Baqlajon
Uzun siyohrang meva beruvchi bir yillik o'simlik, iliq iqlimni yaxshi ko'radi.
100 g baqlajonda - 18 kkal mavjud.
Baqlajon biriktiruvchi to'qimalar, qalsiy, kaliy, fosfor, PP , A, B 1 , B 2 vitaminlarining manbai hisoblanadi .
Baqlajon tarkibida miya hujayralarini shikastlanishdan saqlaydigan juda kuchli antioksidantlar bor. Ular miyani erkin radikallardan himoya qiladi, oziqlantiruvchi moddalar uzatilishini va organizmdan toksinlarning chiqarilishini yengillashtiradi. Baqlajonni iste'mol qilish qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Tarixdan V asrda Xitoydagi zodagon ayollarda kumushrang-qora tabassum juda urf bo'lgan. Modaparast ayollar bunga to'q siyohrang baqlajonning po'stini tishlariga ishqalab surish orqali erishishgan. Baqlajonni eramizdan oldingi V asrdayoq Xitoy va Hindistonda yetishtira boshlashgan. Uzun karvonlar ushbu sabzavotni Shimoliy Afrikaga yetkazib bergan. U yerdan esa baqlajon arab mustamlakachilari bilan birga Ispaniyaga borib qolgan. O'rta asrlarda baqlajonlarni faqat dekorativ o'simlik sifatida parvarish qilishgan, chunki o'sha paytdagi shifokorlar ularni bezgak va epilepsiya xastaliklarini keltirib chiqaradi deb o'ylaganlar. Vaqt o'tishi bilan baqlajon sharq va o'rta yer dengizi xalqlarining taomlarida ishlatiladigan asosiy sabzavotlardan biriga aylandi.
Makkajo'hori
Ushbu o'simlikni iste'molga yaroqli donlarni olish uchun yetishtirishadi. U bug'doy va sholidan keyin turadigan eng muhim don hisoblanadi.
100 g makkajo'xorida - 97 kkal mavjud.
Tarkibida ko'p miqdorda uglevodlar, biriktiruvchi to'qimalar, oqsil, B guruhi vitaminlari, E vitamini, kaliy, fosfor, magniy, temir va rux moddalari bor. Yoshlikni qaytaruvchi mo'jiza
Makkajo'xori tarkibida ko'p miqdorda mavjud bo'lgan magniy moddasi inson organizmining keksayishi bilan bog'liq xastaliklar yuzaga kelganida ushbu element tanqisligini juda yaxshi to'ldiradi. 150 gramm makkajo'xori B 1 vitaminining kattalar uchun zarur bo'lgan miqdorining 25% ga yaqinini ta'minlaydi. Shuningdek unda asosiy antioksidant, ya'ni ateroskleroz kasalligining oldini oluvchi E vitamini bor. Makkajo'xorini iste'mol qilib turish yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va saraton kasalligidan himoya qiladi. Makkajo'xoridagi uglevodlar organizmda yog' qatlamlarini hosil qilmagan holda, uni quvvat bilan ta'minlaydi. Men xortirjam va sarvqomatman!
Makkajo'xori stressga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Uning tarkibida asab tizimi, mushaklar, yurak faoliyatiga hamda qonda qizil hujayralarning ishlab chiqarilishiga ta'sir qiluvchi B guruhi vitaminlari, ayniqsa juda ko'p miqdorda B 1 vitamini mavjud. Tarixdan
Makkajo'xorining vatani Markaziy Amerika hisoblanadi. Uni eramizdan oldingi 7000 yillardayoq yetishtira boshlashgan. U Mayya, Astek va Ink kabi amerika qabilalarining asosiy ozuqasi hamda madaniyatining bir qismi bo'lgan. Asteklar afsonasida Quyosh xudosi oltin do'lni (makkajo'xorini) odamlarni boqish uchun yuborgani hikoya qilinadi. Makkajo'xorini Yevropaga Yangi dunyoning boshqa g'aroyibotlari bilan birga Kolumb olib kelgan. Oldiniga uni "hindular bug'doyi" deb atashgan. XVI asrda uni frantsuzlar va italyanlar yetishtira boshlaydi. Ispanlar va portugalliklar tufayli makkajo'xori Afrikaga borib qoladi. Oldiniga makkajo'xori uncha omambop bo'lmagan, faqat undan olinadigan un qadrlangan xolos. XIX asrdagina makkajo'xori ommaviy ravishda iste'mol qilina boshlandi. Bugungi kunda makkajo'xori pazandachilikda juda keng qo'llaniladi. Makkajo'xori unidan non va pechenelar, shuningdek italyan polentasi tayyorlanadi. Shuningdek u meksika tortilyaslarining asosini tashkil etadi. Ulardan tako va enchilada kabi meksikancha taomlar tayyorlanadi. Makkajo'xori salatlarga qo'shiladi, iliq holda go'shtli taomlar bilan birga tortiladi. Uni popkorn va makkajo'xori yormasi ko'rinishida iste'mol qilishadi. Bundan tashqari, makkajo'xorini burbon ichimligini tayyorlashda qo'llashadi.Kuniga 300 millionta - Meksikada kuniga aynan shuncha tortilyas iste'mol qilinadi. Agar hisoblab chiqadigan bo'lsak, bu yiliga 100 milliard dona tortilyasni tashkil etadi! Tomorqadagi ma'buda . Hindular loviya va qovoq bilan birga makkajo'xorini ham dehqonchilik ma'budalaridan biri deb hisoblashgan. Ular makkajo'xorini hamma narsada ishlatishgan:
*donlarini - ozuqa sifatida, o'simlik moyi, alkogol ishlab chiqarish uchun hamda bezak sifatida;
*barglarini - matraslarning ichini to'ldirish, qo'g'irchoq va mokasin tayyorlash uchun;
Qovoq
Qovoq bir necha ming yildan buyon yetishtirib kelinayotgan sabzavot hisoblanadi. Vatani Amerika, 20 ga yaqin navlari mavjud.
100 g qovoqda - 19 kkal bor.
Tarkibida sellyuloza, oqsil, karotin, kalsiy, temir, magniy, fosfor moddalari va A, B1, B2, PP va C vitaminlari mavjud.
Qovoq o'z tarkibidagi ko'p miqdordagi sellyuloza, suv va biriktiruvchi to'qimalari tufayli ozish uchun yordam beradigan parhezlarda ko'p qo'llaniladi. U ovqat hazm bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan ortiqcha mahsulotlarni yo'q qiladi hamda organizmdagi suv balansini tartibga soladi.
Mineral tuzlar va vitaminlarga boy qovoq tarkibida oqsil moddalar, to'yinmagan omega-3 yog'li kislotalari, selen, magniy, rux, shuningdek C vitamini va B guruhi vitaminlari mavjud bo'lgan ajoyib qimmatli urug'larga ham ega. Qovoqning urug'lari ko'pgina tanosil tizimi kasalliklarini davolashga yordam beradi. Peshob haydash, safro haydash ta'siriga ega bo'lib, parazitlarni yo'q qiladi. Shveysariyada har yili eng katta qovoq tanlovi o'tkaziladi. Tanlovga taqdim etiladigan qovoqlar yildan yilga kattalashib bormoqda. Endilikda ularning vazni 450 kg ga yaqin.
Bugungi kunda ommalashib ketgan va Amerikaga qiyos qilinadigan Xellouin bayramiga Barcha Avliyolar Kuni arafasida, ya'ni 31 oktabrda keltlar asos solganini hamma ham bilmasa kerak. Ular shu kuni marhumlarning ruhlari tiriklarning tanalari bilan birlashish uchun qaytishlariga ishonishgan va bunga xalaqit berish maqsadida, kechqurun Xellouin bayrami arafasida niqoblardan foydalanishgan hamda shaytonlarni qo'rqitadigan liboslarga burkanishgan. Keltlar gulxan atrofida raqs tushib, qichqirgan holda marhumlarning ruhlarini quvishga urinishgan. Amerikaga ushbu bayram irlandiyalik muhojirlar bilan birga faqat XIX asrdagina kirib kelgan.
Qovun.
qovunning foydali xususiyatlari. Avvalambor, qovunni shirin xushbo'y ta'mi va ajoyib parhez xususiyatlari uchun qadrlashadi. Xushbo’y, yumshoq, shirin qovundan ham yaxshiroq desert bormikin. Qovunning shirali xushta'm go'shtida yengil o'zlashtiriladigan qandlar, kraxmal, oqsil, vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, pektinlar, organik kislotalar, turli-tuman mineral tuzlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |