Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet7/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Metodologik funksiya shunda ko‘rinadiki, o‘z tadqiqot ob’ektidan kelib chiqib, falsafa borliqning eng umumiy xususiyat, jihat va bog‘lanishlarini tegishli kategoriyalar, tamoillar va qonunlarda umumlashtiradi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini o‘rganuvchi konkret fanlar o‘zlari erishgan yutuqlarni izohlash, talqin etishda ushbu nazariy xulosalarga yol-yoriq sifatida tayanadilar. Negaki qismni tadqiq etish bilan mashg‘ul fanlar bir butun haqida umumlashmalar chiqarishga qodir emaslar. Borliqning ma’lum bir qismini, ya’ni bo‘lakni o‘rganish, u haqda xulosalar chiqara olish uchun esa butun haqida umumiy, nazariy bilimga ega bo‘lish zarur. Shu jihatdan falsafa xususiy fanlarga nisbatan umumnazariy, umummetodologiyaviy asos vazifasini bajaradi. 

Falsafaning evristik funksiyasining ma’nosi shundaki, u ham barcha fanlar qatori borliqdan yangi jihat va qonunlarni kashf etadi. “Evristika” – lotinchadan tarjimada “kashf etmoq”, “ochmoq” deganidir. Tarixdan ma’lumki, ko‘plab faylasuflar aniq fanlar sohasida, masalan, fizika, matematika, geometriya, tibbiyot, biologiya fanlarida olamshumul kashfiyotlar qilishgan, yangiliklar yaratishgan. Misol tariqasida, Ibn Sino, Forobiy, Pifagor, Arastu, Leybnits, Kantning ilmiy yangiliklarini keltirish mumkin. Muhimi faylasuflar – bir butun borliq harakati va taraqqiyotiga daxldor nihoyatda muhim umumfalsafiy qonun va tushunchalarni kashf etganliklari bilan mashhurdirlar. Masalan, Arastu to‘g‘ri fikrlashning uch qonuni – ayniyan, ziddiyat va istisno qonunlarini, Gegel dialektika qonunlarini tom ma’noda kashf etgandilar. “Haqiqat – chuqur quduqning tubida yashiringan” – degan edi qadimgi yunon mutaffakkiri Demokrit. Falsafiy haqiqatlarni topish esa boshqa sohalardagi kashfiyot va ihtirolardan nazariy qimmati jihatidan aslo kam emas.

Falsafaning eng muhim funksiyalaridan biri – gnoseologik funksiya bo‘lib, insonning biluvchanlik qobiliyati, bilish faoliyati, uning mexanizmlari, bocqichlari, usullari, vositalari, haqiqatning mezonlari haqidagi ta’limot – bilishning umumfalsafiy nazariyasidir. Falsafani o‘rgangan kishi olam haqidagi umumiy bilimlar sohibi bo‘libgina qolmay, shu bilimlarni ko‘paytirish, yanada chuqurlashtirish yo‘llari, usullaridan ham boxabar bo‘ladi.

 Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi shundaki, u insonning mohiyati, yashashdan maqsadi, hayotning qadr-qimmatini o“tmish va kelajak nuqtai nazaridan oqilona tushuntiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarning hayotdagi o‘rnini to‘g‘ri belgilashga, insonni oliy qadriyat deb bilishga, ma’naviy-ruhiy poklikka da’vat etadi. Faylasuf o‘zini foniy dunyoning o‘tkinchi hoyu-havaslari bilan bog‘lab qo‘ymaydi, zero olamda yaxshi nom va ezgu ishlargina mangu qoladi. Faylasuf odamning qanoat va shukronalik hissi bilan yo‘g‘rilgan kamtarona, ammo yuksak ma’naviyat to‘la shaxsiy hayoti har qanday namunadan kuchliroq ibrat maktabidir. Rivoyat qilishlaricha, qadimgi yunon faylasufi Diogendan: “Falsafa sizga nima berdi?, - deb so‘raganlarida donishmand kamtarlik bilan: - Hech bo‘lmaganda taqdirning har qanday taqozolariga tayyor turishni” deb javob qilgan ekan. Donishmand allomalarning pand-nasihatlari, o‘gitlari inson ma’naviyatiga tengsiz ozuqa beradi. Bu haqda qadimgi davr allomalaridan Epikur shunday degan: “Faylasuflarning ulardan inson davo topmagan so‘zlari puchdir. Xuddi inson tanasidan kasallikni quvib chiqarmayotgan tabobatdan hech qanday foyda yo‘qligi kabi inson qalbidan dardlarni haydamagan falsafa ham befoydadir”. 

Falsafaning mafkuraviy funksiyasi shundaki, u odamni tabiat bilan bir qatorda jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini, istiqbollarini oldindan ko‘ra bilishga, ko‘p qutbli murakkab bu dunyoda mustaqil yo‘l topishga o‘rgatadi. Globallashuv va information tajovuzlar ta’sirida keng tarqalayotgan g‘ayri ilmiy, mistik, irratsional, ekletik, aqidaparastlik mafkura va g‘oyalarining tazyiqlariga bardosh berish uchun odam umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar tizimiga, sobit ilmiy asoslangan e’tiqodga tayanmog‘i, avlodlardan meros falsafiy madaniyatni puxta o‘zlashtirmog‘i lozim bo‘ladi. Ayniqsa, jamiyat va davlat rahbarlarining falsafiy madaniyati nihoyatda zarurdir. Aflotun bu to‘g‘rida shunday deydi: “Inson zoti, davlat lavozimlarini haqqoniy va to‘g‘ri fikrlovchi faylasuflar egallamaguncha yoki davlatlardagi xukmdorlar qandaydir ilohiy ajrimga ko‘ra, chinakam faylasuflarga aylanmagunlarigacha, musibatlardan xalos bo‘la olmaydi”.

Falsafa insonni mustaqil, erkin fikrlashga o‘rgatadi, fikriy qaramlik va mahdudlikka, g‘oyaviy bo‘shliqqa barham beradi, boshqa insonlar sha’ni, fikri, g‘oyasini, mafkuraviy plyuralizmni hurmatlashga, turli g‘oyalar ichidan saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajrata bilish malakasini hosil qiladi.

O‘zbekisonning davlat mustaqilligi barcha sohalarda bo‘lganidek, falsafada ham sifat o‘zgarishlari amalga oshirishni taqozo etmoqda. Umuminsoniy va milliy, sharqona va islomiy an’analarga qirilgan XXI asr o‘zbek milliy falsafasini yaratish dolzarb ilmiy-amaliy vazifaga aylandi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Dunyoqarash, individual va ijtimoiy dunyoqarash, dunyoqarashning ijtimoiy-tarixiy tiplari: mifologik, diniy va falsafiy, falsafa fani, falsafa fanining predmeti, falsafiy bilimlar tizimi, falsafiy fanlar turkumi, falsafaning muammolar doirasi, tarkibiy qismlari, ijtimoiy vazifalari va funksiyalari.


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:

1. E’tiqod va mafkura dunyoqarash tizimida qanday o“rin tutadi?

2. Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan farqi nimada?

3. “Falsafa – fanlar fani” degan iborani qanday izoxlaysiz?

4. Falsafa fanida milliy va umuminsoniy jihatlar qay nisbatda? 

5. Falsafa va falsafiy fanlarning o‘zaro aloqadorligi nimada?

6.  Falsafa fanini o‘rganish insonga qanday naf keltiradi?
ADABIYOTLAR:

1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – T, Ma’naviyat, 2008.

    2. Karimov I. A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.

3. Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. – “Tafakkur” jurnali, 1998, 2-son.

4. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent, 2001.

5. Falsafa O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2005.

6. Falsafa Ma’ruzalar matni. – Toshkent. 2000.

7. Qahhorov M. Falsafa. Ma’ruza matnlari. — Farg‘ona, 2000.




Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish