak 
nomlarini abadiylashtirish maqsadida vatanimiz poytaxti Toshkent 
shahrida Shahidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o‘zlikni anglashning, 
tarix bilan uyg‘ongan millat tarjimai holining mustaqillik ko‘zgusida 
namoyon bo‘lishining bir qirrasidir. 
Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek, ma’-
naviyatimizning ildizi qadimga borib taqalishidan guvohlik beruvchi 
Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‘yining o‘tkazilishi jahon 
shaharsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof
etilgan edi. 2002-yilda Shahrizabz, Termiz shaharlarining 2500 


46
yilligi, 2006-yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, 
«Alpomish» eposining 1000 yilligi, Qarshi shahrining 2700 yilligi, 
Samarqand shahrining 2750 yilligi, Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi 
va Toshkent shahrining 2200 yilligi jahon miqyosida nishonlanishi 
«Avesto» yoshining 3 ming yilga yaqinlashgani ma’naviyatimiz 
tomirlari naqadar qadimiyligi va baquvvatligining dalillaridir.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish bilan davlat idoralarida 
ish yuritish, shaharlarda ko‘chalar va joylarning nomlanishida tarixiy
haqiqat qaror topdi. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko‘plab asarlar 
o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. O‘zbek tilining xalq va davlat 
hayotidagi asosiy ahamiyati va o‘rnini tiklash borasida sezilarli ishlar 
amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati 
mustahkamlandi. Maktablar va oliy o‘quv yurtlarida rusiyzabon 
yoshlarning o‘zbek tilini o‘rganishi uchun ham katta imkoniyatlar 
yaratib berilmoqda. 
Davlatimiz rahbari eng avvalo, ishni ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatining huquqiy asoslarini yaratib berishdan boshladi. Bu 
boradagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-
yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning tasdiqlanishi buning 
yaqqol misolidir.
Prezidentimiz Islom Karimov 1996-1997-yillarga kelib, ta’lim-
tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani 
tubdan isloh etish bo‘yicha muhim dasturiy hujjatlar qabul qilish 
lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. Shu boisdan ham «Kadrlar 
tayyorlash milliy Dasturi»ni tuzish komissiyasi tashkil etilib, unga 
yurtboshimiz bevosita rahbarlik qildi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning O‘zbekistonga xos eng 
muhim xususiyati – yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar 
ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga 
oshirildi.
Zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish uskunalari bilan jihoz-
langan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar barpo etildi, yangi 
ta’lim standartlari va axborot texnologiyalari, interaktiv usullar o‘quv 
jarayoniga tatbiq etildi.
Oliy ta’limda bakalavriat va magistratura tizimi joriy qilindi. 
Jahon standartlariga xos bu tizim oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat 
qilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» AQShdan so‘ng dun-


47
yoda ikkinchi bor faqat O‘zbekistonda qabul qilindi va bugungi kunda 
turli mamlakatlar bizning bu boradagi tajribalarimizni katta qiziqish 
bilan o‘rganmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amalga oshirilishi nati-
jasida 8500dan ziyod maktabda qurilish, rekonstruktsiya va ta’mirlash 
ishlari, bajarildi, yangi tipdagi 1537 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’-
limi muassasasi qurilib, yoshlarimiz eng zamonaviy talablar asosida 
o‘qitilyapti. 
2012-yilning 16-17-fevral kunlari Toshkentda Prezidentimiz 
Islom Karimov tashabbusi bilan «Yuksak bilimli va intellektual 
rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy etti-
rish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusida xal-
qaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ko‘plab yirik tashkilotlar 
va moliya institutlari, jumladan, BMT, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot 
banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi 
dunyoning 48 ta davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar, hamda 
mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va 
yosh avlodni barkamol tarbiyalashning milliy modelini yaratishda 
O‘zbekiston tajribasini o‘rgandilar.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari rivoj-
langan xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqda. 
«Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‘-
bek», «Umid», «Ustoz» kabi jamg‘armalar ham Prezidentimiz 
tashabbusi bilan vujudga keldi.
«Umid» jamg‘armasi, «Ustoz» jamg‘armalari 2003-yil 1-iyulda 
birlashtirilib, ular negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Iste’dod» jamg‘armasi tashkil topdi. «Iste’dod» jamg‘armasi orqali 
republikamiz oliy o‘quv yurtlari AQSh, Angliya, Germaniya, Avstri-
ya, Ispaniya, Finlandiya, Italiya, Gretsiya, Xitoy, Janubiy Koreya, 
Belgiya, Misr, Malayziya, Isroil kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlari 
bilan ta’lim, ilmiy, ilmiy-uslubiy sohalarda tajriba orttirish uchun 
talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar 
almashuvi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, 
xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari 
respublikamizning universitet va institutlarida dars berish uchun taklif 
qilnmoqda. 


48
Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch» asarida ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi haqida alohida 
to‘xtalib, kishilik jamiyatining ming yillar davomida bahs-munoza-
ralariga sabab bo‘lib kelayotgan o‘ta muhim muammoni ijobiy hal 
qilib berganligining guvohi bo‘lib turibmiz.
Prezidentimiz bu bahsli muammoga atroflicha o‘z fikr-muloha-
zalarini bildirar ekan, qadimgi hind, xitoy yoki yunon faylasuflarini, 
Sharq va G‘arb Uyg‘onish davri namoyondalarini, islom olami 
mutafakkirlarining ilmiy merosini tahlil qilib, ularning ayrimlari
ruhiy olamni birlamchi deb bilsa, ba’zilari esa moddiy olamni asosiy 
o‘ringa qo‘yganligini, keyinchalik materializm va idealizm kabi 
ta’limotlar maydonga chiqqanligini aytadi.
«Ushbu masalalarga chuqurroq va atroflicha nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, avvalo shuni aytish kerakki, bu ko‘hna dunyo biz yashayotgan 
hayot yagona, yaxlit bir voqelikdir. Shunday ekan, moddiy ehtiyojlarni 
insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish ularning birini ustun 
deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish 
qandaydir bir yoqlama qarash ifodasi, deb aytsak xato bo‘lmaydi.
Qolaversa, bu masalaga bunday keskin yondashuv, xususan, 
odamning ruhiy dunyosini mensimaslik, uni ikkilamchi o‘ringa 
qo‘yish oxir-oqibatda jamiyat hayotini inqirozga olib kelishi muqarrar 
ekanini tarix ko‘p marotaba isbotlagan. 
Bir so‘z bilan aytganda, inson o‘z timsolida ham moddiy, ham 
ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, 
Yaratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir. Shuning uchun ham uning 
ichki dunyosi unga ato etgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, 
tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala. 
Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos or-
zu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun 
zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan 
qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. 
Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom 
ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va 
jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘-
ladi»
1
, degan ilmiy-nazariy jihatdan mukammal ahamiyatga ega 
bo‘lgan o‘ta nozik muammo o‘z yechimini topadi. 
1
Каримов
И
.
А
Юксак
маънавият

енгилмас
куч

Т

Маънавият
2008., 66-67 –
бетлар



49
Shu bilan bir qatorda oldimizda milliy-ma’naviy tiklanish, 
millatimiz tarixi va merosini chuqur o‘rganish borasida amalga oshiri-
shimiz zarur bo‘lgan ko‘lami jihatdan juda katta vazifalar turibdi. 
Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqni 
nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, 
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz».
1
Milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomoni-
dan amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan ishlar ilmiy jihatdan yangi nazariy konsepsiya yaratdi. Ular;
a) milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy konsepsiya-
sini ishlab chiqilganligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning 
XXI asrdagi vazifalarini belgilab berilganligi; 
b) milliy-ma’naviy tiklanish mamlakatimizning totalitarizmdan 
demokratik jamiyatga o‘tish sharoitidagi o‘ziga xos xususiyatlarini 
ilmiy asoslab berganligida va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy 
tafakkurimizda emas, shu bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur 
taraqqiyotida yangi yo‘nalish boshlab berganligida ham namoyon 
bo‘ldi. 
Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar 
xalqimizning o‘zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga, 
millatimiz abadiyligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuning 
uchun ham Prezidentimiz ishlab chiqqan konseptual g‘oyalarni 
chuqur o‘zlashtirish va uni real hayotimizga tatbiq qilishda fidoyilik 
ko‘rsatish, mamlakatimiz va

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish