Qotib qolgan bilim yo‘q, binobarin, haqiqat ham
o‘zgarishdagi jarayon
. Bir ijtimoiy makon va zamonda haqiqat
bo‘lgan bilim boshqasida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, eskirishi mumkin.
Shuni nazarda tutib, «har bir inson, - degan edi L.Tolstoy,- bashariyat
aql-idroki yaratgan jami boyliklardan bahramand bo‘lmog‘i mumkin
va lozim, ammo ayni vaqtda u o‘ziga qadar yashagan odamlardan
qolgan haqiqatlarni o‘z aql-idroki sinovidan o‘tkazmog‘i lozim».
Binobarin, hamma davr, sharoit uchun maqbul hamda o‘zgarmas
absolyut haqiqat
yo‘q va bo‘lmaydi ham.
Haqiqat nisbiy
, konkret,
unda zamon muxri bor. Misni – oltindan, soxta haqiqatni – chin
bilimdan farqlash, adashmaslik uchun ishni fikr bilan, fikrni – ish bilan
tekshirib turiladi. Shunda odam boshi berk ko‘chaga kirib qolmaydi,
yanglishgan taqdirda ham haqiqatni tezda topadi, zero
yanglishganini tan olgan odam ham donodir. Faqat kaltabin,
nodongina o‘z xatosini tan olmaydi, o‘z umrini tugatgan aqidalardan
voz kecholmaydi.
Shunday qilib, bilishdan maqsad – chin bilim – haqiqatga yetish.
Borliqning mutloq haqiqatiga turli daraja va miqyosdagi konkret,
nisbiy haqiqatlarni bilish orqali bosqichma-bosqich erishiladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Bilish, ilmiy bilish, falsafiy bilish, xissiy bilish, aqliy bilish, sensualizm,
ratsionalizm, amaliyot, haqiqat, abadiy haqiqat, absolyut va nisbiy
haqiqat.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. «Gnoseologiya» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
2. Ilmiy bilish va falsafiy bilish o‘rtasida nima farq bor?
3. Amaliyotning bilishdagi o‘rni qanday?
4. Dunyoni bilishning chek-chegarasi bormi?
5. «Avvalo o‘zingni angla, bil» degan faylasuf kim?
6. Intuitsiya bilishning qaysi turiga kiradi?
7. Ko’pchilik e’tirof etgan bilim haqiqat bo‘ladimi?
8. «Har kishining o‘z haqiqati bor» degan fikrga qanday qaraysiz?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat,
2008.
2. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga
ishonaman.-“Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.
3. Karimov I.A.Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalash
va yangilash, mamalakatni modernizatsiyalash va islox qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma yig‘ilishidagi nutq – Toshkent, 2005.
4. Falsafa. E.Yusupov taxriri ostida. Tuldirilgan ikkinchi nashri. –
Toshkent, Sharq, 2005.
5. Qahhorov M.A.Falsafa. Ma’ruza matnlari .- Farg‘ona, 2000.
6. Qahhorov M.A. Inson va jamiyat falsafasi .- Qo‘qon, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |