DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK TO‘G‘RISIDA Qonun
3-modda
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
1-bob. 2-bandi:
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
121-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari
Ma’muriy sud ish yurituvi kodeksiga 189-moddasi 2-qismi
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Sog’liqni saqlash sohasida davlat sherigi Sog’liqqni Saqash Vazirligi bo’lishi kerak. Bizning kazusimizda esa, hokim yer ajratishda davlat xususiy sherikchilik bitimini asos qilib olgan bo’lsa ham, Sog’liqni Saqlash vazirligi va S.Achilov o’rtasida bitim tuzilmagan.
31 KAZUS
31. Fuqaro T.Tatashev Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z shikoyat arizasida unga tegishli bo‘lgan uy-joy bino inshootlari va yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligini, Xatirchi tuman hokimining qaroriga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan uy-joy bino inshootlari va yer maydoni uchun unga 0,06 ga yer uchastkasi ajratib berilganligini, shundan so‘ng yer ajratishda qonun normalari buzulgan deb Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan protest keltirilganligini, Xatirchi tuman hokimining 06.09.2019 yildagi 7380-sonli qarori bilan unga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror protestga asosan bekor qilinganligini, hamda fuqaro T.Tatashevga tuman hokimining 7380-sonli qarori qabul qilinishi to‘g‘risida umuman xabar berilmaganligini va hozirgi kunda unga tegishli bo‘lgan 0,06 ga yer uchastkasi Fuqaro S.Salomovga tadbirkorlik uchun ajratilganligini maʼlum qilib tuman hokimining 06.09.2019 yildagi 7380-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishini so‘radi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
1-muammo. Davlat ehtiyojlari uchun qonunga ko’ra qanday yerlar ajratiladi?
2-muammo. Prokuror protest keltirish tartibi qanday?
3-muammo. Fuqaro ma’muriy sudga murojaat qilishi to’g’rimi?
4-muammo. MTT ning prinsplariga rioya qilinganmi?
Javob:
muammoga yechim. Yer kodeksining 32-moddasiga muvofiq davlat ehtiyoji uchun yer foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |