O‘zbekiston – Janubiy Koreya: strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida



Download 355,5 Kb.
bet1/4
Sana12.01.2017
Hajmi355,5 Kb.
#294
  1   2   3   4

Ахборотни мазкур веб-сайтдан кўчириб олинг www.mtm.buxdu.uz

AXBOROT SOATI MATERIALLARI

24 iyun 2014 yil
O‘ZBEKISTON – JANUBIY KOREYA: STRATEGIK HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

O‘zA, Anvar Boboyev, Anvar Samadov, Sarvar O‘rmonov (surat), 17.06.2014 22:16



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16-iyun kuni ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston bilan Tong bokiraligi o‘lkasi o‘rtasida katta masofa bo‘lsa-da, xalqlarimizni yaqin qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini e’zozlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, ochiqko‘ngillik, saxovat, kattaga hurmat, kichikka izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir. Bir paytlar taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan o‘n minglab koreyslarga o‘zbek xalqi mehr-oqibat va oliyhimmatlik bilan boshpana berganini koreys xalqi hech qachon unutmaydi.

Bugungi kunda izchil muloqotlar va mushtarak intilishlar tufayli davlatlarimiz o‘rtasida ochiqlik, o‘zaro hurmat va ishonch, yaqin strategik hamkorlikka asoslangan munosabatlar qaror topgan va bu aloqalar kundan- kunga yangi-yangi mazmun bilan boyib bormoqda.

Uzoq muddatli hamkorlik mobaynida bosib o‘tilgan samarali yo‘lga xolisona baho berib, shuni aytish mumkinki, Koreya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishda hamda jahon hamjamiyatiga bosqichma-bosqich integratsiyalashishda mamlakatimizni keng qo‘llab-quvvatlagan, vaqt sinovidan o‘tgan va har jihatdan ishonchli strategik sherikdir.

Tashrifning asosiy voqealari 17-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Koreya Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Islom Karimov va Pak Kin Xe shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov bilan Pak Kin Xening tor doiradagi uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

– Biz Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening mamlakatimizga ilk davlat tashrifini O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi tarixidagi muhim siyosiy voqea, tomonlarning oliy darajadagi an’anaviy muloqotlarni davom ettirishga, do‘stlik va strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qat’iy intilishi ifodasi, deb bilamiz. O‘zbekiston Koreya Respublikasiga yuksak darajada rivojlangan, ulkan iqtisodiy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida qaraydi. Taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan, uzoq muddatli strategiyasi tufayli Janubiy Koreya haqli ravishda jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda, – dedi Islom Karimov.

Muzokarada ta’kidlanganidek, bu uchrashuv ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish jarayonidagi muhim bosqich, hamkorlikning bugungi holatini har tomonlama tahlil qilish, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish hamda faol rivojlanib borayotgan strategik sheriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish uchun yaxshi imkoniyatdir.

– Buyuk Ipak yo‘li markazi sifatida azaldan rivojlangan O‘zbekiston bugungi kunda jadal iqtisodiy taraqqiyoti, qulay sarmoyaviy muhiti bilan dunyo mamlakatlarini o‘ziga jalb etmoqda. O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkoridir. Bu yerda ilk bor mehmon bo‘lib turgan esam-da, do‘stona munosabat, ochiqlik va samimiylik tufayli o‘zimni uzoq yillik do‘stlarim huzuriga kelgandek his etmoqdaman. Bunday qulay muhit va yaxshi kayfiyat davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalarining belgisi va uning muntazam rivojlanib borishining dalolatidir, – dedi Pak Kin Xe.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar strategik sheriklik an’analariga mos tarzda o‘zaro ishonch, manfaatlarni hurmat qilish, xalqaro maydonda bir-birini keng qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik barcha dolzarb masalalar bo‘yicha tomonlarning nuqtai nazari va yondashuvlari o‘xshash va yaqindir.

Mamlakatlarimiz BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani strategik hamkorlikni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Prezident Islom Karimovning 2012-yil sentabr oyidagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollariga teng 60 sarmoyaviy loyiha imzolandi.

Parlamentlararo aloqalar rivojlanmoqda, hukumat delegatsiyalari maqomidagi tashriflar izchil kengaymoqda. Tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar muntazamlik kasb etgan. Joriy yil aprel oyida Seulda maslahatlashuvlarning 10-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni monitoring qilib borish, axborot texnologiyalari, quyosh energetikasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Tomonlar bundan buyon ham xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorizm, diniy ekstremizm, uyushgan transmilliy jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda izchil hamkorlik qiladi.

Prezidentlar muloqoti ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom etdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-sotiq sohasida mamlakatlarimiz o‘rtasida 1992-yildan buyon eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi amal qiladi. 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,1 milliard dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida bu boradagi ko‘rsatkich 669,3 million dollarga yetdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita muntazam majlislar o‘tkazib kelmoqda. O‘tgan oyda uning navbatdagi majlisiga Toshkent mezbonlik qildi. Shuningdek, moliya vazirlarining, Energetika va tabiiy resurslar bo‘yicha idoralararo qo‘mitaning yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. 2012-yildan Axborotlashtirish bo‘yicha kengash faoliyat olib bormoqda.

“Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi doirasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Koreya Respublikasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi hajmi 5 milliard dollardan oshadi. O‘zbekistonda janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 korxona, ushbu mamlakatdagi 81 kompaniyaning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya muvaffaqiyatli iqtisodiy hamkorlik borasida katta tajriba to‘plagan. Surg‘il koni negizida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ko‘lami jihatidan g‘oyat yirik loyiha sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte grupp” va “Es-Ti-Iks Enerji” kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida qurilayotgan bu majmua kelgusida 4,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash va buning natijasida 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Janubiy Koreya kompaniyalari mamlakatimizning turli mintaqalarida istiqbolli uglevodorod konlarini aniqlash, geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish, o‘zlashtirish borasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tog‘-kon sanoati sohasida “Shindong Risorsez” kompaniyasi bilan volfram koni o‘zlashtirilayotganini, “Neoplant” kompaniyasi bilan hamkorlikda texnik kremniy ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilganini ta’kidlash joiz.

Avtomobilsozlik – janubiy koreyalik sheriklar bilan birgalikda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan yuqori texnologiyali eng mashhur ishlab chiqarish sohasi. Ayni paytda Andijon va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida avtomobilsozlik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sanoatning bu sohasiga Janubiy Koreyaning 20 kompaniyasi jalb qilingan, 18 qo‘shma korxona tuzilgan.

To‘qimachilik ham hamkorlikning ustuvor sohalaridan biridir. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonda koreyalik sheriklar bilan birgalikda umumiy qiymati 212 million dollarga teng 10 qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Xususan, “DEU Interneshnl” kompaniyasi bilan Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida, “Shindong Enerkom” va “Tekstayl Teknolojiz” kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida to‘qimachilik korxonalari ishga tushirildi. Ayni paytda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida To‘qimachilik texnologiyalarining innovatsion markazini ochish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda yurtimizda “elektron hukumat” tizimi joriy etilmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi va Axborot olish markazi ochilgan. Joriy yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan poytaxtimizda Janubiy Koreyadagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – Inxa universitetining filiali tashkil etildi.

“Korean Eyr” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Navoiy” intermodal logistika markazi faol rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda markaz bir kecha-kunduzda 1000 tonnagacha yukni qayta ishlash, yuk terminalida 300 tonna yukni qayta ishlash va saqlash, yigirmata samolyotga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Ayni paytda ushbu aviaxabdan Seul, Milan, Bryussel, Vena, Parij, Dehli, Mumbay, Istanbul, Xanoy kabi shaharlarga haftada 29 parvoz amalga oshirilmoqda.

Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda moliyaviy-texnik hamkorlik rivojlantirilmoqda. Beg‘araz asosda asbob-uskuna taqdim etish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, koreyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga yo‘naltirish KOIKA bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir. Bu borada sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo‘jalik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika kabi sohalarda umumiy qiymati 54,5 million dollardan ziyod 21 loyiha amalga oshirildi. Yana to‘rt loyihaning ijrosi davom etmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi bilan hamkorlikda qiymati 114,1 million dollarga teng to‘rt sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi.

Muzokarada tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida muntazam ravishda biznes-forumlar o‘tkazish, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish borasida yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

Bugungi kunda O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari davlatlararo va hukumatlararo darajada, iqtisodiy va tijoriy tuzilmalar, firma va kompaniyalar hamkorligi nuqtai nazaridan, jumladan, gumanitar sohada ham tom ma’noda yetuklik, har tomonlama puxtalik kasb etib, o‘zaro manfaatdorlik asosida rivojlanmoqda va mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlariga xizmat qilmoqda.

1992-yildan buyon Toshkentda Koreys ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qator oliy o‘quv yurtlarida koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. 13 oliy ta’lim hamda 28 maktab va litseyda koreys tili o‘rganiladi. Umuman, O‘zbekiston universitetlari Janubiy Koreyadagi o‘ttizdan ziyod oliy o‘quv yurti va ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

2012-yil mart oyida Navro‘z bayrami va mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20-yilligi munosabati bilan Seulda o‘zbek estrada artistlarining konserti tashkil qilindi. 2013-yilda yurtimizda “KBS” milliy teleradiokompaniyasi tomonidan koreys qo‘shiqlari tanlovi o‘tkazilib, uning finaliga chiqqan “Alladin” guruhi keyinchalik 15 mamlakat vakillari ishtirokida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Korean POR World Festival – 2013” festivalida Gran-pri sohibi bo‘ldi. 2014-yilning muhim voqealari – O‘zbekiston yoshlar teatri Bolalar va yoshlar teatrlari uyushmasining “Osiyo uchrashuvlari – 2014” xalqaro festivalida “Shum bola” spektakli bilan qatnashdi, Toshkentda Seul bog‘i tashkil qilindi. O‘zbek va koreys xalqlari uchun qadrli bo‘lgan bu bog‘ O‘zbekiston poytaxtining eng so‘lim go‘shalaridan birida ko‘hna Koreya madaniyati yog‘du taratadigan go‘zal maskan vazifasini o‘tamoqda.

Tomonlar shularni qayd etib, madaniyat, musiqa, san’at va sport sohalarida aloqalarni yanada faollashtirish, qo‘shma madaniy festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar. O‘zbekistonda Koreys madaniyati va san’ati markazini ochish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va Prezident Pak Kin Xe O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari to‘g‘risidagi hukumatlararo hadli kelishuv, Ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Koreya Respublikasi Eksport-import banki o‘rtasida moliyaviy bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Islom Karimov va Pak Kin Xe muzokaralar samarali, o‘zaro ishonch va hurmat ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarini yanada rivojlantirish va samaradorligini tubdan oshirishga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Kunning ikkinchi yarmida Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tufayli O‘zbekistonning bosh maydoni nafaqat xalqimiz faxru g‘ururiga xos zamonaviy qiyofa kasb etdi, ayni paytda uning yurtimiz hayotidagi ahamiyati ham yuksaldi.

Koreya Respublikasi Prezidenti xalqimizga hurmat-ehtiromini izhor etib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz, ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Pak Kin Xe bu maydon muhtasham binolari, ko‘rkam bog‘lari, go‘zal favvoralari bilan yaxlit ansambl hosil qilganini ta’kidladi. Bu yerda yaratilgan me’moriy asarlar tabiatning go‘zal in’omlari bilan mohirona uyg‘unlashtirilgani o‘zida katta taassurot qoldirganini alohida qayd etdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.




Download 355,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish