1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug'bek yili, deb e'lon qilinishi, uning 600 yilligini O'zbekistonda va jahon miqyosida, xu-susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.
Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mud-roqlikdan uyg'otib, qarashlarimizni o'zgartirib yuborgani kabi ma'naviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi. Eskicha qarashlardan butunlay qutulmagan, yangilikning esa oldida dovdirab qol-gan bir paytimizda eng to'g'ri yo'lni tanlashda, ma'naviy va ma'rifiy turmushimiz muammolarini hal etishda yana bosh islohotchi-
Davlat ko'makka keldi va mamlakat Prezidenti «Biz ma'rifat va ma'naviyatga tadbirkorlik va tijorat sohalari tomonidan qili-nayotgan homiylikni qo'llab-quvvatlaymiz, bunday homiylarga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag'lari chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbirlarga sarflanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |