Ma’naviy merosning inson va jamiyat rivojiga ta’siri
201-guruh talabasi Meliqo’ziyev Abdulvosid
Ma’naviy meros — ma’naviy taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xususiyatiga ega bo‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o‘sishi, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha. Ma’naviy meros ajdodlar tajribasi, ular qoldirgan ma’naviy boyliklarining kelgusi avlodlarning amaliy faoliyati, tafakkur tarzida qanday ahamiyat kasb etishiga ko‘ra, yakka shaxs, alohida guruh yoki muayyan millat vakillariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Merosning ma’lum milliy tilda yaratilgani, milliy madaniy- ma’naviy an’analar, qarashlarni aks ettirgandan ko‘ra,muayyan millatga, ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi turli millatlarni qamrab olishi xususiyatiga ko‘ra - jamiyatga, insoniyat tarixida tutgan yuksak o‘rniga ko‘ra – sivilizatsiyaga tegishli bo‘lishi ham mumkin.
Ma’naviy meros millat, davlat, mintaqaga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Imom Termiziyning diniy-ma’rifiy merosi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid yoki Mirzo Ulug‘bekning astronomiyaga doir kashfiyotlari nafaqat millatimiz va mintaqamizda bebaho ma’naviy meros hisoblanadi.
Imom Termiziy jome masjidi
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi
Moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtai nazaridan ayni vaqtda ma’naviy merosga aylanishi ham mumkin.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekistonni ma’naviy meros nuqtai nazaridan qaraganda to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimiz ma’naviy merosini qayta tiklash, mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- yuksak vatanparvarlik.
Ular:
Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sohibqiron-u sarkardalar yetishib chiqqan.
Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rk-u fayzini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizdagi dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi.
Tarixda turli beshafqat sinovlardan omon qolgan, eng qadimiy toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir
Do'stlaringiz bilan baham: |