Tabiiy borliq
ikki xil ko‘rinishga
ega: 1) insongacha, uning ongidan tashqari va unga bog‘liq
bo‘lmagan xolda mavjud narsa, hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga
olgan tabiat. Uni shartli ravishda «birlamchi tabiat» deb xam ataladi.
2) inson tomonidan tabiatdagi narsa va xodisalarga monand
yaratilgan tabiiy borliq, boshqacha aytganda, «ikkilamchi tabiat».
Ikkilamchi tabiat ijtimoiy xayotda inson extiyojini qondirish zaruriyati,
ijtimoiy turmushda biror-bir funktsiyani bajarish zaruriyati tufayli
yaratiladi. Masalan, madaniy o‘simliklar, uy xayvonlari, binolar,
yo‘llar, kiyim-kechaklar, sun’iy xom-ashyo va xokazolar. «Ikkilamchi
tabiat», bir tomondan, «birlamchi tabiat» kabi, ob’ektiv, real borliq
bo‘lib, inson ongidan tashqarida mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
u insonga bog’liq hamdir, chunki unda kishilarning maqsadlari,
g‘oyalari, bilim va mehnatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Shu
ma’noda «ikkilamchi tabiat» nisbiy mustaqil borliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |