Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet10/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) tabiiyyun falsafasi namoyondalaridan bo‘lib, bizgacha uning jismlarni tortishuvi, quyosh va oyning tutilishi, zarra, inertsiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish, geotektonika, er evolyutsiyasiga oid 28 ta asari etib kelgan. Alloma ulardan tegishli falsafiy xulosalar chiqargan. Jumladan modda, makon va zamon, qonuniyat, zaruriyat, tasodifiyat, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarga murojaat qilgan.

Beruniy olamni bilish mumkinligi g‘oyasini qat’iy yoqlab chiqqan. Bilish sezgilar bergan ma’lumotlardan boshlanadi. Sezgi aqliy bilish uchun xom ashyo vazifasini o‘taydi. Bilimlarimiz chinligi yoki yanglishuv ekanligi tajribada aniqlanadi. Tajriba narsa-xodisalarning muxim xususiyatlari va tomonlarini, miqdoriy va sifatiy jixatlarini, moxiyatini ochib beradi.

Beruniyning fikricha, insonning shakllanishi – evolyutsion jarayon, ayni vaqtda komil inson maqomiga erishish shaxsning o‘z qo‘lida, u o‘z ma’naviy olamini takomillashtirish va o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Jamiyat tabiat singari tadrijiy (evolyutsion tarzda) o‘zgaradi, xukmdorlarning burchi- adolat o‘rnatish, fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilish, jamiyatni aql va adolat qonunlari asosida boshqarishdan iboratdir

Mashshoiyyun falsafasining yana bir namoyondasi – Abu Ali Ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogida tavallud topgan va Hamadon shaxrida vafot etgan.Falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, farmokologiya, tibbiyotga oid 280 dan ziyod asarlar yozgan. Ularning eng mashxurlari «Kitob-ash-shifo», «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi»dir.

Aristotelning dualistik falsafasini ijodiy davom ettirib, Ibn Sino borliqni «Vujudi vojib» va «Vujudi mumkin»ga ajratadi. Birinchi sabab bu «vujudi vojib»dir. «Vujudi mumkin», ya’ni narsa-xodisalar uning oqibatidir. Ibn Sino yondoshuvining o‘ziga xosligi shundaki, uning fikricha, «vujudi vojib», ya’ni yaratuvchi ollox mangu abadiy bo‘lganligidan, undan yaralmish «vujudi mumkin» ham abadiydir. Ibn Sino xudoni «birinchi sabab» deb ataydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan, alloma sababning boshqa turlarini o‘z ichiga olgan sababiyat tamoyilini ishlab chiqadi. Bu muayyan xolatni keltirib chiqaruvchi moddiy sabab, muayyan xolatni o‘zgartiruvchi faol sabab, turli xil quvvatlar bilan bog‘langan shakliy sabab, barcha sabablarning pirovard maqsadi bo‘lgan tugallovchi sabablardan iboratdir.

Ibn Sino Abu Bakr ar-Roziy va Beruniy singari allomalarning tabiiy – ilmiy izlanishlarini davom ettirib, bilishda kuzatish va tajribaga aloxida o‘rin ajratdi. Ayniqsa, tabobat soxasida kuzatishning ahamiyati beqiyosdir. Mutafakkir jamiyatni «sog‘lomlashtirish»ga ham alohida e’tibor qaratgan. Ibn sino ilm bilan odob-axloqning uyg‘unligi, inson kamoloti,baxt-saodatga erishish yo‘llari, ijtimoiy adolat, hamkorlikning ahamiyati, xukmdorlarning burchlari to‘g‘risida teran fikrlar bildirgan. Mutafakkir jamiyat ijtimoiy jixatdan bir xilda bo‘la olmasligini, ijtimoiy tabaqalanish, boy va qambag‘allarga bo‘linish tabiiy xol ekanligini asoslashga harakat qiladi. Nochorlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik, mexr-saxovatli, muruvvatli bo‘lish jamiyatni tanazzul va xalokatdan saqlaydi, deb hisoblagan.

Shunday qilib, ilk o‘rta asrlarda sharq mamlakatlarida tarqalgan tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlar, yangi yo‘nalishlar musulmon sharqi, qolaversa, butun jaxon falsaiy tafakkurining rivojlanishida muxim bosqich bo‘ldi.

IV. Amir Temur va temuriylar davri falsafiy ta’limotlari. XIV – XVI asrlar tarixga Temur va temuriylar davri nomi bilan kirgan. Amir Temur, uning avlodlari – Shoxrux, Umar Shayx Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur xukmronligi iqtisodiy, harbiy – siyosiy barqarorlik, ilm-fan, madaniyat, davlatchilik, idora usullarida yuksalishni ta’minladi, falsafa soxasida ham rivojlanish yuz berdi. Jumladan,tasavvuf falsafasi keng tarqaldi.

Amir Temur saltanatidagi illatlarga, janjal va nizolarga barham berishda, xaqiqat, adolat va insonparvarlikni ustuvor etishda tasavvufdan keng va unumli foydalanilgan. Soxibqiron sufiylikning zinodan, faxshdan, haromdan qochish, halol mehnat, kasb-xunar egallash, muxtojlarga mexr shavqat kabi tasavvuf g‘oyalarini xalqqa singdirishga harakat qilgan. Naqshbandiylik tariqatining yirik shayxlari Sayyid amir ko’lol, Shayx Abu Bakr Taybodiy, Mir Sayyid Baraka kabilar Amir Temurga pirlik qildilar, soxibqiron ulardan tez-tez maslaxatlar olib turgan. Temuriylar Shoxrux, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro,Bobur Mirzolar davlat, din va ma’rifat masalalarida soxibqironning an’analarini davom ettirganlar.

Ushbu davr allomalaridan Sa’diddin Taftazoniy (1322-1392) Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga kelgan. Iloxiyot, mantiq, falsafa, til va nutq madaniyatiga oid 40 dan ziyod asar muallifi sanaladi. U sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq borasida ko‘plab teran fikrlar bildirgan, Tabiatda sabab-oqibat munosabatlari amal qiladi,-degan edi Taftazoniy - binobarin, har qanday ezgu ish bosh sabab - xudoning moxiyatidan kelib chiqadi». Yaratguvchi insonlarni yomon xatti-harakatlardan saqlaydi, xayrli ishlarga da’vat etadi, ayni vaqtda iroda erkinligi ham mavjuddir.

Ushbu davr falsafa va mantiq ilmi rivojiga Mir Said Sharif Jurjoniy ham salmoqli xissa qo‘shgan. U Asirobodga yaqin qishloqda dunyoga kelgan, Istambo‘l, Koxira, Xirot, Sherozda ilm o‘rgangan. Alloma falsafa, mantiq, fikx, falakiyot, adabiyotga oid 50 dan ziyod risola bitgan. «Ta’rifot», «Munozara odobi», «Borliq xaqida risola», «Mantiqda o‘rta xulosa» asarlarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruxiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til va tafakkurning o‘zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish metodlari masalalarini chuqur taxlil qilgan. Jurjoniy xuddi Taftazoniy kabi narsa – xodisalar o‘zaro sabab-oqibat aloqadorligidadir, deb hisoblagan. Oddiy narsalar to‘rt unsur, ya’ni suv, olov, xavo, tuproqdan xosil bo‘lgandir, o‘simliklar va xayvonot dunyosi ularning qorishuvidan barpo bo‘lgandir.

Jurjoniy atoqli mantiqshunos hamdir. U xulosaning uch turi: qiyos (sillogizm), induktsiya va analogiyaga ta’rif beradi, mantiqni xuquq va til bilan yondosh fan sifatida taxlil qiladi.




Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish