MA’NAVIY BOYLIK -BARKAMOLLIKNING ASOSIY POYDEVORI
Reja:
Ma’naviy me’ros ning tushunchasi
Tarixiy yodgorliklar haqida
Madaniy boyliklar haqida
Foydalanilgan adabiyotlar
Madaniy meros ob`ektlari Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorotini amalga oshirish;
madaniy meros ob`ektlarini muxofaza qilish, asrash, targ`ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
madaniy meros ob`ektlarini tadbiq etish, konservatsiyalash, tuzatish, ta`mirlash xamda xozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish bo`yicha davlat dasturlarini amalga oshirish;
madaniy meros ob`ektlarining aniqlanishi, xisobga olinishi, muxofaza qilinishi, targ`ib qilinishi va ulardan foydalanishini ta`minlash;
madaniy meros ob`ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha davlat boshqaruvi orgonlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
madaniy meros ob`ektlarining davlat kadastrini yuritish;
madaniy meros ob`ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish va amalga oshirish;
monumental yodgorliklar va xoykallarni loyixalashtirish va qurish bo`yicha davlat rejalarini bajarilishini ta`minlash;
muzey ishlariga, ekskursiyalar va badiiy ko`rgazmalar tashkil etishga, tarixiy va badiiy, me`moriy muzey qo`rikxonalari faoliyatiga raxbarlik qilish;
mutaxassis va ishchi kadrlar tayyorlash va ularning malakalarini oshirish;
xujjatlariga muvofik. boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
2000 yil 30 avgustda qabul qilinlgan O`zbekistan Respublikasining "Madaniy meros ob`ektlarini muxofazalash va ulardan foydalanish to`g`risida'gi qonuni madaniy meros ob`ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish soxasida jaxon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.
O`zbekiston Respublikasi xududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta o`rin tutgan, unlar asrlar davomida shaqlangan Samarkand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz, Qo`qon, Marg`ilon, Rijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy shaxarlar, mavjud bo`lgan me`moriy va tarixiy obidalarni davlat muxofazasiga olingan.
Aynan, istiqlol sharofati bilan 1991 yilda Xivadagi "Ichan-qal`a", 1993 yilda Buxoro shaxrining tarixiy markazi, 2000 yilda Shaxrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me`morchilik obidalari, 2001 yilda Samarqand shaxrining tarixiy yodgorliklari "Butunjaxon madaniy meroslari ro`yxati"ga kiritilgan.
Shuni ta`kidlash lozimki, bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan oltita nomlanishdagi madaniy meros ob`ektlari "Butunjaxon madaniy meroslari ro`yxati"ga kiritilgan bo`lsa, shundan beshtasi O`zbekiston Respublikasi xududida joylashgan.
Bundan tashkari 26 ta nodir obida: Oq Ostona Bobo, Arab ota, Ishratxona, Mir Sayd Baxrom makbaralari, Baxouddin Nakshbandiy, Chor Bakr, Shayx Muxtor Vali, Xakim at-Termiziy, Raboti Malik majmualari, Jarko`rg`on va Vobkent minoralari, Xon Bandi turoni va boshqa yodgorliklarga davr dastlabki talabnomalar xam bu royxatga kiritish uchun taqdim etilgan.
Madaniy ob`ektlarning davlat kadastrini yurgazish yuzasidan amaliy ishlar boshlangan. Manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda xozirgi vaktda davlat muxofazasida bo`lgan madaniy meros ob`ektlarini xatlovdan o`tkazildi xamda ularni belgilangan tartibda Madaniy meros ob`ektlari davlat kadastriga kiritilmoqda.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan o`zbek xalqining buyuk farzandlari, tarixiy shaxarlarning yubileylarini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish davrida usha davrlarga ta`aluqli tarixiy yodgorliklar va me`moriy obidalar qayta ta`mirlanib qolmasdan, milliy an`analar bilan sug`orilgan ko`plab ajoyib zamonaviy me`moriy majmualar - Samarkand viloyatida Imom al-Buxoriy, Farg`ona va Quvada Axmad al-Farg`oniy me`moriy majmualari, Samarkand shaxrida Imom al-Moturidiy, Marg`ilonda Burxoniddin al-Marg`inoniy ma`baralari, Toshkentda "Motamsaro ona", "Shaxidlar xotirasi" majmualari Toshkent, Samarkand, Shaxrisabz shaxarlarida Soxibkiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Termizda Alpomish, Urganchda Jaloliddin Manguberdi xaykallari, "Avesto" xaykaltaroshlik kompozitsiyasi barpo etildiki, ular madaniy merosimizni boyitdi.
2002 yilda Shaxrisabz shaxrining 2700 yillik yubileyi bag`ishlab Oq saroy parki, Dorus-Saodat, Dorut-Tilovat majmualari, Chor su savdo rastasi, Chubin madrasi kal`a devorining bir qismida 1293,0 mln. So`m xajmida ta`mirlash va atrofini obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Buyuk yurtdoshimiz Buxoro viloyatida Abduxolik G`ijduvoniy tavalludinining 900 yilligiga bag`ishlab G`ijduvonda Ulug`bek madrasasi oldida yangi me`moriy majmua - Abduxolik G`ijduvoniy maqbarasi va masjidi barpo etilmokda, Bu ishlarga davlat byudjetidan 400,0 mln. so`m ajratilishi rejalashtirilgan.
Boxouddin Naqshbandiy me`moriy majmuasidagi yodgorliklarni ta`mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga Buxoro viloyati 250,0 mln. so`m ajratishni rejalashtirgan. To hozirgi kunda belgilangan ta`mirlash-tiklash ishlari yakunlanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqirik. Oliy Majlisning o`n birinchi sessiyasida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga xurmat-extiromni yana kuchaytirish xamda ularning O`zbekiston Respublikasi xududidan tashkarida dafn etilgan joylarini obodonlashtirish tg`g`risidagi takliflarini amalga oshirish maqsadida xukumat delegatsiyasi Afg`onistonning Xirot shaurida bo`lib buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning makbarasini ta`mirlash va obodonlashtirish ishlarini urgandilar. Buyuk allomaga bo`lgan extiromni o`z joyiga qo`yish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida shu erda Temuriylar davri me`morchiligi an`analariga xos yangi maqbara binosini qurish boyicha taklif tayyorlandi va Tashqi ishlar vazirligiga Afg`oniston xukumati bilan kelishish uchun berildi. Lozim bo`lgan mablag`lar ajratilgan.
Samarkand, Buxoro, Xiva va bosh`a shaxarlardagi madaniy meros ob`ektlari joriy ta`mirlanib, obodonlashtirildi.
Jumladan Go`ri Amir ma`barasi, Registon me`moriy majmuasi, Shoxizinda me`moriy majmuasi, Afrosiyob muzeyi, Ulug`bek rasadxonasi joriy ta`mirlandi, atrofi tozalab obodonlashtirildi. Asosiy ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari Bibi Xonim masjidi yodgorligining kirish peshtog`ida olib borildi. Bu erga Samarkandliklardan tashkari Shaxrisabz, Navoiy, Tashkent va bosh`a shaxarlardan ta`mirchi ustalar jalb etildi va 100 mln. sum xajmida ishlar belgilangan muddatda bajarildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maukamasining 2003 yil 22 avgustdagi "Din soxasidagi ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko`mak va imtiyozlar berish tugrisida"gi 364-sonli qarori, 2003 yil 27 avgustdagi Din soxasidagi ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirish turrisidagi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligning 2003 yil 11 sentyabrdagi 215~sonli buyrug`i qabul qilindi.
Xozirgi kunda mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan Madaniy meros ob`ekti sifatida davlat ro`yxatiga olingan diniy obidalarni belgilangan tartibda tuzilgan Foydalanish va muxofazalash shartnomalari asosida O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga foydalanish uchun berilishi yuzasidan ish olib borilmoqda
Yoshlar kamoloti va ma’naviy meros.
Toshkent islom universitetida yoshlar kamolotida ma’naviy merosning ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mazkur oliy ta’lim dargohi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamda Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.
Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi vazifasini bajaruvchi, muftiy U.Alimov, O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi A.Alimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodni Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan shaxslar etib kamolga yetkazishdek ezgu maqsadga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Shu maqsadda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi yoshlarga puxta bilim berish, jahon andozalari darajasidagi o‘quv maskanlarini barpo etish, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish imkonini bermoqda.
Yosh avlod ongi va qalbiga umrboqiy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, fidoyilik, yurt ertasi uchun daxldorlik hissini chuqur singdirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2008 yilning Yoshlar yili deb e’lon qilinishi yosh avlod manfaatlarini ta’minlash, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatimizning yetakchi kuchiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbatida qayd etilganidek, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, har tomonlama chuqur o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ib va tashviq etish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent kabi qo‘hna va navqiron shaharlarni yanada obod etish, ulardagi noyob me’moriy obidalarni saqlash, qayta tiklash, ta’mirlash barobarida mutafakkir bobokalonlarimizning pok nomlarini tiklash, xotirasini e’zozlash, ibratli faoliyati, bebaho ma’naviy merosini chuqur tadqiq etishga doir ezgu ishlar shular jumlasidandir.
Yoshlarni milliy fazilatlarimizga yot va zararli ta’sirlardan himoyalash, ular qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida joriy etilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani, yurtimiz olimlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokidagi turli ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar, muzeylar, muazzam maydonlarda o‘tkaziluvchi «Ma’naviyat saboqlari»ning o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent islom universitetida Axborot-resurs markazi, ulkan kitob zaxirasiga ega manbalar xazinasi, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, kompyuter va lingafon xonasi yoshlar bilimi, tafakkuri va ma’naviyatini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.
Insoniyat tarixining saboqlari ko‘p. Shulardan biri — o‘z tarixini, ota-bobolari bosib o‘tgan yo‘lni, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi bo‘lmaydi. Har bir xalq milliy taraqqiyot, farovonlik sari intilar ekan, o‘z o‘tmishiga ziyrak nigoh bilan qarashi, yaxshi-yomon kunlaridan anglashiladigan xulosalarni diqqat-e’tiborda tutishi lozim bo‘ladi. Yana bir saboq — ozodlik, hurlik yo‘lidagi maqsad-muddaolari ijobat bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritganlar ham, bir lahza bo‘lsin, hushyorlikni qo‘ldan bermasligi, hamisha ogoh bo‘lishi, ta’lim-tarbiyada ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymasligi lozim bo‘ladi. Bu to‘g‘rida fikr yuritar ekan, kitob muallifi quyidagilarni ta’kidlaydi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz
intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. “Ma’naviyat” tushunchasi hayotimizga istiqlolga erishganimizdan keyin kirib keldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu tushuncha avval ham mavjud edi. Ammo totalitar tuzum sharoitida inson ma’naviyati, ruhiy olami, milliy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritish mutlaqo mumkin emas edi. Davlatimiz rahbarining yangi kitobida ma’naviyatning ma’no-mohiyati uzoq yillik hayotiy kuzatishlar, mustaqillik yillari tajribalari va bugun dunyo miqyosida yuz berayotgan voqea-hodisalar, inson ruhiy olamidagi o‘zgarishlar misolida g‘oyat ta’sirchan va ishonarli tarzda ifodalab berilgan: “Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir. Mening nazarimda, “ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi”. Istiqlolimizning dastlabki qadamlaridan boshlaboq ijtimoiy-madaniy hayotimizda, ta’lim va tarbiyada ma’naviyatga, xususan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz rahbari o‘zining har bir ma’ruzasida, asarlarida ma’naviyat milliy o‘zlikni anglashda muhim va hal qiluvchi vosita ekanligini alohida uqdirib o‘tadi. Shu bois, o‘tgan yillar davomida olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilar bu yangi tushunchani sharhlashga, uning bugungi hayotimizdagi ahamiyatini anglashga harakat qildilar. Ammo, e’tirof etish kerakki, yuqorida keltirilgan ta’rifda, hech mubolag‘asiz, “ma’naviyat” so‘zining ma’no-mohiyati har jihatdan mukammal darajada ochib berilgan. “Insoniyatning ko‘p mingyillik tajribasi shundan dalolat beradiki, — deb yozadi muallif, — dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”. Kitobda ma’naviyatimizga bo‘layotgan turli ko‘rinishdagi tahdidlarga alohida e’tibor beriladi. Ma’naviy qurolsizlantirilgan va buning oqibatida ma’naviy ildizlari zaiflashgan xalq eng oddiy xavf-xatar oldida ham ojiz bo‘lib qoladi. Bugun dunyodagi katta-kichik har bir mamlakat ona sayyoramizning duch kelgan chorrahasida o‘z manfaatini qidirib, voqea-hodisalarga baho berishda, avvalo, o‘z manfaatidan kelib chiqar ekan, yanada hushyor va ogoh bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Negaki, iqtisodiy, harbiy tazyiqni sezish oson, ammo mafkuraviy tazyiq ko‘rinmas va sezilmas bir ofat sifatida xalq, millat hayotiga asta-sekin kirib keladi va chuqur ildiz otadi. Iqtisodiy tanglikni hamjihatlik bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yengish mumkin, ammo ma’naviy tanglikni yengish oson kechmaydi. Buning sababi, niyati xolislikdan yiroq kuchlar bugungi globallashuv zamonida o‘zga bir xalq, millat ma’naviyatiga qarshi kurash boshlar ekan, bir qarashda beozor ko‘rinadigan “maftunkor, jozibali” vositalardan, jumladan, internet, radio va televidenie imkoniyatlaridan, chiroyli ko‘rinish va manzaralarga burkalgan ko‘pseriyali kino mahsulotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan g‘oyatda unumli foydalanadi. Bunda asosiy kuch va imkoniyatlar yosh avlod ongi va qalbiga ta’sir o‘tkazish, ularni to‘g‘ri yo‘llardan og‘dirishga qaratiladi. Bu kurashning yana bir maqsadi — o‘zga bir xalq, o‘zga bir millat hayotiga, ma’naviy olamiga o‘z qadriyatlarini singdirishga urinishdir. Istiqlol yillarida bunday noxush holatlarga ko‘p bor duch keldik va, aytish joizki, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas, kelgusida ham bo‘ladi. Eng achinarlisi, goho o‘zimiz ham beparvoligimiz, atrofimizda, uzoq-yaqin hududlarda kechayotgan jarayonlar mohiyatini chuqur anglamasligimiz oqibatida ma’naviyat va milliy ruh ildizlarini zaiflashtirishga bo‘lgan urinishlarning ishtirokchisi bo‘lib qolamiz. Birovning ashulasiga o‘ynab ketamiz, odob-axloqimizga, ma’naviyatimizga, milliy mentalitetimizga yot narsalarni farqlamay, taka bo‘lsinu sut bersin deganday, bemalol targ‘ib qilaveramiz. Bugun biz e’tibor bermayotgan bunday “mayda-chuyda” narsalar ertaga yoshlar ongini zararli chirmovuq yanglig‘ o‘rab olishi aniq. Zero, ma’naviyatda, ma’naviy-axloqiy tarbiyada mayda-chuyda narsalarning o‘zi yo‘q. Davlatimiz rahbari hamisha bo‘lganidek, bu gal ham bizni, butun xalqimizni, ayniqsa, kelajagimiz, ertangi kunimiz bo‘lgan farzandlarimizni mana shu xavfdan ogoh qilmoqda: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy, informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman... Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishni, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, o‘ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi”. Kitob muallifi sodda tilda tushuntirib berayotgan va biz alohida e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan yana bir muhim fikr shuki, ma’naviyatni tushunish va anglash uchun, avvalo, insonni tushunish va anglash zarur. Demak, ma’naviyat insonning ruhiy olami, komillik sari intilishi, odob-axloqi, o‘zi mansub bo‘lgan xalq tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga munosabatini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos ko‘zgu hamdir. Ma’naviyatning yengilmas kuch ekanligi boisi ham shunda. Zero, ruhiy olami pok, o‘zini, o‘zligini anglagan, Vatani tarixidan boxabar, kelajakka ishonchi mustahkam, imon-e’tiqodi butun kishiga hech qanday kuch ta’sir o‘tkaza olmaydi. Savol tug‘iladi — inson ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy omillar nimalardan iborat? Bu savolga kitob muallifi shunday javob beradi: ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar. Shu uch mezon haqida o‘ylar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizdan mustaqillikning dastlabki yillari birin-ketin o‘ta boshlaydi. To‘qsoninchi yillarning boshlari... Sobiq tuzumdan bizga qanday meros qolgani yodimizda. Iqtisod parokanda bo‘lgan, xalqning turmushi benihoya og‘irlashgan bir payt. O‘shanda, bir paytning o‘zida ham iqtisod, ham sanoat, ham chegara, ham moliya, madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bilan barobar shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan edi. Bu sohalarda to‘planib qolgan muammolar yechimini bir zumga bo‘lsin, kechiktirish mumkin emasdi. Shunday bir paytda davlatimiz rahbari tarixiy xotira, ma’naviy meros, ma’naviyat, ta’lim va tarbiya, din va diniy qadriyatlarga munosabat masalalarini yangi mustaqil davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, mustaqillikni saqlab qolish va uni har jihatdan mustahkamlashning muhim sharti sifatida e’tirof etdi. Negaki, “ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va, oxir-oqibatda, jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin” edi. Istiqlol sharofati bilan biz ulug‘ ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo‘ldik. Millat o‘zligiga qaytdi. Taqdimot marosimida falsafa fanlari doktori Qiyomiddin Nazarov, adabiyotshunos olim Abdug‘afur Rasulov, siyosatshunos Nigora Umarova, respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari Muhammadjon Quronov, kinorejissyor Jahongir Qosimov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinov, telejurnalist Olim Toshboev va boshqalar o‘z so‘zlarida kitobda o‘rtaga qo‘yilgan muhim ijtimoiy-ma’naviy masalalarning mohiyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdilar. Bu kitob uni mutolaa qilgan har bir kishini bugungi o‘zgarayotgan, globallashayotgan, “ommaviy madaniyat” ta’sirini o‘zida his etayotgan dunyoning muhim ma’naviy muammolari xususida o‘ylashga, fikr yuritishga va o‘zi, kelajagi uchun tegishli xulosalar chiqarishga da’vat etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |