dunyo haqiqatlarini tariqqat axliga zoxir bo’lishi orqali anglab olish
mumkin. «Aqliy bilish, oddiy mantiq xaqiqatni bilib olish yo’lidagi
parda-xijobdur» - deydi u. Fikrimizcha, tasavvufona, «g‘aybona»
bilish ilmiy falsafada «oltinchi sezgi» deb nom olgan kuchli ichki faxm
– intuitsiyaga yaqin qobiliyat bo‘lib, darhaqiqat, ichdan bila va ko‘ra
olishdek bu o‘ta noyob biluvchanlik xususiyati xar kimga xam nasib
etavermaydi, biroq uning xis-tuyg‘u va aqldan tamomila mustaqil
bo‘lolmasligi aniq.
Aksariyat dinlar, ob’ektiv-idealistik falsafiy ta’limotlarda «Olamiy aql»
tushunchasi ishlatiladi. Naql qilishlaricha, Ollohdan: «Yo rabbimiz!
Arshi a’lodan xam a’loroq biror narsa yaratdingizmi?» deb
so’raganlarida parvardigori olam: «Ha, aqlni yaratdim» degan ekan.
«Aqlning qiymatiga teng narsa nadur?» deb so‘ralganida: «Xayxot!
Xech kimsa buni bilishga qodir bo‘lmagay» degan javob bo‘libdi.
Xakim at-Termiziy «Olloh aqldan ustun va sharafliroq biror narsa
yaratmagan» deya ta’kidlaganda shu haqiqatni nazarda tutgan
bo‘lsa, ne ajab. Tasavvufda Ollox qudratining mujassami bo‘lmish
ilohiy va mutloq aql – «aqli kull» ham, oddiy insongagina tegishli «aqli
ju’z» ham e’tirof etiladi. «Aqli kull»ning qudrati va birlamchiligini inkor
etish Ollohni inkor etish bilan barobar. Ayni vaqtda «aqli juz» esa haq
va botilni bir-biridan bexato farqlashga qobil emas. Odam aqli
ju’zga qaram ekan, xech qachon o‘zligini to‘g‘ri idrok eta olmaydi,
degan noratsional fikr xam bildiriladi.
Ilmiy falsafa aqlni insonga xudo emas, tabiat ato etgan eng buyuk
in’om deb biladi. Aql insonni extiros va nuqsonlardan baland
turibgina qolmay, fazilatlari, iste’dodi, ezguliklaridan maqsadga
muvofiq foydalanishda ham yordam beradi. «Mantiq tafakkur
kishilarining tangrisidir» - degan edi nemis adibi va mutafakkiri Leon
Feyxtvanger. U insonning ma’naviy quroli, bebaxo qomusi.
Bilish xissiylikdan boshlanib, xis-tuyg‘ulardan oziqlanib, aqliy
bosqichda – tushuncha, xukm va xulosa kabi mantiqiy shakllarda
davom etadi. Aql xissiyotning ko‘zini ochadi. Fransuz allomasi J.Fabr
qayd etganidek, «aql muloxaza yuritish, anglash xususiyatiga, ya’ni
sabab va oqibatni uzviy bog‘lash, «nima uchun?» degan savolga
javob berish, tasodiflarni aniqlash, qonuniyatlarni ochish, yangi
xususiyatlarning yangi sharoitlarga mosligini belgilash, voqealar
zanjirining boshi va nixoyasini topish xususiyatiga ega.»
Do'stlaringiz bilan baham: