Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия

2-nazorat uchun savol 
Moliyaviy tizim yordamida riskni ko‘chirishga misol keltiring.
 
3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish
.
 


41 
Moliyaviy tizim kliring operatsiyalarini amalga oshirish hamda tovarlar, 
xizmatlar va aktivlar almashinuvini rag‘batlantiruvchi usullar bilan to‘lovlarni 
amalga oshirishga imkon (yordam) beradi.
Moliyaviy tizimning eng muhim funksiyalaridan biri odamlar va firmalarni 
tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali 
usuli bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz AQShda yashaysiz. 
Dunyo bo‘ylab turistik sayohatni reja-lashtiryapsiz va bunda 5000 dollar barcha 
turistik xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayapsiz. Pulni o‘zingiz 
bilan qaysi shaklda olishingiz lozim? Siz boshqa mamlakatlarda tovarlar va 
xizmatlarga to‘lovni qay tarzda amalga oshirasiz?
Ko‘pgina xorijiy mehmonxonalar, yoshlar yotoqxonalari va restoranlar, 
lekin hammasi ham emas, to‘lov vositasi sifatida AQSh dollarini qabul qiladilar. 
Bu o‘rinda, albatta, kredit kartochkasidan foydalanish mumkin. Biroq, jahondagi 
Siz borib ko‘rgingiz kelgan ayrim mamlakatlarda ularni qabul qilishmaydi. Sizga 
yo‘l cheklarini sotib olish kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda qaysi valyutada? 
Ushbu barcha savollarga javob berishga uringan holda, Siz balki, barcha 
mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov vositalaridan foydalanganlarida 
juda qulay bo‘lishini qayta-qayta o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy. 
Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga quyidagilarni tasav-vur 
qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga xorijiy valyuta operatsiya-larini cheklab 
qo‘yuvchi davlatda yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab sayohat 
qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingizda milliy valyutadan 
foydalangan holda xohlagan narsangizni sotib oli-shingiz mumkin. Biroq uning 
tashqarisida uni (Sizning milliy valyu-tangizni) to‘lov vositasi sifatida hech kim 
qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi xorijiy valyutaning defitsitli ekanligi 
hukumatni o‘zining fuqarolariga xorijiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz 
olishini ta’qiqlab qo‘yishiga majbur qiladi. Bunday vaziyatda Siz nima qilgan 
bo‘lardingiz? 
Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlardan biri, u 
qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagicha: vataningizda qimmatbaho va tashishga 
qulay bo‘lgan tovarlar sotib oling. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan olib chiqib 
keting va xorijda ovqat sotib olish va yashash uchun ishlatishga harakat qiling. 
Boshqacha qilib aytganda, 
barter,
ya’ni pul mablag‘laridan foydalanmagan holda 
tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni ko‘rish uchun bu eng qulay 
usul emasligini aytishning hojati ham yo‘q. Zero, Siz o‘zingiz bilan katta bagaj 
olib yurishga hamda bor vaqtingiz va kuchingizni muzey va teatrlarni tomosha 
qilishga emas, balki mehmonxona yoki tushlik uchun to‘lov sifatida Siz 
tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim qimmatbaho narsalarni qabul qilishga rozi 
bo‘ladigan restoran yoki mehmonxonani qidirishga sarflashingiz aniq.
Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tizimning muhim 
funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib 
olishga ortiqcha ko‘p vaqt sarflashga yo‘l qo‘ymaydigan samarali to‘lov tizimi 
faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni qog‘oz pullarga 
almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat 


42 
qilishi mumkin. Bizning davrda oltin tibbiyotda va zargarlik ishlarida 
foydalaniladigan defitsit resurs bo‘lib, qog‘oz pullar esa asosiy to‘lov vositasi 
hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning haqiqiyligini tekshirish oson (ularni 
soxta-lashtirish qiyinroq) va ulardan turmushda foydalanish, masalan, cho‘ntakda 
olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari, pulni bosmadan chiqarish (nashr etish) – 
bu qazib olish, qayta eritish va oltin tangani zarb qilishdan anchagina arzon 
jarayon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ
36
vositalari: cheklar, kredit yoki 
plastik kartochkalari va elektron to‘lov tizimlari paydo bo‘lishi natijasida hisob-
kitobni amalga oshirishning samaradorligi yanada oshdi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish