Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet11/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Abduraxmon Jomiy (1414 - 1492) falsafiy qarashlarini «Bahoriston», «Xaj qilish yo`llari xaqida», «Voxid atamasi haqida» risolalarida bayon etgan. Uning fikricha, xudo abadiy, mutloq. U mavjud bo‘lgan vaqtda xali borliq yo‘q edi, dunyo o‘z boshlanishini olloxdan olgan. Jomiy buyuk shoir sifatida o‘z falsafiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etdi, tasavvufning naqshbandiya tariqatini nazariy va amaliy jixatdan asoslash va rivojlantirishga harakat qildi. Sufiylik, mutafakkir fikricha, xalol va pok yashash, kasb-xunar bilan tirikchilik qilish, qanoatli va olijanob bo‘lish, ta’magirlikdan o‘zoqroq yurish, nafsni jilovlash demakdir. Tasavvufona she’riy satlarda u xudoni «go‘zal ma’shuka» deb ta’riflaydi, sufiylik e’tiqodidagi insonning oliy maqsadi xudoning vasliga etishdir, deydi.

Jomiyning ijtimoiy qarashlarida odil jamiyat, adolatli shox, tenglik, erkinlik, insof va diyonat, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam, mexr-shafkat, do‘stlik va birodalik xaqida orzu qiladi.

Temuriy allomalaridan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501)ning fozil jamoa va komil inson xaqidagi badiiy vositalar, majoziy obrazlar, o‘xshatmalar, ramzlarga uralgan fikrlari bilan ma’lum va mashxurdir. Shoir dostonlarining qaxramonlari Iskandar, Farxod, Shirin, Layli, Majnunlar komil insonlardir. Ular mexnatsevar, o‘z kasbining ustasi, aqlli, bilimdon, saxovatpesha, sofdil, kamtar insonlar. A. Navoiyning ideal jamiyat va odil podsho, farovon turmush va baxt-saodatga eltuvchi, zulm-istibdoddan xoli davlat xaqidagi g‘oyalari xali ham o‘z jozibasi va ahamiyatini yo‘qotmagan.

Xirotlik Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiy (1440/1450 - 1505) axloq falsafasiga oid «Axloqi muxsiniy», «Futuvvatnomai sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzan – ul – insho», «Risolai xotamiya» kabi asarlarida go‘zal xulq – odob, davlatni boshqarish, ilm-fan va kasb-xunar egallashning, ta’lim-tarbiyaning qimmati masalalarini ishlab chiqdi. Jamiyatga qarashlarda, sharq mutafakkirlari an’analarini davom ettirib, odil podsho, xalqqa g‘amxo‘rlik, xaqsizlik va o‘zboshimchalikka murosasiz xukmdor xaqida fikr yuritdi.

Temuriylar avlodidan Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483 - 1530) Xindistonda «Buyuk mo‘g`ullar» saltanatiga asos solgan shox, badiiy, falsafiy fikr rivojiga salmoqli hissa qo`shgan mutafakkirdir. Uning devonlari, «Boburnoma» asari, shariyat asoslari to‘g‘risidagi «Mubayyan» risolasi, falsafiy ruxdagi ruboiylari mashxur. Boburning ijtimoiy – falsafiy qarashlari insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan.

Vatanni sevish, boshqa xalqlar, millatlar, e’tiqodlarga bag‘rikenglik, xurmat bilan munosabatda bo‘lish, aziz – avliyolar oldida o‘zini xoksor tutish, shijoatlilik, mardlik, xayr ishlar qilish – bobur dunyoqarashining asosiy xususiyatlari ana shulardan iboratdir. U farzandi Xumoyunga yozib qoldirgan «Vasiyatnoma»sida: «Xech bir qavmning ma’budini buzmagil, barcha mazxab kishilar bilan, shox va ra’iyat orasidagi rishtaning do‘stona bo‘lmog‘i uchun har bir xolatda insofga rioyat qilguvchi bo‘lgil. Shunday bo‘lsa, mamlakatda o‘zaro ishonch va omonliklar barqaror bo‘lgay», deydi.

Bobur tariqat va din peshvolarini davlat ishlariga aralashtirmagan, ammo Axmad Yassaviyga buyuk xurmat ko‘rsatgan, naqshbandiya tariqati vakillari Xoja Axror Valiy, uning muridi Mavlono Qozi, Said Axmad Kosoniylar etagini tutgan, ularni iqtisodiy va ma’naviy qo‘llab turgan. Xullas, Temur va temuriylar davri falsafiy, ijtimoiy – axloqiy fikr taraqqiyotida o‘ziga xos «Uyg‘onish davri» bo‘ldi, deyish mumkin.

V. Turkistonda XVI asr oxiri – XX asr boshlaridagi falsafiy fikrlar.

Temuriylardan sung, XVI asrdan boshlab, Movarounnahrda o‘zaro urushlar avjga mindi, markazlashgan davlat, shu jumladan, Shayboniylar davlati ham inqirozga uchradi. Bu iqtisodiyotda, u bilan birga dunyoviy ilmlar, falsafiy fikrlar rifojida ham o‘z aksini topdi. Shunga qaramay, falsafiy tafakkur rivoji tuxtab qolmadi. Yusuf Korabog‘iy (1563 - 1647) asli ozarbayjonlik bo‘lib, faylasuf sifatida buxoroda kamolga etdi. Uning falsafa, mantiq, fikx ilmiga oid «Risolai botiniya», «Risolai xilvatiya», «Ilm ta’rifi» asarlari yaxshi ma’lum. Korabog‘iyning fikricha, olam o‘zviy qismlari chambarchas bog‘langan yagona jismdir. Narsalar bir-biri bilan sabab-oqibat zanjiri orqali bog‘langan. Olam to“rt unsurdan to‘zilgan va muttasil harakat, o‘zgarishdadir.

Ushbu tarixiy davrda Boboraxim Mashrab (1640 – 1711) diniy tasavvufiy qarashlarni targ‘ib qildi. Asli namanganlik bo‘lgan bu sufiy shoirning gazal va ruboiylarida iloxiy muxabbat, ya’ni olloxga muxabbat kuylanadi. U qalandarlik tariqati orqali xalqni ezgulik, insof va diyonatga chaqirgan, islom aqidalarini rad etmagan xolda ba’zi aqidalarning muqaddasligiga shubxa bildirgan, ro‘za, jannat, do‘zax, namoz, makka, ka’ba xususida erkin fikrlar bildirgan.

Jamiyatga qarashlarida Mashrab insoniylik, pok muxabbat, do‘stlik, vafodorlikni ulug‘laydi, takabburlikka, yolg‘onga, nasl-nasabga ishonmaslikni, e’tiqodni sotmaslikni uqtiradi, ota-onani xurmatlashga chaqiradi, xukmron tabaqalarni insof-adolat bilan ish ko‘rishga da’vat etadi. Shu bilan birga Mashrab ijodida adolatga erishib bo‘lmasligidan tushkunlik, umidsizlik kayfiyati ham namoyon bo‘ladi.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish