Ma’mur qahhorov


V.Inson hayotining ma’nosi. Hayot va o‘lim



Download 434 Kb.
bet44/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Falsafa

V.Inson hayotining ma’nosi. Hayot va o‘lim. Hayot-abadiy, ammo alohida olingan individning umri o‘lchovli, chekli. Umr insonga faqat bir marta beriladi, uning yakunida o‘lim muqarrardir. Ushbu jumlalarda abadiyat va o‘tkinchilik, hayot va o‘lim o‘rtasidagi ziddiyat mujassamlashgandir.

Umrning vaqtinchaligi, o‘limning muqarrarligi har bir odamda ertami-kechmi bir qator tom ma’nodagi falsafiy savollarni tug‘dirishi tabiiy: Ho“sh, umrning ma’nosi bormi? Bor bo‘lsa, u nimada? Yashashdan maqsad nima? O‘lim nima? Bu savollarga har kim o‘zicha javob izlaydi. Shunga qaramay, azal-azaldan faylasuflar hayotning asl ma’nosini belgilovchi umumiy mezonlarni topishag va asoslashga urinib kelganlar. Misol uchun din bu dunyoda, ya’ni, foniy, o‘tkinchi dunyoda yashashdan ma’no bor, u ham bo‘lsa o‘zingni narigi-boqiy dunyoga hozirlashdir deydi.

Tasvvufdagi yassaviya, suhravardiya, kubraviya, naqshbandiya kabi tariqatlar ham o‘z vazifalarini insonga hayotning chin ma’nosini anglatish deb bilganlar. So‘fiy mutafakkirlarning o‘zlari bu borada shaxsiy namuna ko‘rsatganlar. “So‘fiy” iborasi «sof» so‘zidan olinganligi ham bejiz emas. Ular umrning ma’nosi-ma’naviy komillikka intilishda deb bilganlar. Bandai solih, dunyo foniyligini chuqur his etgan holda ezguliklar qilib qolishga, o‘zidan yahshi nomu-nishon qoldirishga shoshilishi, shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat bosqichlaridan o‘tmog‘i kerak. Dunyoviylikka moyil g‘ijduvoniya, naqshbandiya suluklari, ayniqsa, Naqshbandning “Dil ba yoru dast ba kor” tamoyili hayot ma’nosini tushunishda g‘oyat muhim tamoyildir.

Inson umrining ma’nosini ekzistensializm falsafasi azob-uqubat chekishda deb biladi. Inson, ularning fikricha, azob-uqubatlar uchun tug‘ilgan. Gedonizm uni yaxshi yeb-ichish, lazzatlanishda, al’truizm deb nomlangan boshqa bir falsafiy – ahloqiy oqim fikricha, boshqalarga yaxshilik qilish, sahovat ko‘rsatishdadir. Bunda sahovat ko‘rsatilayotgan kishi kimligining aslo farqi yo‘q.

Hozirgi zamon falsafasining nuqtai - nazari, tabiiyki, yuqoridagi yondoshuvlardan birmuncha farqlanadi, shunga ko‘ra hayotning ma’nosi mavhum tushuncha emas. U konkret ijtimoiy- tarixiy mazmunga ega, jamiyat ijtimoiy-sinfiy tuzilmasi bilan bog‘langandir. Negaki har bir ijtimoiy qatlam, sinf, jamiyatning, kishilar siyosiy, milliy va boshqa hil uyushmalarining, guruhlarining aniq maqsad va hayotiy manfaatlari mavjud. Hayotning ma’nosi har bir konkret guruh yoki uyushma a’zosi uchun ana shu muqaddas ideallarni ro‘yobga chiqarish bilan bo‘glanib ketadi. Bunda ijtimoiy o‘zlikni, o‘z mavjudligi, ildizlari, qadriyatlari, istiqbol imkoniyatlarini anglab yetish o‘ta muhim ahamiyatga egadir. “Qanday yashamoq kerak?” degan savolga javob topish uchun avvalo odam o‘ziga-oz‘i “Men o‘zi kimman?” degan savol bilan murojaat qilmog‘i kerak.

Shunisi ham muhimki, inson ma’naviy jihatdan hur, erkin bo‘lgandagina uning ijodiy salohiyati yuz ochadi, uning hayot ma’nosini anglab yetsihi uchun shart-sharoit etiladi. Umr deganlari boshdan kechirilgan yillar miqdori bilan emas, balki amalga oshirilgan ezgu ishlar bilan o‘lchanadi. “Hayot,-degan edi J.J. Russo- o‘z-o‘zicha hech narsani anglatmaydi, hayotning qimmati qanday yashashga bog‘liq.” Rimlik faylasuf Seneka fikricha, inson umri masalga o‘xshaydi: uzunligi bilan emas, mazmuni bilan qadrli. Muhimi uzoq yashash emas, to‘gri yashay bilishdir.

Umr qisqa, ammo uni mazmun bilan to‘ldirib, uzaytirish mumkin. Bu insonning o‘ziga havola. Zero fransuz donishmandi Mishel Monten qayd etganidek, hayot o‘z-o‘zicha yaxshilik ham, yomonlik ham emas, sen uni nimaga aylantira olsang o‘shadir. Ba’zilar uchun umr hali yashamay turib tugagan. Odam ikki karra dunyoga kelmaydi, lekin bir marta yashashni ham eplolmayotganlar kammi?! Har daqiqasi oltinga teng umrni sovurayotganlarni nima deb atash mumkin?! “Benaf yashashdan o‘lim afzal!-degan edi I. Gyote,-ammo bundan ham yomonrog‘i tirik murda bo‘lishdir”. Shoir M.Shayhzoda yozganidek:


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish