Ma’naviy o‘zlikni anglash.
Prezident Islom Karimovning
«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga bel bog‘lagan xalqimiz,
ayniqsa, yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish jarayonining
tarkibiy qismi, tarixiy xotirani tiklash, o‘tmish avlodlarga munosib
bo‘lish, ular qoldirgan ma’naviy merosni asrab-avaylash va takomil-
lashtirish omili ta’riflab berilgan. Ma’naviy o‘zlikni anglash jamiyat
ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratlashtirish va yangilash, yangi
tafakkurni shakllantirishning asosiy vositalaridan biridir. Ma’lumki,
shaxsda ko‘plab ijtimoiy-insoniy fazilatlar bilan birga ma’naviy
o‘zlikni anglash xususiyati ham mujassamdir. Bu g‘oyat ko‘p qirrali,
59
murakkab, ayni paytda, ziddiyatli ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun unga
kompleks yondashish talab etiladi. Avvalo, ma’naviy o‘zlikni anglash
keng ma’nodagi milliy o‘zlikni anglashning tarkibiy qismidir.
Shuning uchun ma’naviy o‘zlikni anglash milliy taraqqiyotning
nafaqat belgisi, shuningdek, maqsadi hamdir. Demak, ma’naviy
o‘zlikni anglash ijtimoiy fenomen sifatida milliy taraqqiyot maqsadi
bilan uyg‘unlikda talqin etilishi zarur. Ma’naviy o‘zlikni anglash
subyekt (shaxs, millat, xalq)ning borliqda o‘zining tarixiy-madaniy,
ijtimoiy-axloqiy, diniy-ruhiy, badiiy-estetik qadriyatlariga, borliqni
bilishda gnoseologik
1
tajribalariga ega ekanini idrok etishidir.
Ma’naviy o‘zlikni anglashda «xalq ruhi», «xalq qalbi» degan
tushunchalar ham muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham ma’naviyat
muammolarini tadqiq etgan mutaxassislar «ruh», «qalb» kategoriya-
lariga murojaat qiladilar. Ma’naviy o‘zlikni anglash avvalo, kishining
o‘z ruhi va qalbini idrok etishi bo‘lib, ijtimoiy darajada u xalqning
o‘ziga xos ruhiy-ma’naviy birligini ifoda etadi. Milliy o‘zlikni
anglashga taalluqli hodisa sifatida esa ma’naviy o‘zlikni anglash
ma’lum bir millat vakillarining qalbiga, ruhiga yaqin umumiy
boyliklar, qadriyatlar, tasavvurlar, an’analar, ruhiy-ma’naviy holatlar
asosida kishilarni xalq, millat sifatida birlashtiradi, ularga xos
umumiy belgilar baxsh etadi. Shu o‘rinda Prezident Islom Karimov
tomonidan ilgari surilgan «Shu aziz Vatan barchamizniki» g‘oyasi
nafaqat mamlakatimizda yashovchi har bir kishini, balki butun millat,
elatlarni birgalikda ozod va obod Vatan barpo etish yo‘lida hamkorlik
va hamjihatlikka undaydi. Odamlar har doim ma’lum bir g‘oyalar
atrofida birlashib, yirik ijtimoiy kuchga, harakatga aylangan. Inson
o‘zini ma’naviy-ijtimoiy kuch ekanligini ma’lum bir qarashlar,
g‘oyalar atrofida birlashib namoyon qilishi mumkinligini qadimdayoq
anglab yetgan. Ma’naviy o‘zlikni anglash qanchalik keng, serqirra, in-
son va jamiyat hayotining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lmasin, u
milliy g‘oyaga asoslanadi. Demak, milliy g‘oya ma’naviy o‘zlikni
anglashning o‘zagidir.
Ma’naviy o‘zlikni anglash xalqqa, millatga oid belgilar orqali
ham o‘z xususiyatini namoyon etadi. Dunyoda o‘zining ma’lum bir
belgilariga ega bo‘lmagan xalq, millat yo‘q. Aynan shu belgilar
kishilarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ulardagi mushtaraklikni yorqin
1
Гносеологик
–
илмий
билиш
манбалари
,
имкониятлари
ва
воситалари
ҳақидаги
таълимот
.
60
namoyon etadi. Ma’naviy o‘zlikni anglashni axloq, odob, inson-
parvarlik, ezgulik, mehr-muruvvat kabi insoniy fazilatlarsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda ma’naviy o‘zlikni anglash tushunchasi
ma’naviyat bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’naviyatning bosh xususiyati va
vazifasi shaxsda axloqiylikni, insonparvarlikni shakllantirishdir.
Ma’naviy o‘zlikni anglash shaxsning ma’naviy dunyosi va
shakllanishi kabi murakkab, goho ziddiyatli kechadigan, har doim
ham bir mezon, me’yorlar bilan o‘lchanavermaydigan hodisa. Uning
namoyon bo‘lishi va shakllanishi har doim ham shaxsning, hatto
muhitning ham ixtiyorida bo‘lavermaydi. Ularga ko‘zga ko‘rinmas
ijtimoiy munosabatlar, umumiy-axloqiy normalar, tarixan shakllangan
an’analar, urf-odatlar, xalqaro vaziyat, axborotlar oqimi kabi omillar
ham ta’sir etadi. Ma’naviy o‘zlikni anglash ma’naviyatning shakl-
lanish jarayoni kabi shaxsning butun umri davomida kechishi mum-
kin. Ammo bu ma’naviyatda ham, ma’naviy o‘zlikni anglashda ham,
shaxsning ma’lum bir xalqqa, millatga taalluqli ekanini anglatuvchi
muhim xususiyat, belgilar yo‘q ekanini anglatmaydi. Xalqni xalq,
millatni millat qilib turgan belgilar uning asrlar davomida shakllangan
muqim, barqaror tarixiy-madaniy qadriyatlari (tili, turmush tarzi,
an’analari va b.) bilan mushtaraklikda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy
o‘zlikni anglashning o‘zgarishi ana shu barqaror milliy-madaniy
asosning nisbiy o‘zgarishi ifodasidir. Milliy-madaniy asoslar
ma’naviyatda, milliy o‘zlikni anglashda muqim saqlanib qoladi, aks
holda shaxs ham, millat ham o‘zligini, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi.
Xalq, millatning shakllanishi bilan birga ma’naviy o‘zlikni anglash
ham shakllanib boradi. Millatsiz ma’naviy o‘zlikni anglash yo‘q,
ma’naviy o‘zlikni anglashsiz esa millatning bo‘lishi dargumon. Ular
o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni ochib berish maxsus sotsial-
psixologik yoki etnopsixologik tadqiqotlar o‘tkazishni taqozo qiladi.
Bu o‘rinda biz shuni aytishimiz mumkinki, xalqning, millatning
barqaror ijtimoiy etnik birlik sifatida tarix sahnasidan joy olishi
ularning ma’naviy o‘zlikni anglashiga va tarixiy-madaniy jarayon-
larda uni namoyon etishiga bog‘liqdir. Ma’naviy o‘zlikni anglash
uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida ko‘p avlodlarning ma’naviy, ilmiy,
ijodiy izlanishlari mahsuli sifatida paydo bo‘ladi. Millat shakllangan
sayin, u aniq ko‘rinishga, ma’lum bir tamoyillar, me’yorlar, modellar,
qadriyatlar shakliga o‘tib, milliy madaniyatning o‘zak qismiga
61
aylanadi. Masalan, o‘zbek xalqi ma’naviy o‘zlikni anglashni «Aves-
to»dan boshlab, buyuk ajdodlarimiz merosidagi umuminsoniy qadri-
yatlardan izlashi bejiz emas. Chunki ushbu bebaho merosda xalqi-
mizning orzu-umidlari, axloq, odob, ezgulik, adolat, porloq hayot
haqidagi g‘oyalari mujassamlashgan. Aynan ushbu qadriyatlar bugun
o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi, ma’naviy madaniyatining
o‘zagi sifatida o‘rganilmoqda. Ma’naviy o‘zlikni anglash negizida
ma’naviy kamolotga yetishga intilish yotadi. Ma’naviy kamolotni
nazarda tutgan kishi tinmay o‘z ustida ishlaydi, mukammallikka
intiladi, ma’lum bir idealga yetishni maqsad qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |