Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, borliq falsafiy jixatdan
juda keng ma’noda butun bir reallik sifatida
tushuniladi. Uning
tarkibiga, yuqorida aytilganlardan tashqari, inson xali o‘zlashtirib, bilib
ulgurmagan narsalar, tabiat xodisalari ham, tabiat boyliklaridan
foydalangan xolda insoniyat yaratgan barcha narsa va hodisalar,
jarayonlar ham, kishilarning ijtimoiy hayotlari ham, ularning o‘zlari,
fikrlari, g‘oyalari, qarashlari, jamiyatdagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy munosabatlar ham kiradi. Binobarin,
moddiy narsa va xodisalar bilan bir qatorda ma’naviy hodisalar ham
«borliq» kategoriyasi bilan ifodalanadi. Demak, falsafa o‘rganadigan
qaysi bir masalani olmaylik, pirovardida u borliq muoammosi bilan
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |