Ma’mur qahhorov


Ong- ma’naviy-ruhiy hodisa



Download 434 Kb.
bet42/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Ong- ma’naviy-ruhiy hodisa. U fiziologik organ-miyaning funksiyasi. Miya qariyb 14 mlrd. asab hujayralaridan, shuningdek, sezgilar orqali tashqaridan keluvchi axborotni “qayta ishlash”ga ixtisosolashgan markazlardan tuzilgan. Sezgi organlari etkazgan ma’lumotlar tegishlicha ishlovdan o‘tib, sezgi, idrok va tasavvurlarga aylanadi. Ularda narsa-hodisalar in’ikos etadi. “In’ikos” arabcha so‘z bo“lib, “aks ettirish” degan ma’noni beradi. Falsafadagi in’ikos nazariyasiga ko‘ra, aks ettirishning ikki muvofiqlik(adekvatlik) darajasi mavjud: to‘liq muvofiqlikda (izomorf) aks ettirish hamda qisman muvofiqlikda (gomomorf) aks ettirish.

Inson ongining mo‘jizaviy hususiyati ham shundaki, u atrof-borliqni nisbatan to‘liq, to‘g‘ri va teran aks ettirish, ya’ni yuqori darajada muvofiqlik bilan in’ikos etish qobilyatiga ega. Shuning uchun ham ong aks ettirishning –in’ikosning oliy shakli, deyish mumkin.

Tabiatda in’ikosning turli quyi shakllari mavjud. Masalan, hayvonot olamida-psixika, sodda jonivorlarda ta’sirlanuvchanlik, o‘simliklarda - qo‘zg‘olish, notirik jismlarda mehanik in’ikos. Qanday shaklda yuz berishi va adekvatlik darajasidan qatiy nazar, in’ikos-bu ob’ektning ikkinchi ob’ekt ta’sirini o‘zida aks ettirishi, unga tegishlicha reaksiya bildirishidir. In’ikos shakllari, tabiatdagi evolyutsiya zanjirini ifoda etib, quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon takomillashib boradi.

Psixika, yani idrok, tasavvur darajalarini o‘z ichiga olgan in’ikos shakli insonga ham, hayvonga ham hosdir. Psixika voqelikning tashqi ta’siriga nisbatan to‘g‘ri reaksiya qaytarish, unga moslashish hamda maqsadga muvofiq hatti-harakat qilish imkonini beradi. Bu hatti – harakatlar aslo ongli harakatlar bo‘lmasdan, balki millionlab marotaba qaytarilaverganidan bir qolipga tushgan instinktlardan iboratdir. Ayrim jonivorlarning onglidek tuyuladigan hatti – harakatlari ortida ular bilan muttasil shug‘ullanib kelgan odamning mashaqqatli mehnati yotadi. Hullas, fan dalillari shohidlik berishicha, bugungi kunda atrof olamda “ong” deb atalgan nodir tuhfaga ega yagona oliy zot bu Hazrati Insondir.

Darhaqiqat, “Inson-ongli zot” deymiz va bu e’tiroz uyg‘otmaydigan aksiomadek tuyuladi .Biroq odamning hamma hatti-harakatlari ham ongli emas, hamma odamlar ham «ongli» degan nomga loyiq emas. Har narsada ikki tomon-o‘ng va ters bo‘lgani kabi onglilikka teskari bo‘lgan tomonni ifoda etuvchi ongsizlik ham bor narsadir. Ongsizlik, bu odatda, anglanmagan, beihtiyor amalga oshadigan xatti-xarakatlardir. Bunday xatti-xarakatlarning sababi onggacha etib kelib ulgurmaydi yoki biror tabiiy yoki sun’iy omil bilan onggacha etib kelmaydigan darajada to‘silgan bo`ladi. Masalan, odam uyquda, gipnoz, qattiq mastlik yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan holatlarda voqelikka nisbatan ongli munosabatda bo‘la olmaydi, binobarin, bunday holatlarda u o‘z hatti-harakatlarini anglab etmagan bo`ladi.

Ongsizlik hodisasini dastlab psixoanaliz, ya’ni ruhiy tahlil deb nomlangan nazariya asoschisi, avstriyalik psixiatr Zigmund Freyd maxsus tadqiq qilgan. U ong ishtirok etmasdan avtomatik tarzda birovga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish bilan yoki ixtiyorsiz, ong qatnashuvisiz yuz beradigan barcha holat va jarayonlarni “ongsizlik” tushunchasiga kiritgan. Keyinchalik bu g‘oyalar E.Fromm asos solgan “madaniy-ruhiy tahlil” , “sotsiopsixologizm”, “neofreydizm” oqimlari tomonidan ijodiy rivojlantirilgan. Freydning izdoshlari ongsizlik hodisasi alohida olingan odamning hulq – atvorida namoyon bo‘lib qolmasdan, badiiy ijodda, san’atda, butun boshli ijtimoiy guruhlar va hatto jamiyatlar faoliyatida ham ko‘rinadi deganlar. Ongsizlik ongdan tashqaridagi anglab bo‘lmaydigan abadiy psixik kuchlar boshqaruvidagi sohadir. Freyd fikricha, barcga ruhiy holatlarning, hatti-harakatlar, hattoki, tarixiy va ijtimoiy harakatlarning zamirida ham “libido” deb nomlanuvchi shaxvoniy (seksual) intilish yotadi, u olamda tanxo hukmrondir. Freydizm vakillari shunga o‘hshash ko‘plab boshqa fikrlar va dalillar asosida ongsizlik o‘zining miqyoslari hamda mavqeyi jihatidan onglilikdan ustundir, degan hulosa chiqaradilar.

Hozirgi zamon falsafasi, tabiiyki, bu hildagi biryoqlama hulosalarga qo‘shila olmaydi. Haqiqatan ham inson faoliyati serqirra va rang-barang. Unda ongli hatti-harakatlar bilan bir qatorda ongsiz yoki hali to‘liq anglanmagan hulq-atvor uchun ham o‘rin bor. Onglilik va ongsizlik holatlarini bir-biriga mutloq qarama-qarshi qo‘yish esa to‘g‘ri bo‘lmaydi. Anglanmagan ruhiy holatlar va hatti-harakatlar, hozirgi zamon fani dalillariga binoan, ongda emas, balki ong ostida yuz beradi. Psixika bilan ong bir narsa emas, odamning ruhiy hayoti esa tamomila ong nazorati ostida bo‘la olmaydi.

Ongsizlik ko‘rinishlarini onglilikdan ustun qo‘yish, ongsizlik butun insoniy faoliyatning asosiy ko‘rinishi deb e’lon qilish pirovard natijada mistika va irratsionalizmga olib keladi. “Mistika” yunonchadan tarjimada “sir - asror” degani, “irrtasional” terminining ma’nosi esa “g‘ayri - aqliy” demakdir. Mistika ham, irratsionalizm ham, inson aqli, tafakkurining ahamiyati va rolini kamsitish yoki umuman inkor etishga asoslanadi. XX asr G`arbiy Evropa falsafasi va sotsiologiyasida mistik va irrtasional g‘oyalar bir qadar kuchayganligi kuzatilgan. O‘zbekiston mustaqilligining daslabki yillarida mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, ular mamlakatimizga ham g‘oyaviy huruj qilishga urinib ko‘rdilar.

Shunday qilib, aytish mumkinki, odamning hatti-harakatlaridan ayrimlari anglanmagan yoki to‘liq anglab ulgurilmagan bo‘ladi. Ular ongdan tashqarida, ong nazoratidan tashqarida yuz berganligi sababli ongsizlik holati yuzaga keladi. Konkret ongsizlik holatlarining konkret sabablarini hususiy fanlar bo‘lmish psixologiya, psixoterapiya, psixiatriya, psixoanaliz, psixonevrologiya o‘rganadi hamda nazariy va amaliy ahamiyatga molik tashxis qo‘yadi.

Ammo shunisi borki, konkret inson haqida emas, balki butun inson zoti haqida so‘z yuritganda shuni qat’iy ishonch bilan ta’kidlash mumkin va lozimki, inson faoliyatida onglilik, anglangan faoliyat ustunidir. Jamiki mavjudotlar orasida faqat insongina o‘zini-oz’i anglashga qodir va qobildir. O‘zini-o‘zi anglash hususiyatini XVII asr fransuz ma’rifatparvar mutafakkiri J.J. Russo “barcha insoniy qobiliyat va layoqatlarning qaymog “i” deb atagan edi.

Darhaqiqat, ong insonni inson qilib turgan jamiki insoniy fazilatlarning eng muhimi va olijanobidir, u inson hayotining shamchirog‘idir. Inson miyasidan ortiqroq mo‘jizakor narsa bo‘lmaganidek, fikrlashdan, anglashdan ko‘ra ham jozibali va qimmatli hislat yo‘q. “Bizning butun qadr-qimmatimiz, nufuzimiz ongu tafakkurda jamlangan” , -degan edi fransuz olimi Blez Paskal. bu fikr hamma davrlar uchun ham dolzarb va zamonaviydir. Ong-inson faoliyatining negizi, uning tepib turgan qalbi, inson hulq-atvorining sababchisi hamda himoyachisidir. U butun inson hayotining ibtidosi va muqaddas mohiyati vazifasini o‘taydi.

Ong ham o‘sish, rivojlanish xususiyatiga ega. Modomiki, ongning asosini bilimlar tashkil etar ekan,demak, inson qancha ko‘proq bila borgani sari uning ongi, aqli ham shu qadar o‘sib, kengayib, teranlashib boradi. “Bilim-kuch, kuch esa bilimdadir”-degan edi F. Bekon. Faqat bilimgina insonni chin ma’noda erkin va ulug‘vor qila oladi. Ma’naviy hayotda ham, amaliy faoliyatda ham kimki bilimga tayansa, kamol topadi.

Hazrat A. Navoiy uqtirganidek,


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish