Ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari. 2soat.
Reja:
Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.
Milliy istiqlol mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.
Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasi, qadriyatlar, ma’naviy meros, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri-yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O'zbekiston Prezidenti I.Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.
Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.
O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistiq tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holatlar bilan izohlanadi.
Birinchidan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi-ning XVI Plenumidan so'ng respublikada ijtimoiy-ma'naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo'natilgan kadrlarning ko'plari O'zbekistonda rahbar lavozimlarga tayinla-nishlarini o'zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar jumhuriyat ma'naviy hayotini barbod etishga harakat qildilar. Shu tariqa xalqning ko'p asrlik an'analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.
Ikkinchidan, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o'sha davrda amal kursisini yo'qotmaslik uchun markazga qo'g'irchoq bo'lib qoldilar, sotqinlik qilishdan o'zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an'analari, madaniyati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo'llanish sohasi sun'iy tarzda cheklab qo'yildi. Hatto shundoq ham milliy an'analardan ancha olis-da bo'lgan ayrim san'at turlari kimlargadir maqbul bo'lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar ta'qib ostiga olindi. Bir-gina misol, 1986-yil 4-oktabrda O'zbekiston KPMKning III Plenu-mi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos bo'lmagan xalqning milliy o'zligini anglashiga zid ko'rsatmalar berildi. Jumladan, «O`tmishni ideallashtirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sa-hifalarida shu vaqtga qadar ko'zga tashlanib turibdi, ayrim yozuv-chilarning e'tiborida tarix haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko'ra biluvchi siyosatchi qilib ko'rsatilgan. Bu borada tipik o'rta asrga xos jihatlarni ko'ra olish uchun Pirimqul Qodirovda sin-fiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik faoliyatlarini sezmay, uning go'yo ma'rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko'z yoshi qiladi.
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko'rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, pat-riarxal davrni qo'msashni targ'ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko'rsatishga urinish yotadi», deb ta'kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tu-gatilsin, tarixiy o'tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og'ish yo'lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko'rsatma berdi.
Ko'rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va inter-natsionalizm ruhida tarbiyalash kabi g'oyalarni ilgari sura turib, o'zi xalqni asl ma'nodagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zid yo’l-yo'riqlar belgilab berdi. Bunday noto'g'ri pozitsiya 1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo'lib o'tgan jamiyatshunos olimlarning respublika Kengashida ham yana bir bor ta'kidlandi. Kengash respublika olimlariga tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yo'l-yo'riq xalq tomonidan ma'qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi bu borada o'zi yo'l qo'ygan xatoni o'zi tuzatishga majbur bo'ldi. O'zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma'ruza qilgan, uning birinchi kotibi LA. Karimov shunday dedi: «Yaqindagina o'zbek adabi-yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro'y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1986-yilda bo'lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma'rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo'mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o'tkazish to'g'risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O'zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz». O'zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-siyasi respublikada ma'naviy poklanish, yangilanish davrining bosh-lanishi, ma'naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |