Toʻrtinchi muammo: Yuqumli kasalliklar shifoxonasi boshligʻi B.Sanayev Qarshi tumanlararo ma'muriy sudga murojaat qilishi huquqiy jihatdan oʻrinlimi?
Birinchi muammoga yechim beradigan boʻlsak, Konstitutsiyamizning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga nimalar kirishi belgilangan. U asosida qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunning 10-moddasida Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli ekanligi belgilangan. Ya'ni ushbu normada aytilishicha, qonunda nazarda tutilgan hollardagina viloyat, tuman, shahar hokimi yer berishi yoki bekor qilishi mumkin ekan. Yanada aniqlashtiradigan boʻlsak, 3677-sonli Prezident qaroriga koʻra, 2018-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshiriladi. Demak, 2018-yil 1-iyuldan boshlab yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berish "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida elektron AUKSION orqali amalga oshirilar ekan. Kazusdagi vaziyat 2019-yil 25-dekabrdagi hokim yer ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Ya'ni huquqiy jihatdan notoʻgʻri. Yer olish elektron AUKSION orqali amalga oshirilishi kerak edi. 6243-sonli Prezident farmonida esa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Ikkinchi muammoga yechim berishda Prezidentning 4055-sonli qaroriga yuzlanamiz. Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va ko‘chmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlansin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno. Demak, Sog’liqni saqlash vazirligining ruxsati bo’lishi kerak ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |