49
kelmaydigan, lekin brokerning komission summasini oshiradigan ko‘psonli
bitimlarni mijozning hisobidan amalga oshirganida kelib chiqadi.
Buning yanada tushunarli bo‘lishi uchun e’tiboringizni quyidagi “qo‘lbola”,
“jaydari” o‘zbekona misolga qaratmoqchimiz: ma’lumki, ko‘pka-riga (uloqqa)
yaraydigan kuchli otga hamma chavandoz ham ega bo‘lavermaydi. Xuddi
shuningdek, shunday kuchli otga ega bo‘lganlarning hammasi ham chavandoz
bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda otning egasi o‘z otini kuchli chavandozga
“chopish uchun” taqdim etishi, tabiiy. Shunga o‘xshash, chavan-dozning ham
o‘zganing kuchli otidan ko‘pkari (uloq) davomida “chopishidan” o‘zga chorasi
qolmaydi. Shu munosabat bilan, ko‘pkari (uloq)da qo‘lga kiritilgan yutuq
(solim)lar chavandoz va otning egasi o‘rtasida, odatda, qanday taqsimlanishini
bilasizmi? Hech joyda yozma ravishda qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, azal-
azaldan, bu narsa (yutuq)ni taqsimlashda quyi-dagiga rioya qilinadi: pulli yutuqlar
– chavandozniki, natural ko‘rinishdagi yutuqlar (uloq, gilam, tuya, ho‘kiz, mashina
va h.k.lar) esa – otning egasiniki. Bunday sharoitda chavandoz bilan otning egasi
o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy
xarakterga ega bo‘lishi, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, chavandozning
xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz har safar ko‘pkari (uloq)da
o‘zaro manfaatlar mushtarakligiga intilib harakat qilsa – nur ustiga, a’lo nur –
o‘zaro munosabatlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida solim pulli
e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural ko‘rinishdagi solim e’lon
qilinganda esa – to‘dadan chetga chiqib, oddiy tamoshabinga aylanib, ayyorlik
qilsa – o‘sha zahotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va chavandoz manfaatlari
o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanligi shuni taqozo etadi.
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqorida qayd qilingan
stimullashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy
resurslarni birlashtirish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashtirish kabi
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samara-liroq foydalanish imkoniyatini
taqdim etadi. Jumladan, masalan, kredit faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
stimullashtirish muammolarini kamaytirish uchun, qarz oluvchi o‘zining
majburiyatlarini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlarini xatga olish
(arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: