Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet51/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Bilimni buyuk bil, oquvni ulug‘,

Bu ikkov uluglar kishini tulug‘,

O‘quv paydo bolsa, uluglik bo‘lar,

Bilim kimda bolsa, buyuklik olar.

Bilimdan yozilar bor tugun, chigal.

Bilimni uqib ol ozing har mahal.

III. Bilish bosqichlari. «Sezgilar ishonchli, to‘g‘ri bilim beradimi yoki tafakkurmi?»- bu dilemma bilish bosqichlari haqidagi munozarali masaladan boshlanib, falsafa tarixida sensualizm(lotin. «sensus»-«sezgi») va ratsionalizm (lotin. «ratsionalis»-«aqliy») oqimlari yuzaga kelishiga va ular o‘rtasidagi uzoq tortishuvlarga sabab bo’lgan. Sensualistlar (J.Berkli, D.Yum, J.Lokk va b.) «sezgilargina yagona to‘g‘ri bilim beradi, xatto, aql xam sezgiga tayanadi» deb bir qutbni egallasa, ratsionalistlar (B.Spinoza, R.Dekart va b.) «Sezgilar odamni chalg’itadi, yagona ishonchli manba – aql» deb hisoblab, qarama-qarshi mavqeda turadilar.

Yana boshqa bir gurux faylasuflar ham borki, ular xissiy (empirik) va aqliy (mantiqiy) bilish o‘zaro zid emas, balki biri-ikkinchisini to‘ldiradi deb hisoblaydilar. Chunonchi, tasavvuf falsafasi buni o‘zicha talqin eta borib, ko‘ngil(dil)dan aql sari borish ham, aqldan ko‘ngilga qarab yurish ham bir narsa, chunki har ikki holatda ham uning ichki xarakatini nur va ilohiy latiflik boshqaradi, deydi. Shuning uchun aqlni – yurakka, yurakni – aqlga qarshi qo‘yish puch bir da’vo. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, buning sababi shundaki, insonning zoxiri – botiniga, botini – zoxiriga tobe. Vujud – zoxir, aql – botin. Jism – ko‘rinadigan, rux – ko‘rinmaydigan mavjudlik. Ko’rinadiganni ko‘rish ham, bilish ham mumkin, ko‘rinmaydiganni esa ko’rish bilishdan, bilish esa ko‘rishdan qiyin. Sirru mohiyat zoxirda emas, botinda yashirin. Shu bois xis bilan cheklanmay, aqlga murojaat etiladi. Atoqli tasavvufchi faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy: «Ulug‘ odamlarning avvalu-oxiri, zoxiru-botini, mohiyat va shakllarini idrok etish uchun o‘zingning mohiyating, zoxir va botiningni anglab yetgin»,- deydi. Jaloliddin Rumiy bu jarayonni surat (hodisa) dan siyrat (mohiyat) ga borish deb atagan.

Ilmiy falsafaga ko‘ra, bilish ikki bosqichli: xissiylikdan – narsa-hodisalarning tashqi xossalarini sezish, idrok etish va tasavvur qilishdan boshlanadi va yuqoriroq bosqichga – ularning ichki muhim aloqa va bog’lanishlari, qonuniyatlarini tushuncha, xukm va xulosalar tarzida anglash, mohiyatan tushunish darajasiga ko‘tariladi. Binobarin, bular qarama-qarshi, ammo uzviy bog‘liq bosqichlar bo‘lganidan, o‘zaro zidlash yoki birini-ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqsiz.

Bilish sezgidan – narsa-hodisaning rangi,xidi, ta’mi, shakli, qattiq-yumshoqligi to‘g‘risida beshta tashqi sezgi organlari bergan ma’lumotdan boshlanadi. Bunday qobiliyat odamdagina uchramaydi. Atoqli sufiy alloma Zayniddin Muhammad Gazzoliy yozishicha, «besh sezgi(xavosi panjgona) barcha xayvonda ham bordur va ko‘zi, qulog‘i, dimog‘i, ta’m bilish, issiq-sovuqni farqlash sezgilari yaxshi ishlaydirgan odam xali xayvonot olamidan yuqori ko‘tarilmagandir. Odamzotning xayvonotdan farqi uning ko‘ngil olamidir. Inson vujudi – tuproqdan, dili – iloxiy nurdan yaratilgandir. Dil haq taoloning arshi a’lodan insonga ato etgan eng muqaddas tuxfasidir. Inson vujudida mana shu dil yoki rux podshodir. Inson vujudining barcha a’zolari podshox rux(dil)ning lashkarlari bo‘lib, uning amri farmoni bilan ish tuturlar. Rux bo’lmasa, vujud o‘likdan farqlanmas». Xullas, alloma tasavvufiy tushunchalarda bayon etganidek, sezgilar miyada «qayta ishlanib», yaqqol xissiy obraz-idrokka birlashtiriladi, ya’ni ong faktiga aylantiriladi. Bu obraz bir bora yaratilgach, so‘ngra beiz yo‘qolib ketmaydi, balki xotira va xayolda muxrlanadi, binobarin, ong zaxirasida saqlanadi va lozim bo‘lgan vaqt va joyda qayta jonlantirilishi, ya’ni tasavvur etilishi mumkin bo’ladi. Tasavvur narsaning xissiy obrazini uning o‘zi bilan bevosita ta’sirga kirishmasdan xam qayta xosil eta olish xususiyati sifatida xissiy bilishning yuqori shakli, mantiqiy bilishga o‘tish uchun o`ziga xos «ko‘prik» bo‘lib maydonga chiqadi.

Ayrim ta’limotlarda haqiqatga na xissiy(empirik), na aqliy (ratsional), balki gaybona-ilohiy yo‘l bilan erishiladi, deyiladi. Chunonchi, tasavvufchi alloma Ibn Arabiy bilimlarni «kasbiy», ya’ni o‘rganib olinadigan va «vaxbiy»-o‘rganilmasdan beriladigan bilimlarga bo‘ladi. Uning fikricha, barcha narsalarni «kashfi-shuxud», ya’ni ichki dunyo haqiqatlarini tariqqat axliga zoxir bo’lishi orqali anglab olish mumkin. «Aqliy bilish, oddiy mantiq xaqiqatni bilib olish yo’lidagi parda-xijobdur» - deydi u. Fikrimizcha, tasavvufona, «g‘aybona» bilish ilmiy falsafada «oltinchi sezgi» deb nom olgan kuchli ichki faxm – intuitsiyaga yaqin qobiliyat bo‘lib, darhaqiqat, ichdan bila va ko‘ra olishdek bu o‘ta noyob biluvchanlik xususiyati xar kimga xam nasib etavermaydi, biroq uning xis-tuyg‘u va aqldan tamomila mustaqil bo‘lolmasligi aniq.

Aksariyat dinlar, ob’ektiv-idealistik falsafiy ta’limotlarda «Olamiy aql» tushunchasi ishlatiladi. Naql qilishlaricha, Ollohdan: «Yo rabbimiz! Arshi a’lodan xam a’loroq biror narsa yaratdingizmi?» deb so’raganlarida parvardigori olam: «Ha, aqlni yaratdim» degan ekan. «Aqlning qiymatiga teng narsa nadur?» deb so‘ralganida: «Xayxot! Xech kimsa buni bilishga qodir bo‘lmagay» degan javob bo‘libdi. Xakim at-Termiziy «Olloh aqldan ustun va sharafliroq biror narsa yaratmagan» deya ta’kidlaganda shu haqiqatni nazarda tutgan bo‘lsa, ne ajab. Tasavvufda Ollox qudratining mujassami bo‘lmish ilohiy va mutloq aql – «aqli kull» ham, oddiy insongagina tegishli «aqli ju’z» ham e’tirof etiladi. «Aqli kull»ning qudrati va birlamchiligini inkor etish Ollohni inkor etish bilan barobar. Ayni vaqtda «aqli juz» esa haq va botilni bir-biridan bexato farqlashga qobil emas. Odam aqli ju’zga qaram ekan, xech qachon o‘zligini to‘g‘ri idrok eta olmaydi, degan noratsional fikr xam bildiriladi.

Ilmiy falsafa aqlni insonga xudo emas, tabiat ato etgan eng buyuk in’om deb biladi. Aql insonni extiros va nuqsonlardan baland turibgina qolmay, fazilatlari, iste’dodi, ezguliklaridan maqsadga muvofiq foydalanishda ham yordam beradi. «Mantiq tafakkur kishilarining tangrisidir» - degan edi nemis adibi va mutafakkiri Leon Feyxtvanger. U insonning ma’naviy quroli, bebaxo qomusi.

Bilish xissiylikdan boshlanib, xis-tuyg‘ulardan oziqlanib, aqliy bosqichda – tushuncha, xukm va xulosa kabi mantiqiy shakllarda davom etadi. Aql xissiyotning ko‘zini ochadi. Fransuz allomasi J.Fabr qayd etganidek, «aql muloxaza yuritish, anglash xususiyatiga, ya’ni sabab va oqibatni uzviy bog‘lash, «nima uchun?» degan savolga javob berish, tasodiflarni aniqlash, qonuniyatlarni ochish, yangi xususiyatlarning yangi sharoitlarga mosligini belgilash, voqealar zanjirining boshi va nixoyasini topish xususiyatiga ega.»


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish