«Har qaysi xalq yoki millatning ma’navi-
yatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada,
tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yod-
gorliklar eng muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi»
1
.
Shu-
ningdek, ma’naviy meros bir vaqtning o‘zida millat, davlat, mintaqa
va butun insoniyatga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Imom
Buxoriy va Imom Termiziyning diniy-ma’rifiy merosi, Abu Ali ibn
Sinoning tibbiyotga oid yoki Mirzo Ulug‘bekning astronomiyaga doir
kashfiyotlari nafaqat millatimiz va mintaqamizda istiqomat qilayotgan
xalqlar, balki jahon sivilizatsiyasi, madaniyatidan o‘rin olgan bebaho
ma’naviy meros hisoblanadi.
Ma’naviy meros moddiy merosdan farqli ravishda olamda va
insonning ichki dunyosida ro‘y bergan, berayotgan yoki berishi mum-
kin bo‘lgan intellektual va psixologik holatlar, xatti-harakatlar amaliy
faoliyat va uning natijalarini anglashga keng imkoniyatlar yaratishi
bilan qadrlidir. Shu bilan birgalikda, ma’naviy merosni moddiy
merosga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki bizgacha yetib kel-
gan moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtayi nazaridan ayni
vaqtda ma’naviy merosga aylanishi ham mumkin. Masalan, uzoq
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 29-30
бетлар
.
52
o‘tmishda yaratilgan va bizga qadar yetib kelgan tarixiy obidalar
moddiy merosga mansub bo‘lsada, ulardagi muhandislik, bezak
ishlari, qurilish tarixi va unga oid ashyolarning tayyorlanishi,
bunyodkorlari va boshqa jihatlariga ko‘ra ma’naviy merosga aylanadi.
Xuddi shuningdek, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologiyalari
va uskunalari moddiy merosga mansub bo‘lsada, bu boradagi
an’analarning ajdodlardan avlodlarga o‘tishi ma’naviy meros tarzida
amalga oshadi.
Shu jihatdan olib qaralganda, insoniyatning yozma manbalarda
aks etmagan ko‘plab tabiiy ko‘nikmalari ma’naviy meros tarzida
ajdodlardan avlodlarga o‘tib keladi. Yozuvning paydo bo‘lishi ma’na-
viy merosni saqlash va boyitish yo‘lidagi insoniyat erishgan eng katta
yutuq hisoblanadi. Yozuv tufayli hozir ilm-fanda inson taraqqiyoti,
jumladan, ma’naviy merosining besh ming yildan ortiq tarixi, yer va
koinot jismlarining bir necha million yillik davri haqidagi ma’lumot-
lar jamlangan. Kishilar ongi, ichki dunyosi, tafakkur tarzi, his-tuyg‘u-
lariga ta’sir etib, ularni boyitish, rivojlantirish, yangi g‘oyaviy yo‘na-
lishlarga boshlashi ma’naviy merosning asl mohiyatini ifodalaydi.
Shuningdek, bugungi kunda ma’naviy merosning odamlar hayot
tarziga chuqur ta’sir etadigan qadriyat sifatidagi ahamiyati ham tobora
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
I.A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch»
asarida ta’kidlanganidek, «Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning
O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-
birini qo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shu
ma’noda xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida
shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir
qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni
ko‘ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-
shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan
boyitadigan va to‘ldiradigan xususiyatlarni olaylik. Qanchalik g‘alati
tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi
mushkul bir muammo.
Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyo-
qarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu
53
shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning, ma’naviy
merosning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushun-
chasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy
ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan,
qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila
bilan, eng muhimi shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini,
yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat
ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday
xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim
inkor eta olmaydi».
1
Demak, bunday qadriyatlar asrlardan asrlarga ma’naviy meros
sifatida o‘tib kelayotir. Shu jihatdan olib qaraganda, jamiyat tafakku-
ridagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qad-
riyatlar, dunyoqarash, urf-odatlar, an’analar va munosabatlar kelajak
avlodning ma’naviy merosini belgilaydi. Madaniy qadriyatlar va ma’-
naviy meros ming yillar mobaynida xalqimiz uchun qudratli
ma’naviyat manbayi sifatida xizmat qilib kelgan.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomo-
nidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho
ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz
nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri
bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproq-
dan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar,
sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal toptan.
Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari,
shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori-
atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmand-
chilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘l-
ganidan dalolat beradi. Davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimiy
toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida
saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan
tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika,
1
Каримов
И
.
А
.
Юксак
маънавият
-
енгилмас
куч
.
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 7-9
бетлар
.
54
fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n
minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.
Xalqimizning haqiqiy ma’naviy merosi bo‘lmish iymon, insof,
mehr-oqibat, andisha, or-nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, meh-
mondo‘stlik, yurtga va xalqqa sadoqat kabi fazilatlarini asrab-avay-
lab, kelajak avlodning qon-qoniga singdirish jamiyat kundalik
hayotida doimo ustuvorlik kasb etishi to‘g‘risida so‘z ketar ekan,
avvalambor, dindorlar, din peshvolari bilan yaqindan hamkorlikda,
hamjihatlikda ish olib borish zaruriyati hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Insonning ruhiy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, el-yurt tinchligini
o‘ylashi, osoyishta faoliyat yuritishi va millatlar totuvligini saqlashi
bilan bog‘liq qadriyatlarni ifodalovchi ma’naviy merosni o‘zlashti-
rishda din bilimdonlarining o‘rni o‘ziga xosdir.
Bundan tashqari, diyorimiz xalqi qadim zamonlardan o‘zlariga
ma’lum bo‘lgan insoniyat bilan hamfikr bo‘lib keldilar, yaqindan
aloqa bog‘lab yashadilar. Bunga ko‘plab misollar bor. Osiyoning
qa’ridan Yaqin Sharqqa, Yevropa va Afrikaga olib boradigan Buyuk
Ipak yo‘li, butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar,
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari davlat va shaharlar
yaratuvchilari bo‘lmish ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining
ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan hozirgacha dunyoni lol qoldirgan
ma’naviy meroslardir.
Prezident Islom Karimov ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz, ma’naviy merosning qayta
tiklanishi, islohotlarning muvaffaqiyatga erishishi, mamlakatimiz
taraqqiyotining muhim omillari ekanini alohida ta’kidlagan. Ma’lum-
ki, asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatpar-
varlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom
dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. O‘z navbatida, bu
falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib
bordi. Bugun yaratilayotgan ma’naviy merosimiz ana shu falsafaga
uyg‘un holda Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband,
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek,
Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning
dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim. O‘zbekiston xalqi
minglab-yillar davomida barpo etilgan ulkan ma’naviy me’ros bilan
faxrlanadi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz,
55
Termizning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Sharq mutafakkirlari
al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, al-
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy,
Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur acarlari milliy- ma’naviy
merosgina emas butun bashariyatning bebaho mulki hamdir.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutu-
g‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy
barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning
uchun mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishdan qolgan
ma’naviy meroslarimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligi-
mizning o‘tgan yillari davomida ana shu boy merosimizni o‘zlash-
tirish orqali chinakam milliy tiklanishga erishdik. Millatimiz o‘zining
haqiqiy ma’naviy qiyofasiga ega bo‘ldi. Ammo bu borada hali oldi-
mizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan juda katta vazifalar turibdi.
Ana shulardan biri hozircha bizga noma’lum, ammo dunyoning turli
mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin
egallab kelgan juda ko‘p moddiy va ma’naviy merosimizni o‘z
Vatanimizga keltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va
ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozimligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |