Mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurish tajribasi jamiyatni mafkurasiz tasavvur etish mumkin emasligini yana bir bor isbotladi


BOB. Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy ishlar samarali kechishi



Download 103 Kb.
bet5/7
Sana05.07.2022
Hajmi103 Kb.
#741421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ijtimoiy institutlar tizimida milliy g\'oyaning o\'rni va ahamiyati

2. BOB. Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy ishlar samarali kechishi
2.1.Sotsiologiyada shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog’liq holda rivojlanib borishi
Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy ishlar samarali kechishi uchun milliy istiqlol maqsadi tomon yo‘naltirilgan, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasi talablariga mos tushuvchi, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari, tabaqalarini o‘z ta’sir doirasiga qamrab oluvchi milliy istiqlol konsepsiyasi yaratilmog‘i lozim.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish uchun mafkuraviy ta’sir sistemasining uzluk-siz faoliyat ko‘rsatishiga erishishimiz lozim. Ushbu faoliyat-ning asosiy maqsadi shaxsni aqliy, axloqiy va xuquqiy jihatdan shakllantirishga qaratilmog‘i darkor.
2. Aqliy, axloqiy va huquqiy tarbiya birligining ta’-minlanishi shaxsni umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida shakllantiradi, uni umuminsoniy norma va prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatishga undaydi.
3. Aqliy, axloqiy va xuquqiy tarbiya birligini va uzluksizligini ta’minlash uchun umumdavlat ahamiyatiga molik milliy istiqlol konsepsiya ishlab chiqilishi zarur.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish, ya’ni barkamol, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni voyaga yetkazish uchun o‘zbek jamiyatidagi barcha ijtimoiy institutlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish zarur. Buning uchun esa ushbu ijtimoiy institutlar yagona mafkuraviy ta’sir sistemasini vujudga keltirishlari lozim. Ushbu sistemaning asosiy komponentlarini oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari tashkil etadilar. Ularning tarbiyaviy ta’siri samarali bo‘lishi uchun uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi lozim. Ushbu uzluksizlik barcha tarbiyaviy imkoniyatlarning shaxsni aqliy, axloqiy va huquqiy jihatdan tarbiyalashga qaratilishi orqali ta’minlanadi.
Ma‘lumki, istalgan jamiyat ushbu jamiyatning bir tomonlama tabiatiga mos, ikkinchi tomondan esa uning jamiy borlig’ini o’zida mujassamlashtirgan shaxslarning uzviy birligi va munosabatidan iboratdir. Shuning uchun ham istalgan tarixan konkret jamiyatning ijtimoiy tabiatini va uning istiqbolini belgilashda ushbu jamiyat shaxsning mohiyatini asosiy xususiyatlarini va funktsiyalarini uning ijtimoiylashuv jarayonining mexanizmini o’rganmoq kerak. Yurtboshimiz I.A.Karimov “O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish” asarlarida “Jamiyatning isloh qilish va yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O’zbekiston fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o’z qobiliyatini, o’z iste‘dodini namoyon etishga, shaxs sifatida o’zini ko’rsatish imkoniyatida ega bo’lishga qaratilgan degan edilar”. Ijtimoiy munosabatlarning dastlabki va birlamchi asosi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai – shaxs hisoblanadi. Sotsiologiyada shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog’liq holda rivojlanib boruvchi, uning ehtiyojlarini, shaxs va jamiyat, shaxs va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi funktsional munosabatlarni, shaxs huquqini o’z-o’zidan boshqarilishi jarayonlarini o’rganadi.
SHaxs mohiyatini nima tashkil etadi? Sotsiologiya tarixidan shaxs mohiyati turli nazariyalarda bayon etilgan, jumladan Ch.Kuli, R.Darendorf, R.Minton, R.Mertonlarning shaxs nazariyasi shular qatoriga kiradi. Amerika sotsiologlari G.Znametskiy va Ch.Tomaslar shaxs mohiyatini tushuntiradi, uning dunyoqarashi va qadriyatlariga bo’lgan munosabatini asos qilib olishgan. Dj.Mid va R.Mintonlar esa shaxsning roliga katta ahmiyat beradilar. R.Merton va T.Parsonas, R.Darendorflar esa buni yanada rivojlantirib, shaxning “ijtimoiy mavqei” va “ijtimoiy roli” orqali shaxs mohiyatini tushuntirishga harakat qilishgan. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar majmui, jamiyat maxsuli sifatida o’pganiladi. Shaxsiy qarashlarga ega bo’lgan o’zini idora qila oladigan, o’zining kelajagini rejalay oladigan insonga shaxs deyiladi. Shu sababli shaxs tushunchasi sotsiologiya fanining ob‘ekti va sub‘ekti sifatida shu fanning markazida bo’ladi. Individ sifatida namoyon bo’lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta‘sirida shaxs sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o’zaro munosabati uni ma‘lum bir sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlar orqali yuzaga keladi. U munosabatni amalga oshirishda muloqot asosiy rol o’ynaydi. Chunki, muloqot shaxsning asosiy ijtimoiy munosabatlar sistemasiga o’zining maqomiga ega bo’lishida, faoliyati jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitning haqiqiy sub‘ekti yoki uning ijrochisi shakllangani to’g’risida tushunchaga ega bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik xarakterini belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi.
Demak, shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta‘sirida faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o’ynaydi. Shaxsning shakllanishi, birinchidan, uning rivojlanish davr va uning natijasi, ikkinchidan, shaxsning maqsadga yo’naltirilgan tarzda tarbiyalanishidan iboratdir. Shaxsning rivojlanishini uning faoliyatida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda aniklanadi.
SHaxs konkret sotsial munosabatlar sub‘ekti sifatida namoyon bo’lishi inobatga olinadigan bo’lsa, shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari uchta kichik sistemadan iborat:
a) shaxsning individualligi;
b) uning shaxslararo munosabatlari;
v) munosabatlar sub‘ekti sifatida mavjud bo’lishi.
a) Shaxsning individualligi undagi xarakter, iroda, dunyoqarash, faoliyat jarayonidagi ba‘zi bir xususiyatlar bilan belgilanadi. Undagi individual xususiyatlar uning amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi.
Individual xususiyatlar amaliy faoliyatlar jarayonida tashkilotchilik va boshqaruvida shu faoliyatning asosiy xarakterini belgilaydi. Bu xususiyat ob‘ektidagi sotsial muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sotsiologik tadqiqotlar natijasini ichki yoki tashqi kuzatish metodlari orqali uning individual xususiyatini bilish shaxsning ijtimoiy faoliyat jarayonidagi rolini belgilaydi.
b) Shaxsning shaxslararo munosabati shu munosabatlar sistemasining elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosiy sifatida xizmat qiladi. Shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlari unda insoniylik, poklik, rostgo’ylik, samimiylik kabi hislarning shakllanishida va takomillashib borishida alohida o’rin tutadi.
v) Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub‘ekti sifatida mavjud bo’lishi uning shu munosabatlaridagi sub‘ekt sifatidagi maqomi belgilaydi.
SHaxs ma‘lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi hamdir. Jamiyatning tarixiy shakllangan turining iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va sotsial sifatlari o’zgaradi va turlicha namoyon bo’ladi. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holati ta‘sirida uning faoliyatida o’rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Sotsial xysusiyatlar bu ma‘lum bir muhim sharoitlarida individlar o’rtasidagi o’zaro ta‘sirlar jarayonida yuzaga keladigan aloqalar sistemasidir. Shaxsning sotsial xususiyati kishining faoliyati va hatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida namoyon bo’ladi. Shaxsning sotsial sifatida o’zida ma‘lum tarzda o’zaro bog’liq va shaxsning boshqa odamlar bilan konkret tarixiy sharoitlarda ma‘lum tarzda shartlangan elementlari majmuasini namoyon qiladi. Shaxsning sotsial sifatlarini tashkil qiluvchi elementlarga: shaxs faoliyatining sotsial belgilangan maqsadi; o’z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar; foydalaniladigan belgilar sistemasi; o’z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilishi uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi; bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi.
U yoki bu sotsial jamoaga kiruvchi shaxslarning takrorlanuvchi, mohiyatli sotsial sifatlari majmuasining umumlashgan aksi “shaxsning sotsial turi” tushunchasida ifodalanadi, har bir odam shaxsiy fikr va maqsadlarga, g’oya va tuyg’ularga ega. Bu individual xislatlar uning, mazmuni va xarakterini belgilaydi. Individ tushunchasi orqali odatda u yoki bu sotsial jamoaning yakka vakili tushuntiriladi, uning faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bu tushuncha tarkibiga kirmaydi. Shaxs esa inson mohiyatining konkret ifodasi bo’lib, ma‘lum jamiyatning sotsial munosabat va sotsial xususiyatlarining ma‘lum tarzda amalga oshirilgan umulashmasidir. Sotsiologiya uchun shaxsning faqatgina individual emas, balki ularning faoliyati jarayonidagi harakatida namoyon bo’ladigan sotsial xislatlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Sotsiologik tadqiqotlar ob‘ekti bo’lib alohida shaxslarning manfaat va munosabatlari emas, balki o’xshash sotsial xarakterli, o’z faoliyatlarini o’xshash ob‘ektiv sharoitlarda amalga oshiruvchi kishilarning manfaat va munosabatlari, ularning konkret tarixiy sharoitlarda namoyon bo’ladigan manfaat va munosabatlari xizmat qiladi.
Har bir shaxs o’zini ijtimoiy amaliyot tizimida, hayotning u yoki bu sohalarida bajaradigan ma‘lum bir hatti-xarakatlar orqali namoyon qiladi, ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy sohalarda amalga oshiriladigan bu hatti-xarakatlar yig’indisi shaxsning sotsial funktsiyasi tashkil qiladi. Boshqacha, qilib aytganda, har qanday sotsial funktsiyasi shaxsning u yoki bu hayotiy vaziyatlar bajarishi lozim bo’lgan, ko’pincha uning ongi va irodasiga bog’liq bo’lmagan, xatti-xarakatlar va xulqi-atvorlari yig’indisini tashkil etadi. Shuning uchun bu sotsial funktsiyaning bajarilishi bir tomondan, shaxsda zarur bilimlar, xususiyat va sifatlarning bo’lishini talab qiladi, ikkinchi tomonda esa – ularning shaxsda shakllanishi va o’rnashishiga vosita bo’lib xizmat qiladi.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish