Borliqning asosiy turlari muammosiga turlicha yondashuvlar
mavjud. Masalan, materializm o‘z e’tiborini moddiy borliqqa qaratib,
uni birlamchi, belgilovchi deb xisoblaydi. Idealizm esa, odatda,
borliqni ma’naviy shakllariga e’tibor beradi, u ma’naviy-ruxiy
borliqning shakllarini birlamchi, belgilovchi deb e’tirof etadi.
Darhaqiqat, borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni
vaqtda bir-biri bilan o‘zaro a’loqadorlikda bo‘lgan moddiy va
ma’naviy borliqqa ajratish qulay. Ammo ular o‘rtasidagi farq
nisbiydir, chunki ular har biri o‘z navbatida yana bir qancha shakl va
ko‘rinishlarga ega. Shunga ko‘ra moddiy borliqni: tabiiy borliq, insoniy
borliq
va
ijtimoiy
borliqqa,
ma’naviy-ruxiy
borliqni
esa
individuallashgan ma’naviy borliq va ob’ektivlashgan ma’naviy
borliqqa bo‘lish mumkin. Umumiylashgan tarzda esa borliq shakllari
quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy borliq.
2. Inson borligi.
3. Ma’naviy borliq.
4. Ijtimoiy borliq.
Endi shular ustida kengroq to‘xtalaylik.