Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish


 Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия

 
5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot 
ko‘magi)

Moliyaviy tizim iqtisodiyotning turli jabha (sektor)larida qabul qilinuvchi 
mustaqil qarorlarni muvofiqlashtirishga yordam beradigan narx (baho)
axborotini 
taqdim etadi.
Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kursi va foiz stavkalari 
to‘g‘risidagi axborotni har kuni xabar qiladilar. Ushbu ma’lumotlarni olayotgan 
millionlab odamlar ichidan, deyarli kam odam professional darajada qimmatli 
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Biroq, ko‘pincha fond bozoridan ancha 
yiroq bo‘lgan odamlar qimmatli qog‘ozlar birjasiga asoslangan axborotni 
moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun jalb qilishlari (foydalanishlari) lozim. 
Masalan, uy xo‘jaliklari bu ma’lumotlardan joriy daromadning qancha qismini 
38
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454. 


44 
kelajakka saqlab qo‘yishni va jamg‘arilgan mablag‘larni qaysi aktivlarga 
investitsiya qilish foydaliroqligini hal qilish uchun foydalanishlari kerak.
Bozor foiz stavkalarini bilish, hattoki, bir oila doirasida pul-larni ko‘chirgan 
taqdirda qanday yordam berishi bo‘yicha yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun 
quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, Ciz 25 yoshdasiz. Endigina 
uylandingiz. Alohida va erkin yashashni istab, 100,0 mln. so‘mga uy sotib 
olmoqchisiz. Mahalliy bank Sizga yillik 8% ustama haq bilan 80,0 mln. so‘m 
(ya’ni, uy narxining 80%i) ipoteka krediti ajratishga rozi. Lekin Siz yana 20% 
(ya’ni, yana 20,0 mln. so‘m) mablag‘ topishingiz lozim. Sizning 40 yoshli 
opangizning bankdagi hisobraqamida Sizga kerakli bo‘lgan summa mavjud. U 
ushbu pullarni o‘zining pensiya ta’minoti sifatida yillik 6% ustama haqi hisobiga 
ajratib qo‘ymoqda. Biroq uning pensiya yoshiga yetishiga hali ancha vaqt bor. 
Shuning uchun Siz bu pullarni undan qarzga so‘rab turishingiz mumkin. Agar 
opangiz o‘zining pensiyasi uchun jamg‘arib borayotgan pullarini Sizga uy sotib 
olishingiz uchun qarzga berib turishga rozi bo‘lsa, unda Siz, ushbu summa 
bo‘yicha qancha foiz stavkasi “adolatli” bo‘lishini qanday qilib aniqlashingiz 
mumkin? 
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun joriy bozor stavkalarini bilish foydadan 
holi bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zining jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha 
yillik 6% ustama haq olayotganligi Sizga aniq ma’lum va mahalliy bank Sizdan 
ipoteka krediti bo‘yicha yillik 8% ustama haq olmoqchi. Bu ma’lumotlar Sizga 
qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida 
aktivlarning bozor narxi (bahosi)ni bilish ham kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, 
faraz qilaylik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros qilib oldingiz 
va u ikkalangizning o‘rtangizda teng, baravar bo‘linishi kerak. Biroq, Siz uni 
sotgingiz kelmayapti. Boisi, qaysidir biringiz shu uyda yashamoqchi yoki oilaviy 
biznes bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning boshqa a’zosi 
qancha olishi kerak? Ko‘rinib turibdiki, merosni to‘g‘ri baholash uchun shunga 
o‘xshash aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.
Bundan tashqari, aktivlarning narx (baho)lari va foiz stavkalari menejerlar 
uchun ular tomonidan investitsion loyihalarni tanlashda va moliyaviy 
shartnomalarni tuzishda tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi. Majburiyatlari 
bo‘yicha moliyaviy bozorlarda doimo bitimlar tuzish bilan shug‘ullanmaydigan 
menejerlar, odatda boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda, 
zarur axborotlarni olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.
Tasavvur qilaylik: masalan, qaysidir bir firma 100,0 mln. so‘m miqdorida 
foyda oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya 
qilish, aksionerlarga dividendlar to‘lash yoki pullarni o‘z aksiyalarini qaytarib 
olishga sarflash muammosini hal qilmoqchi. Ushbu masalani hal qilishda, 
shubhasiz, mazkur firma va boshqa kompaniyalarning aksiyalari kursini, 
shuningdek, bozor foiz stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim 
hollarda bo‘lganidek, “Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni 
ham o‘ylab o‘tira-mizmi?” yoki “O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini 


45 
bitiradi” tarzida ish tutib bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, hatto “og‘zimizdagi tayyor 
oshimiz”dan ham ajralib qolishimiz hech gap emas.
Har bir yangi moliyaviy instrumentning paydo bo‘lishi bilan axborot 
olishning yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Masalan, 1973 yildan birja-larda 
opsionlarga standartlashtirilgan savdo shartnomalari qo‘llanilishi boshlangandan 
so‘ng, son jihatidan axborotning hajmi turli moliyaviy va iqtisodiy 
operatsiyalarning risklilik darajasiga nisbatan keskin oshib ketdi. Bunday 
ma’lumotlar riskni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda 
muhim.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish