Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari va mazmuni



Download 62,59 Kb.
bet3/8
Sana25.02.2022
Hajmi62,59 Kb.
#463493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiya ma\'naviy hayotning asosiy yo\'nalishlaridan biri sifatida

Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so‘zlab, ularning jamiyat hayotidagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
Masalan, alloma dehqonlar haqida:
... qalug‘ tebranurka bulardan aso‘g‘,
Tuzuk tegir ye ichimdan tato‘g‘.
(Hamma qimirlagan jonga bulardan manfaat (bo‘ladi),
Hammasiga yeyim (va) ichimdan halovat yetadi)2.
Deb dehqonlar mehnatini ulug‘lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda zarur kishilardir ... temirchi, tikuvchi, etikdo‘z, suvchi, egarchi, toshchi, o‘qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko‘zim uzayib ketdi. ... Bu dunyoga ular yaxshilik keltiradilar, Ular juda ko‘p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - deb o‘zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar bilan munosabatda bo‘lish shartlari xususida o‘z tavsiyalarini bayon qiladi.
Dehqonlarga nisbatan:
Bularga qatilg‘il, qarilg‘il o‘zun
Tilin yo‘qshi sozla, achuq tut yuzun.
(O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin,
Tilda yaxshi so‘zla, yuzingni ochiq tut).

Hunarmandlarga nisbatan:


Keraklik kishilar yema bu sena,
Yo‘qo‘n tut bularo‘g‘ tosulg‘ay tona.
(Bular ham senga kerakli kishilardir,
Bularni yaqin tut, foydasi tegadi (ey) bahodir)3.
Chorvadorlarni ham haqiqiy mehnatkash inson sifatida ulug‘lab:
qato‘lg‘il, qaro‘lg‘o‘l, yetur ham ichur,
Ko‘nchilik uzala tirig‘lik kechur.
Neku qulsa bergil, kerek bo‘lsa al,
Ko‘ni ko‘rdim ushbu qutu bilmas al.
(Aralashgin, qo‘shilgin, yedir ham ichir,
To‘g‘rilik ichra tirikchilik kechir.
Nima so‘rasa bergil, kerak bo‘lsa ol
Chindan ko‘rdim ushbu odamlar
Hiyla-nayrangni bilmaydi(lar)4.
Yusuf Xos Hojibning mehnat ahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham ularga nisbatan hurmat va ehtiromni anglatadi. Yusuf Xos Hojibning mehnat tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir.
XV asarning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug‘lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud.
Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko‘rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z qo‘li bilan hayot kechirish ulug‘roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi»5 hikoyatida keltiradi.
Hotam Toyi bir kuni qo‘y-qo‘zilar so‘ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So‘ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o‘tin ko‘tarib kelayotgan bir chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu og‘ir yukni, Hotam o‘yiga borib ziyofaida izzat ko‘rgil», - deydi. Shunda chol kulib: «Ey, oyog‘iga hirs band solgan, g‘ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulgin», - deb javob qiladi.
Hotam Toyi cholning bu so‘zlariga tan beradi va halol mehnat bilan kun kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi.
Alisher Navoiy mehnatning insonni go‘zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonining asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir.
Farhod Armaniston o‘lkasiga qadam qo‘yganda, o‘z yurtida qorandan o‘rgangan tosh yo‘nish hunarini ishlatib, og‘ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O‘z hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og‘ir mehnatini yengillashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi Shirinning hurmatiga sazovor bo‘ladi.
Farhodning mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o‘z dostonining ikkinchi nomini «Mehmonnoma» deb ataydi.
Mehnatga muhabbat, ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning hayotidagi o‘rnini belgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko‘rsatadi. Dehqonlar to‘g‘risida fikr yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. ... Olam ma'murlig‘i alardin va olam ahli masrurlig‘i alardin. Har qayonki, qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot»6, - deb dehqonlarni, ya'ni, mehnatkash insonni ulug‘laydi. Shu bilan birga shoir bu asarida tekinxo‘rlarni, nojo‘ya ish tutuvchi kishilarni, ochko‘z va ta'magirlarni, mehnat qilmay hayot kechiruvchi shaxslarni tanqid qiladi.
Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o‘zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida fikr yuritar ekan, har bir sog‘lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi, hunarga mehr qo‘ygan, uni o‘rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland bo‘lajagini uqtiradi.
Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni ota-onalarining mehnati qadriga yetishga undaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar ekan, «O‘qi», «Kitob», «qalam» kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmasligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi.
U yoshlarga kelajakda o‘z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan mehnat qilish zarurligini ta'kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlar o‘quvchi-yoshlarning mehnat tarbiyasida muhim vosita sanaladi.
Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat ta'limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning dalalarda olib boriladi.
Natijada ma'lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi.
Shu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta'limining mazmuni, maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta'lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o‘quvchi ta'lim jarayonida oladi.
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.



Download 62,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish