1. BOB. Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirishda milliy istiqlol mafkurasining roli
1.1. Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish tarixiy zaruriyat
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish tarixiy zaruriyatga aylandi. Mustaqil O‘zbekis-tonning davlat mafkurasi asosida insonparvar, demokratik jamiyat qurish, o‘sha jamiyatning bunyodkori bo‘lgan jismonan baquvvat, manaviy barkamol inson shaxsini tarbiyalash g‘oyasi yotmog‘i lozim. Mustaqil fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan milliy manfaatni chuqur idrok etuvchi, milliy g‘ururi baland, chinakam vatanparvar shaxsni tarbiyalamasdan turib, mamlaka-timiz iqtisodiy, madaniy - manaviy mustaqilligini taminlash amri mahol. Boshqacha aytganda, milliy mustaqil-likni mustaqil shaxs yaratadi. Mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan insongina mustaqil davlatimiz qudratini barpo etadi. Xuddi shuning uchun ham avlod – ajdodlarimiz orzu qilgan fozil jamiyatning bunyodkori bo‘lgan barkamol insonni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining mazmunini tashkil etadi. Milliy istiqlol mafkurasi yangi jamiyatning bunyodkori bo‘lmish barkamol insonning ijtimoiy qiyofasida insoniyat-ning buyuk siymolari orzu qilgan eng oliyjanob fazilatlar va xislatlarni, o‘z xalqining, millatining tarixiy, madaniy va manaviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini hosil qilish orqali milliy ongini va milliy g‘ururini shakllantiradi.
Insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun kurash olib borilayotgan O‘zbekiston sharoitida milliy istiqlol mafkura-sining vazifalarini amalga oshirishda jamiyatning barcha ijtimoiy institutlarini tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytga-nimizda, milliy istiqlol mafkurasi, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari - oila, maktabgacha tarbiya muassasa-lari, umumiy talim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, madaniy-marifiy uyushmalar, tashkilotlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashti-rish, fuqarolarga bir maromda uzluksiz tarbiyaviy tasir o‘tkazishni taminlash darkor. Lekin ijtimoiy institutlar-ning tarbiyaviy imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq foyda-lanish uchun eng avvalo tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi tushunmoq, mafkuraviy ta’sirni tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siridan ustunligini ta’minlash yo‘llarini aniqlamoq lozim.
A. Choriyev ta’kidlaganidek, tarbiya borliqning o‘ta murak-kab shaklidir. Xuddi shuning uchun ham u turli ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Mafkuraviy ishlar samaradorligini insonparvar, demokratik jamiyat talabi darajasiga ko‘tarmoq uchun tarbiya bajaradigan turli ijtimoiy funksiyalarning mohiyatini, ushbu funksiyalarning bir-biridan farqini, bir-biri bilan aloqadorligini tushunmoq zarur. Chunonchi, tarbiya - bir holatda ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga bog‘lovchi vorislik vazifasini bajarsa, ikkinchi bir holatda ajdodlarimiz va avlodlarimiz to‘plagan yaxshi fazilatlar va xislatlarni, barcha bilim va ishlarni bilish manbaidir, Uchinchi bir holatda tarbiya tarbiyachining professional mahoratini ham ifodalaydi. Shu manoda tarbiyani bazan mahorat, sanat deb ham talqin qiladilar. Shuningdek, tarbiya insonning mustaqil shaxs bo‘lib kamol topishida hal qiluvchi omil, jamiyatni barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirgan tarbiyaviy ishlarning natijasi, hosilasi deb ham ifodalanadi.
Tarbiya malum bir maqsadga qaratilgan, aniq dastur, reja asosida uzluksiz amalga oshirilayotgan ongli faoliyat hamdir. Xuddi shunday tarbiyaviy tasir yordamida odam bolasining faoliyati ijtimoiy guruh yoki tabaqa, sinf yoki shaxs, millat yoki elat, partiya yoki davlat, oila yoki kollektiv manfaati tomon burib yuboriladi. Lekin bundan inson shaxsi faqat tarbiyaviy tasirning mahsuli degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki tarbiya nafaqat ongli faoliyatlarning yig‘indisi, qola-versa ongsizlik ham stimul beradi. Inson shaxsining kamol topishida hech qanday dastursiz, rejasiz stixiyali tasirning ahamiyati katta bo‘ladi.
Yuqorida takidlaganimizdek, bunday tasir malum bir sxema yoki andoza asosida emas, erkin stixiyali sodir bo‘ladi. Shuning uchun inson shaxsi malum bir maqsadga qaratilgan tarbiyaviy tasirning mahsuli bo‘lishi bilan birga stixiyali sodir bo‘ladigan tabiiy-ijtimoiy muhit tasirining ham natijasidir.
Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari turmush tarzi-mizning barcha jabhalarida tezkorligi bilan kirib borayotganligi oqibatida informatsiyalar oqimi uzluksiz ortib borayotir. Usha informatsiyalar tasirida jamiyatning turli ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan maqsadga muvofiq ongli tasirdan, bazan tabiiy - ijtimoiy muhitning ongsiz stixiyali tasiri ustunlik qilmoqda. Bunday tendensiya ayniqsa jumhuriyatimiz bozor iqtisodiyoti tomon borayotgan hozirgi sharoitda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xuddi shuning uchun ham insonparvar, demokratik jamiyat qurish uchun kurash avj olib ketgan O‘zbekiston sharoitida xalq, millat, davlat manfaatiga qaratilgan tarbiyaviy tasirni, tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali tasiridan ustunligini taminlash, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan zaruriyatdir.
Yuqoridagi mulohazalardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish uchun eng avvalo jamiyatda faoliyat ko‘rsata-yotgan ijtimoiy institutlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaning mohiyati, stixiyali tarbiyaviy ta’sir bilan maqsadga muvofiq tarbiya-viy ta’sir orasidagi tafovutni ilg‘ab olish kerak.
2.Tarbiya bir tomondan ongli faoliyatlar yig‘indisi bo‘lsa, ikinchi tomondan ongsizlikni ham ifodalaydi. Tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siri ana shunday ongsiz xarakterga ega bo‘ladi.
3. Tabiiy - ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siridan ongli, mafkuraviy ta’sirning ustivorligini ta’minlash uchun eng avvalo mafkuraviy ta’sir sistemasi shakllantirilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |