Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega. Insoniyat tarixida davr shart-sharoitlari, amaliy faoliyat hamda olam haqidagi bilimlarning kengayib borishi bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy dunyoqarashning oddiydan murakkabga yo‘nalgan mifologik, diniy va falsafiy tiplari yuzaga kelgan.
Mifologik dunyoqarash miflar (asotirlar, naqllar, irvoyatlar) negiziga qurilgan bo‘lib, insoniyat evolyutsiyasining ilk bosqichlari uchun xosdir. Ilmiy bilish imkoniyatlari bo‘lmagan qadimgi dunyo sharoitida borliq xayoliy-fantastik usulda idrok etilgan, izohlangan va baholangan. Ajdodlarimiz tabiat va jamiyatning o‘zlari oxirigacha anglab etmagan hodisa va jarayonlarini afsonaviy qahramonlar, ma’budlar, g‘ayritabiiy kuchlar obrazida gavdalantirganlar. Shu yo‘l bilan dunyoga o‘z munosabatlarini ifodalaganlar va tasavvurlarini shakllantirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |