Ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari. 2soat. Reja



Download 27,22 Kb.
bet1/7
Sana06.08.2021
Hajmi27,22 Kb.
#139658
  1   2   3   4   5   6   7

Ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari. 2soat.

Reja:

  1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.

  2. Milliy istiqlol mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.

  3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.


Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasi, qadriyatlar, ma’naviy meros, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri-yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobay­nida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O'zbekiston Prezidenti I.Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.

Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mus­taqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raam­lakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.

O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.

Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistiq tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tari­xiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holatlar bilan izohlanadi.

Birinchidan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi-ning XVI Plenumidan so'ng respublikada ijtimoiy-ma'naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo'natilgan kadrlarning ko'plari O'zbekistonda rahbar lavozimlarga tayinla-nishlarini o'zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar jumhuriyat ma'naviy hayotini barbod etishga harakat qildilar. Shu tariqa xalqning ko'p asrlik an'analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.

Ikkinchidan, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o'sha davrda amal kursisini yo'qotmaslik uchun markazga qo'g'irchoq bo'lib qoldilar, sotqinlik qilishdan o'zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an'analari, madani­yati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo'llanish sohasi sun'iy tarzda cheklab qo'yildi. Hatto shundoq ham milliy an'analardan ancha olis-da bo'lgan ayrim san'at turlari kimlargadir maqbul bo'lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar ta'qib ostiga olindi. Bir-gina misol, 1986-yil 4-oktabrda O'zbekiston KPMKning III Plenu-mi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos bo'lmagan xalqning milliy o'zligini anglashiga zid ko'rsatmalar berildi. Jumladan, «O`tmishni ideallash­tirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sa-hifalarida shu vaqtga qadar ko'zga tashlanib turibdi, ayrim yozuv-chilarning e'tiborida tarix haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko'ra biluvchi siyosatchi qilib ko'rsatilgan. Bu borada tipik o'rta asrga xos jihatlarni ko'ra olish uchun Pirimqul Qodirovda sin-fiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik faoliyatlarini sezmay, uning go'yo ma'rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko'z yoshi qiladi.

Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko'rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, pat-riarxal davrni qo'msashni targ'ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko'rsatishga urinish yotadi», deb ta'kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Ple­num «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tu-gatilsin, tarixiy o'tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og'ish yo'lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko'rsatma berdi.

Ko'rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va inter-natsionalizm ruhida tarbiyalash kabi g'oyalarni ilgari sura turib, o'zi xalqni asl ma'nodagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zid yo’l-yo'riqlar belgilab berdi. Bunday noto'g'ri pozitsiya 1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo'lib o'tgan jamiyatshunos olimlarning respublika Kengashida ham yana bir bor ta'kidlandi. Kengash res­publika olimlariga tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yo'l-yo'riq xalq tomonidan ma'qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi bu bora­da o'zi yo'l qo'ygan xatoni o'zi tuzatishga majbur bo'ldi. O'zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma'ruza qilgan, uning birinchi kotibi LA. Karimov shunday dedi: «Yaqindagina o'zbek adabi-yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro'y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1986-yilda bo'lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma'rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo'mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o'tkazish to'g'risidagi qarorini juda ruhlanib ku­tib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O'zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz». O'zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-siyasi respublikada ma'naviy poklanish, yangilanish davrining bosh-lanishi, ma'naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.




Download 27,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish